Ich qotishi

MAQOLALAR

ico
Ich qotishi yoxud qabziyat - sabablari, belgilari va uy sharoitida davolash
Ich qotishi – bu patologik holat bo‘lib, najasning 48 soatdan ko‘proq vaqtga ushlanib qolishidir. Ich qotishi bilan ichaklar motorikasining buzilishi hisobiga ko‘proq bolalar va qariyalar duch kelishadi. Ayrim mamlakatlarda masalan “fast food” ko‘p iste’mol qiladigan aholi orasida har 10 ta odamdan 1 tasida ushbu muammo bor. Ayollar erkakalarga nisbatan 3 marotaba ko‘proq bu muammoga duch kelishadi.

Ich qotish sabablari

Juda ko‘p omillar ich qotishiga olib keladi. Shulardan eng ko‘p uchraydigan sabablar kuchli stress, uzoq muddatli safar va jarrohlik amaliyotidan keyingi holatlar. Sabablar quyidagilar bo‘lishi mumkin:
Ich qotishi homilador ayollarning 2/3 qismida ham kuzatilib turadi. Emizikli bolalarda ich qotishiga asosiy sabab disbakteriozdir.

Ich qotishi belgilari

Ich qotish iste’mol qilingan ozuqa moddalarining ichak bo‘shlig‘ida yurmay qolishi bilan tushintiriladi. Bunda ichaklar devori motorikasi buzilganligi sababli 2 sutka yoki undan ko‘proq vaqt davomida ichi kelmaydi. Najas massasining ichakda to‘planib turishi qorin sohasida og‘riq va diskomfort chaqiradi. Ko‘pchilik bemorlarda ichaklar g‘uldirashi kuzatiladi. [caption id="attachment_10982" align="aligncenter" width="1000"]ich qotishi davosi Illyustratsiya: www.checkpregnancy.com[/caption] Boshqa belgilar quyidagilar:
  • Ishtahaning pasayishi;
  • Og‘izda yoqimsiz ta’m bo‘lishi;
  • Bosh og‘riqlari;
  • Ko‘krak sohasidagi og‘riqlar: taxikardiya;
  • Mushaklar og‘rishi;
  • Uyqusizlik;
  • Hayotiy qobiliyatning sustlashishi;
  • Nevroz holatlar paydo bo‘lishi;
Surunkali ich qotishlarida teri rangi sarg‘ayishi, teri elastikligi kamayishi va rangpar bo‘lishi kuzatiladi.

Qabziyat asoratlari

Qorinda og‘irlik hissi, og‘riq va meteorizmdan tashqari quyidagi asoratlar ham paydo bo‘lishi mumkin:
  • Yo‘g‘on ichak divertikuli;
  • Ichak tutilishi;
  • Gemorroy tugunlaridan qon ketishi;
Sanab o‘tilgan simptomlar shifokorga murojaat qilish uchun signal bo‘ladi. Ich qotishi hazm qilish a’zolarida va endokrin sistemasida yuzga keladigan jiddiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin. Eng yomon asoratlardan biri, yo‘g‘on ichakda o‘sma hosil bo‘lishidir, chunki bir teoriya bor ichaklarda turib qolgan qoldiq toksini hujayralar o‘sishini o‘zgartirib yuboradi.

Ich qotishini tashxislash

Ich qotishining asl sababini aniqlash uchun bir qator mutaxassislar konsultatsiyalari kerak bo‘ladi. Birinchi navbatda shifokor proktolog yoki gastroenterolog tavsiyasi kerak bo‘ladi. Diagnostikani aniqlashtirish uchun qo‘shimcha tekshiruv kolonoskopiya yoki irrigoskopiya o‘tkaziladi. E’tibor qarating: kolonoskopiya yo‘g‘on ichakni maxsus trubka kirgizilib, yoritilgan holda ko‘rishdir. Irrigoskopiya – noinvaziv usul bo‘lib, rentgenokontrast modda yuborilib rentgenogramma qilishdir. Bulardan tashqari UTT (UZI) qilib qorin bo‘shlig‘ini ko‘rish ham mumkin.

