Homilador bo'lish uchun jinsiy aloqa usullari muhimmi?
Spermatozoidlar juda tez harakatlanish imkoniyatiga ega. U harakati davomida bir qator toʻsiqlarni bartaraf qilib oʻtadi. Shu sababli urugʻlantirish har qanday pozada ham amalga oshadi. Ya'ni homilador bo'lish uchun qanday yotish ahamiyatli emas.
Jinsiy yaqinlik qanday holatda amalga oshirilganligi urugʻlantirish ehtimoliga juda minimal darajada taʼsir oʻtkazadi.
Shunga qaramay, baʼzi mutaxassislar ayol gorizontal joylashadigan, missionercha, doggy, oyoq-yelka kabi jinsiy aloqa usullari homilador boʻlish ehtimolini oshirishi mumkin, deya taʼkidlashadi.
Yosh oilalar, baʼzida jinsiy aloqaning sifati, undan ayol va erkakning zavqlanishi hamda qoniqishi, hattoki homilador boʻlish faqatgina jinsiy aloqa usuliga bogʻliq, degan notoʻgʻri fikrga borishadi. Yuqorida taʼkidlagan holatlar nafaqat tanlangan usulga, balki ikkala organizmning umumiy salomatligiga, toʻgʻri ovqatlanishga, jismoniy va ruhiy jihatdan chiniqqanligiga hamda boshqa koʻplab omillarga bogʻliq.
Shunday ekan, jinsiy aloqaning sifat jihatdan yaxshi boʻlishiga intilgan har bir juftlik barcha omillarga diqqat qaratishi maqsadga muvofiqdir. Saytimizdagi “Jinsiy quvvatni oshirish” maqolasi orqali jinsiy hayot sifatli boʻlishi uchun toʻgʻri ovqatlanish, jismoniy va jinsiy chiniqish uchun mashqlar hamda seksopatolog maslahatlari berib oʻtilgan. Ushbu maqolani oʻqish orqali oilangizda sifatli jinsiy hayotga erishish sari dadil qadam tashlashingiz mumkin.
Jinsiy aloqa mavzusi haqida koʻproq ishonchli maʼlumot olishni istasangiz saytimizning “Jinsiy hayot” ruknini kuzatib boring.
Maqolamizni qoralab, uni suratlari bilan berganimizdan maqsad suratlar orqali shahvatni qoʻzgʻatib, jinsiy aloqa mavzusini targʻib qilish emas, balki yosh oilalarning internet orqali koʻp soʻralgan asosiy savollariga, asosli va ishonchli javob topishlariga imkon yaratishdan iborat.
Jinsiy aʼzolar jinsiy aloqaning asosiy qismi boʻlsa-da, uning yoqimli hissiyotlari tananing koʻp qismlarini oʻz ichiga oladi. Yoqimli jinsiy aloqa asosan miyaga bogʻliq boʻlib, u jinsiy zavqni qoʻllab-quvvatlovchi va stimulyatsiyalovchi yoqimli deb talqin qiluvchi gormonlarni ishlab chiqaradi.
Jinsiy aloqa vaqtida dofamin, oksitotsin, serotonin, prolaktin kabi muhim gormonlar ishlab chiqarilib, jinsiy yaqinlikning yoqimli va rohatbaxsh boʻlishini taʼminlaydi.
Sogʻlom qovushishning miyaga taʼsiri haqida saytimizdagi “Jinsiy aloqaning miyaga taʼsiri” maqolasi orqali koʻproq maʼlumot oling va jinsiy yaqinlikni koʻproq tadqiq qiling. Bu esa, sizga jinsiy hayot sifatining oshishiga xizmat qilishi mumkin.
Jinsiy aloqa qanday qilinadi?
Tibbiyotda sogʻlom jinsiy aloqa sifatida ayol qini (vaginal) orqali bajariladigan aloqa nazarda tutiladi. Va boshqa usullar keskin qoralandi. Vaginal jinsiy aloqa paytida erkak jinsiy olati ayol qini ichiga kiritiladi.
Jinsiy munosabat sikli hayajon, plato, orgazm va rezolyutsiya kabi bosqichlarga boʻlinadi. Har bir bosqichning aniq chegarasi yoʻq — ular aslida jinsiy munosabatlarning doimiy jarayonining bir qismi hisoblanadi.
Juftliklar oʻzaro jismoniy va ruhiy jihatdan qovushishar ekan ushbu bosqichlarni bosib oʻtishadi.