Ich qotishini uy sharoitida davolash

Ich qotishida qo‘llaniladigan preparatlar faqatgina asl sababini aniqlagandagina tavsiya etiladi. Ich qotishida birinchi navbatda diyeta qilish kerak. Ovqat ratsionida o‘simlik kletchatkalariga boy bo‘lgan mahsulotlar bo‘lishi lozim. Meva va sabzavotlar ko‘proq iste’mol qilish zarur. Ovqatni kam-kamdan tez-tez yeyish kerak, kunda 5-6 marta. E’tibor qarating: agar siz ich qotishidan qutulmoqchi bo‘lsangiz, ovqatlanish rejimiga rioya qiling, bir kunda kamida 2 litr suyuqlik iste’mol qilish yaxshi samara beradi. Yumshatuvchi huqna (klizma) qilish ham ich qotishida katta yordam beradi. Uning tarkibiga o‘simlik moyi yoki baliq moyi qo‘shish kerak. Muhim: ich yumshatuvchi shamchalar ich qotishining davosi emas, balki u birinchi tez tibbiy yordamdir. Ich qotmasligi uchun aktiv turmush tarzini tanlash tavsiya qilinadi. Agar sizda tongi va kechki yugurish bilan shug‘ullanishga vaqt bo‘lmasa, ish joyingizning o‘zida mashqlar qiling. Ichak motorikasini yomonlashtiruvchi preparatlar (antidepressantlar, antiatsidlar yoki atropin) iste’mol qilayotgan bo‘lsangiz, shifokoringiz bilan maslahatlashgan holda ularni ma’lum bir vaqtga to‘xtatib turing.

Bolalarda ich qotish kuzatilsa...

Bolalarda ich qotishining sababi quyidagilar bo‘lishi mumkin:
  • Hazm tizimi a’zolarining kasalliklari (rivojlanishdagi anomaliyalar);
  • Nerv tizimi va endokrin tizimi kasalliklari;
  • D vitamin yetishmasligi (raxit);
  • Emizayotgan ona ovqat ratsionining buzilishlari;
[caption id="attachment_10983" align="aligncenter" width="2500"]bolalarda ich qotishi Foto: Sittercity.com[/caption] Ajralayotgan najasning hajmi bolaning individual holatidan kelib chiqib baholanadi. Bolaning najas hajmi va soniga qarab emas, balki tana vazniga qo‘shilishiga qarab aniqlanadi. Sun’iy ovqatlantirishdagi bolalarda ichi kuniga 1 marta kelishi shart. Bolalarda ich qotishini quyidagilar bilan bilib olish mumkin:
  • Bolaning injiqlashishi;
  • Ishtahaning yo‘qolishi;
  • Najas kelayotganda qiynalish;
  • Orqa chiqaruv teshigidan chiqayotgan gazning o‘tkir hidliligi;
  • Tana vazniga massa qo‘shilmasligi.
Agar bolada yuqorida sanab o‘tilgan holatlar aniqlansa, zudlik bilan mahalliy pediatrga murojaat qilish zarur.

Xalq tabobati bilan ich qotishini davolash

Qora olxo‘ri.(quritilgani). Yarim kilogramm quritilgan qora olxo‘ri olib 1,5 litr suvda uncha baland bo‘lmagan olovda 25 daqiqa davomida qaynating. So‘ngra uning tinishini kuting. Krushina ildizidan olib kukun holatiga keltiring va 50 gr qaynatmaga qo‘shing. 25 daqiqa past olovda qaynating. Tinishini kuting so‘ngra 200 gr na’matak solib yotishdan oldin yarim stakandan iching. Aralashmaning ta’mi ancha yoqimli. Nonushtada lavlagi, karam va sabzini qirg‘ichdan chiqazib aralashtiring, unga zaytun moyi qo‘shib iste’mol qiling. Kepak iste’mol qilish. Qaynatilgan kepakni 1 choy qoshiqdan birinchi o‘n kunlikda qabul qilib turing. Uni ovqatdan oldin kuniga 3 mahal iste’mol qiling. Keyingi bosqich 2 hafta davomida 2 choy qoshiqdan, kuniga 3 mahal qabul qilinadi. Kepak iste’mol qilish ichaklarni ishlashini yaxshilaydi va organizmning zaharlanishini oldini oladi.

Ichaklar harakatini yaxshilovchi mashqlar bajarish

Xalq tabobati ichak tizimini yaxshilashda juda katta foyda beradi, masalan ertalab uyqudan uyg‘onganda yotoqdan turmasdan qorin sohasini soat strelkasi bo‘ylab massaj qilish. Orqa taraf bilan yotib oling kindikdan 2 sm pastroqqa ikki qo‘lingiz barmoqlarini qo‘ying va chuqur nafas olib barmoqlaringiz bilan qattiq narsani sezmaguningizcha bosing, buni 2 daqiqa davomida bosib turing. Mashqni har kuni 3-5 marotaba bajarib turing.

Bolalarda ich qotishning davosi

Har kuni tongda bolani ovqatlantirishdan avval sterillangan (toza) o‘simlik moyidan 1 tomchidan berishni boshlang. Ikkinchi kuni 2 tomchi va shunday usul bilan yarim choy qoshiq hajmgacha olib boring. Moyni sterillash uchun moyni bankga solib uni sovuq suvga soling. Suv bilan to‘lgan idish va uning ichidagi bankani past olovda suv qaynagungacha kuting va yarim soat davomida suv qaynasin.

Jarrohlik aralashuvi

Agar ich qotishi ichak devorlaridagi yaxshi sifatli yoki yomon sifatli hosilalar bilan birga kuzatilsa, kechiktirmasdan jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi kerak. Mavzuga aloqador foydali maqolalar:
ico
Qabziyatni uy sharoitida qanday qilib bartaraf qilish mumkin?

"Qabziyat uzoq vaqt (uch kun va undan ortiq) ich kelmasligidir. Ba’zan qorin bo‘shlig‘i a’zolarining yallig‘lanishi, o‘tkir yuqumli kasalliklar, markaziy asab tizimining xastalanishi, kuchli yurak og‘riqlari, jigar bilan bog‘liq dardlarda ham ich qotadi. Qabziyat maʼlum bir kasallikka aloqador bo‘lmasdan turib ham rivojlanadi.

qabziyat

Masalan, o‘z vaqtida xojatga bormaslik, to‘g‘ri ichak shilliq pardalarining yallig‘lanishi, bavosil tugunlarining mavjudligi, iste’mol qilingan oziq-ovqat mahsulotlari ichak tebranishini (peristaltikasini) yetarlicha ta’minlay olmasligi, bundan tashqari qo‘rg‘oshindan zaxarlanish, spirtli ichimliklar ichish, narkotik moddalarni iste’mol qilish ham qabziyatni keltirib chiqaradi" - deydi professor Farhod Dautov "Sihat salomatlik" jurnalida chop etilgan maqolasida.

Qabziyat bo‘lganda odam o‘zini noxush sezadi, qorni og‘irlashib ketganday tuyulib, simillab og‘riydi, ishtaxasi bo‘g‘iladi, og‘zi bemaza bo‘ladi, boshida og‘riq turadi, eti uvushib uyqusi buziladi, asabiy bo‘lib qoladi. Kuzatishlarimizga ko‘ra kam ovqat iste’mol qiluvchi va ayniqsa ertalab nonushta qilmaydigan kishilar qabziyatga moyil bo‘lishadi.

Ich qotmasligi uchun odam oz-ozdan tez-tez ovqatlanishi lozim. Ovqatlanish vaqtida suyuqlik (choy, qahva) ichmagan ma’qul. Chunki bunda suyuqlik ajralib chiqqan oshqozon shirasining kuchini susaytiradi, natijada yeyilgan taom parchalanmay qoladi va ichaklarda yel to‘planadi, hazm jarayoni buzilib qabziyat yuzaga keladi.

Ovqat tarkibida suv ko‘pmi?

Ichak tonusining pasayishi, doimo bir xil ovqatlarni yeyish, ovqat tarkibida suv kam bo‘lishi, ho‘l meva va sabzavotlarni kam iste’mol qilish yo‘g‘on ichakning meyoriy faoliyati buzilishiga sabab bo‘lib, natijada ich yurishishi qiyinlashadi.
Bir qator endokrin buzilishlar (qalqonsimon bez, buyrak usti bezi va jinsiy bezlar faoliyati susayishi), ruhiy kasalliklar va nevrozlar ham qabziyat bilan kechishi aniqlangan. Qabziyatning ikkita turi mavjud.

  1. Atonik qabziyat kamqonlik yoki ozib ketish oqibatida organizmning darmonsizlanib, ichak mushaklari zaiflashuvi natijasida kelib chiqadi. Kamharakat kishilar va muntazam bir xil ovqat yeydiganlar orasida ko‘proq uchraydi.
  2. Spastik qabziyat  ruhiy iztiroblar, ish paytida zaxarlanish, ko‘p chekish oqibatida ichak mushaklarining qisilishi (spazmi) natijasida kelib chiqadi. Qabziyatning bu turida ishtaxa yo‘qolishi, bosh og‘rishi, qorinda simillovchi og‘riq bo‘lishi kuzatiladi.

Qabziyat dardining oldini olish mumkin

Organizmni chiniqtirish, kundalik rejimni (mehnat, dam olish, uyquni) to‘g‘ri uyushtirish, vitaminlarga boy ovqatlarni iste’mol qilish, sabzavot va ko‘katlarni yeb turish, badantarbiya mashqlari bilan muntazam shug‘ullanish qabziyatning oldini oladi.

Atonik qabziyat bo‘lganda ko‘p harakat qilish, qora non, sabzavot va ho‘l mevalar, grechixa bo‘tqasi, sut-qatiq iste’mol qilish tavsiya etiladi. Nahorda ichilgan bir stakan meva sharbati yoki yangi qatiq ham ich yurishishiga yordam beradi.

Spastik ich qotishida asablarni charchatmaslik, spirtli ichimliklardan voz kechish, achchiq va sho‘r taomlar hamda dorivorlarni kamroq iste’mol qilish lozim.

Kisel, kakao, qaxva, achchiq choy singari ichimliklar, shuningdek xurmo, anor, nok kabi mevalar ichni qotirib yuborishini unutmang. Mevalar – olxo‘ri, o‘rik, olcha (yoki ularning qoqisi), sabzavotlar – qovoq, karam, sholg‘om, sabzi, lavlagi (va ularning sharbatlari) ichning yurishishiga ko‘maklashadi.

Har kuni naxorda bir choy qoshiq toza asal iste’mol qilish qabziyatning oldini oluvchi muhim vositadir.

Ichni yumashtish uchun...

Surunkali qabziyat bezovta qiladigan kishilar olxo‘ri mevasi yoki suli (gerkules) donlari qaynatilgan suvni ichishlari lozim. Qirilgan turp suvi hamda iliq holdagi karam suvini ichish ham ichak faoliyatini yaxshilaydi.

Sano barglari qadimdan buyon surgi sifatida ishlatib kelinadi. Qabziyat holatini bartaraf etish uchun sano barglaridan 10-15 gramm olib bir stakan qaynab turgan suvda bir soatcha damlanadi. So‘ng dokadan suzib olinadi va kechqurun uxlashdan oldin bir stakan ichiladi.

Qabziyatdan xalos bo‘lishda tog‘olcha damlamasi va undan tayyorlangan kompot yaxshi foyda beradi.

Sut va sut mahsulotlari ichni yumshatuvchi omillardan biridir. Agar kishi kuniga bir litrgacha sut ichsa uni ich qotishi bezovta qilmaydi.

Kanakunjut moyi (kastornoye maslo) ham eng yaxshi surgi o‘rniga o‘tadi. Katta yoshdagilar 15-30 gramm, bolalar 5-10 gramm (bir choyqoshiq) kanakunjut moyi ichishlari tavsiya etiladi.

Arpabodiyon hamda shivit (ukrop) dan tayyorlangan damlamalar ichak dam bo‘lishining oldini oladi va qabziyat yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Yirik tuyilgan (kepakli) jaydari undan va javdar unidan yopilgan nonlar ichak faoliyatini meyorga solishi isbotlangan.

Behi urug‘i ham qabziyat holatini bartaraf etishda surgi sifatida qo‘llaniladi. Buning uchun yetilgan behi urug‘i mevadan ajratib olinadi va salqin joyda quritiladi. Bir choyqoshiq behi urug‘i ustiga 200 gramm (bir stakan) qaynoq suv quyib damlanadi. Damlamadan kuniga ovqatdan oldin chorak stakandan uch mahal ichiladi.

ico
Alohida holatlarda ovqatlanish tartibi
Bo‘lg‘usi onalarni quyidagi savollar tez-tez tashvishga soladi: toksikoz, ich qotish holatlarida, gemoglobin past bo‘lgan va shishlar paydo bo‘lganida qanday ovqatlanish kerak? Bugungi mavzuimiz shunga bag‘ishlangan. Agar homiladorlikkacha bo‘lgan odatiy ovqatlanish tartibi sizga a’lo darajadagi sog‘liqni ta’minlagan bo‘lsa, uni o‘zgartirishga hojat yo‘q, chunki keskin o‘zgarishlar yordam berish o‘rniga ko‘pincha zarar keltirishi ham mumkin. Bunday paytda oziq-ovqat mahsulotlarining sifatiga, ularning organizmingiz va bo‘lg‘usi farzandingiz uchun foydasi bor-yo‘qligiga e’tibor qaratish kerak, chunki homila onasidan barcha zarur moddalarni uni o‘rab turadigan suvlar orqali oladi. Ovqatga faqat yangi mahsulotlarni ishlatib, yarim fabrikatlar, konservalardan qochgan ma’qul. Pirojniylar o‘rniga quruq mevalarni, fastfud o‘rniga qaynatilgan mol, parranda go‘shti va baliqni ko‘katlar bilan iste’mol qilgan yaxshi. Qovurilgan va achchiq ovqatlar o‘rniga juda kam miqdorda ziravorlar qo‘shilgan va bug‘da tayyorlangan ovqatlarni yeyish kerak. Endi esa ba’zi konkret holatlarda ovqatlanish tartibi to‘g‘risida so‘z yuritamiz.

Toksikoz paytidagi ovqatlanish

Ko‘ngil aynishi va qusish “sodiq” hamrohingizga aylangan bo‘lsa, nima qilish kerak? Bunday holatda sumkangizda quruq non, kreker yoki chaynash uchun boshqa biror narsa olib yurganingiz ma’qul. Oqsilga boy meva va boshqa mahsulotlar bilan tez-tez tamaddi qilish sizni charchoqdan xalos qiladi, B (ayniqsa B6) guruhiga kiruvchi vitaminlarga boy mahsulotlarni iste’mol qilish esa, ko‘ngil aynishining oldini olishga yordam beradi. Oldin aytganimizdek, kun davomida tez-tez, ammo kichkina porsiyalar bilan ovqatlanish zarur, bu ko‘ngil aynishida yordam berib, oshqozon-ichak yo‘llarining ishini normallashtiradi. Agar toksikozning yoqimsiz belgilari ertalab, hali uxlayotgan paytingizda paydo bo‘lsa, o‘rningizdan turishdan oldin biroz yog‘siz tvorog, yong‘oq, pishloq, turshak yoki mayiz iste’mol qiling. Shuningdek toksikoz paytida nordon olma, kivi, limon bo‘lakchalari, klyukva, brusnika, smorodina mevalari foydali – ular aksariyat homilador ayollarda ko‘ngil aynishini kamaytiradi, ammo ularni och qoringa yemaslik kerak. Ovqatlanishlar oralig‘ida kichik porsiyalar bilan suyuqlik iching. Ichiladigan suyuqlikning umumiy miqdorini cheklash shartmas, chunki toksikozda mineral moddalarni yo‘qotish natijasida organizmda suv kamayishi holati yuzaga kelishi mumkin. Ichimliklardan yengil damlangan ko‘k choy, meva sharbatlari, mors va kompotlar foydali. Gazlangan ichimliklarni iste’mol qilmagan ma’qul, chunki ular oshqozonning shilliq pardasiga yomon ta’sir qiladi. Toksikoz paytida giyohlar damlamasi ham yordam beradi. Istalgan dorixonadan valeriana, yalpiz, pustirnik nastoykasini topish mumkin. Bu giyohlar tinchlantirib qolmasdan, balki oshqozon spazmlaridan ham xalos etadi. Agar sizni so‘lak oqishi (toksikozning keng tarqalgan belgilaridan biri) bezovta qilayotgan bo‘lsa, og‘zingizni mavrak (shalfey), moychechak (romashka), eman po‘stlog‘idan tayyorlangan damlama bilan chayishga harakat qilib ko‘ring.

Ich qotishida nima qilish kerak

Ichakning normal faoliyatini saqlab turish uchun har kuni ertalab och qoringa bir stakan iliq suv – oddiy yoki bir choy qoshiq asal solingan suvni ichishning o‘zi kifoya. Ich qotishida ertalab och qoringa ichilgan bir osh qoshiq zaytun yog‘i ham yaxshi yordam beradi. Buning ustiga ovqatingizda yetarli darajada oziqlantiruvchi to‘qimalar va kepaklar bo‘lishi lozim. Zaytun yog‘i qo‘shilgan salatlar ham foydali. Uxlash oldidan bir stakan yog‘siz qatiq ichgan ma’qul. Ko‘proq toza suv iching. Kechqurun olxo‘ri qoqisi va turshakni qaynagan suvga solib qo‘yib, ertasiga iste’mol qiling. O‘simlik moyi aralashtirilgan va qaynatib pishirilgan qizil lavlagi ich qotishiga qarshi eng yaxshi vosita hisoblanadi. Bundan tashqari, homilador ayollar uchun maxsus yoga mashqlari bilan shug‘ullaning, ko‘proq piyoda yuring, basseynda cho‘miling. Bir joyda uzoq o‘tirib qolmaslikka harakat qiling: sizning holatingizda yumshoq divandan ko‘ra pol yoki qattiq stulda o‘tirgan ma’qul. Ichni yuvadigan vositalarga o‘rganib qolmang – ichak ishini to‘g‘ri va balanslashtirilgan ovqatlanish yordamida ham normal holatga keltirish mumkin.

Tashxis: kamqonlik

Ko‘pgina ayollar homiladorlik paytlarida tez charchashlari va seruyqulikdan shikoyat qilishadi. Tez toliqish organizmda temir moddasi yetishmasligi tufayli yuzaga kelgan kamqonlik bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Jigar, buyrak, yog‘siz go‘sht, tuxum, yashil sabzavotlar, sabzi, olxo‘ri, o‘rik, grechka kabi mahsulotlar temir moddasiga juda boy. Agar go‘shtsiz ovqat yeyish (vegetarianlik) tarafdori bo‘lsangiz yoki go‘shtni juda kam holatlarda iste’mol qilsangiz, ratsioningizga temir moddasiga boy boshqa mahsulotlarni kiriting. Go‘shtda bola organizmi shakllanishi uchun zarur bo‘lgan oqsil moddasi bor, shu bois go‘shtni rad etmaslik zarur. Homilador ayollarga qaynatib pishirilgan tovuq, kurka go‘shti, bug‘da pishirilgan kotletlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi. Go‘sht va go‘sht mahsulotlari hayvonlardan olinadigan to‘laqonli oqsilning asosiy manbai hisoblanadi. Go‘shtning turli navlarida 14 dan 24% gacha oqsil moddalari mavjud. Go‘shtda o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan barcha aminokislotalar, temir, fosfor, A, B6, B12 vitaminlari bor. Homiladorlik paytida go‘sht asosiy ovqatlarga qo‘shimcha bo‘lishi kerak, aksincha emas. Sutkasiga 100 g go‘sht iste’mol qilishning o‘zi yetarli, oqsil moddasining qolganini boshqa manbalardan olish mumkin. Bunda quyon go‘shti (eng yengil hisoblanadi), yog‘siz parranda go‘shti (broyler tovuqlaridan tashqari) juda foydali. Shuningdek, ovqatlaringiz qatoriga mol va cho‘chqa go‘shtining yog‘siz navlarini qo‘sangiz ham bo‘ladi. Go‘shtli ovqatlarni yangi uzilgan sabzavotlar bilan birga tanovvul qilish kerak. Ular go‘sht mahsulotlarining hazm bo‘lishini yaxshilabgina qolmasdan, uning ba’zi zararli xususiyatlarini ham yo‘q qiladi.

Shishlar paydo bo‘lganida

Bunday holatlarda kaliyga boy va peshob haydaydigan xususiyatga ega mahsulotlar tavsiya etiladi. Ularga o‘rik, shaftoli, qovun-tarvuz, oshqovoq, qulupnay, malina, gilos, apelsin, kartoshka va boshqa meva hamda sabzavotlar kiradi. Homiladorlikning ikkinchi yarmida ovqatdagi tuz miqdorini (sutkasiga 7 g gacha) kamaytirish zarur: tuzning ko‘p bo‘lishi homila atrofidagi suyuqlik miqdorining ko‘payishiga va qon bosimining oshishiga olib keladi. Homiladorlikning oxirgi haftalarida organizmdagi ortiqcha suyuqlikni chiqarib tashlash uchun ovqatga umuman tuz solmagan yaxshi. Ratsiondan marinadlangan mahsulotlarni, yaxshilab qaynab pishgan go‘sht sho‘rvalarini, xantal (gorchitsa), yerqalampir (xren) va buyrak faoliyatini yomonlashtiruvchi boshqa o‘tkir taomlar hamda ziravorlarni chiqarib tashlash lozim. Homiladorlikning so‘nggi oyida suyuqliklar, ya’ni sut, turli sharbatlar, sho‘rvalar va boshqa ichimliklarni ichishni kuniga 1 l gacha cheklash tavsiya etiladi.

© Generation.uz nashri