Jinsiy aloqa qilish usullari haqida illyustatsion suratlar bilan boyitilgan mana bu maqolamiz orqali koʻproq maʼlumot olishingiz mumkin: Jinsiy aloqa qilish usullari (+suratlar)→
Oʻlcham muhimmi?
Bu mavzu atrofida koʻplab ilmiy ishlar olib borilganiga qaramay, yakdil qarorga kelinmagan. Ammo mutaxassislarning fikriga koʻra, baʼzi hollarda jinsiy olatning kattaligi jinsiy yaqinlikda hal qiluvchi rol oʻynashi mumkin.
Maʼlumotlarga koʻra, erkaklar jinsiy olatining tinch holatidagi oʻrtacha normal uzunligi 8,8 va 9,7 sm orasida boʻlsa, tortilgan holatda esa, 12,4 sm.
Jinsiy qoʻzgʻatish uchun zarur boʻlgan stimulga erishish uchun vulvasi kattaroq boʻlgan ayollarga erkak olati uzunroq boʻlishi kerak. Shuningdek, vaginasi qisqaroq boʻlgan ayol katta olatni qabul qilishda qiynalishi yoki aloqa ogʻriq sezishi mumkin.
Ayol uchun jinsiy aloqa davomida nima muhim?
Ayol uchun jinsiy aloqa bu jismoniy ehtiyojni qondirish emas. Erkaklar jinsiy aloqaga boʻlgan ehtiyoji kuchli boʻlib, ular uni qondirish istagida boʻladilar. Ayolda esa unday emas. U aloqaga organizmda talab borligi uchun emas, balki oʻz xohishi bilan kirishadi.
Shuning uchun u aloqani erkak bilan bir munosabatdek qabul qiladi. Bu munosabat davomida erkak faqat oʻz ehtirosini qondirishni koʻzlab ayoli haqida oʻylamasa, ayolni bunday aloqa ranjitadi. Jinsiy aloqa davomida ayol oʻzini naqadar suyukli va erkak uchun kerakli ekanligini his eta olishi lozim.
Jinsiy munosabatlarda erkakka nima muhim?
Ayol undan qoyil qolganligi kerak! Qanday qoyil qoladi? Oʻzi jinsiy aloqadan boshini yoʻqotib qoʻyib qoyil qoladi. Yaʼni ayol qanchalik uyatchan boʻlmasin, eridan lazzatlanishni va buni koʻrsatishni oʻrgana olishi juda muhim.
Ochilishi kerak. Faqat birinchi qadam erkakdan. Ayol oʻzidan oʻzi ochila olmaydi. Ochilishdan qoʻrqadi ham. Erkak bu borada nima deb oʻylashi mumkinligi unga faollik koʻrsatishga yoʻl qoʻymaydi. Er unga yordam bersa, uni ochilishiga oʻz hissasini qoʻshsa, keyin ochilgan guldan bahramand boʻlgandek, yonidagi jinsiy uygʻongan ayoldan butun umr bahramand boʻla oladi.
Faqatgina shariat qonunlaridan chetlashish mumkin emasligini tushunishimiz lozim. Hech bir jinsiy munosabatda gunoh deb hisoblanmish amallarni qoʻllash mumkin emas.
Jinsiy aloqa haqida Geysha sirlari nima?
Qadimdan Yaponiyada geysha sirlari barchani qiziqtirib kelgan. Nega geyshalar erkakni shunchalik baxtli qila oladilar? Nega erkak o‘zini Geysha oldida haqiqiy va kuchli his eta oladi? Bu savollarga javob hozir oldingi kabi sir emas.
Demak, Geysha sirlari
1. Geysha erkakni nafaqat jinsiy aloqa davomida, balki oddiy suhbat davomida ham baxtiyor eta olishi kerak.
Buning uchun ayol kishi o‘qimishli, erkak psixologiyasidan va o‘z erining fe’li va qiziqishlaridan xabardor bo‘lishi, hayotga qiziquvchanligi bilan ajralib turishi kerak. U bilan qaysiki mavzuda suhbat qurmang, qiziqarli ma’lumot olib, suhbatdan mamnun bo‘lishingiz aniq bo‘ladi.
2. Geysha hayot go‘zalligini ko‘ra biladi.
Geyshalarni kichikligidan tarbiya qilish chog‘ida ularni hayot go‘zalligini ko‘ra bilishga o‘rgatadilar. Har bir ayol kundalik hayotdagi go‘zalliklarni ko‘ra bilib, uni eriga ko‘rsata bilishi kerak.
Mayin tabbassum ila quyosh botishini kuzatish, yomg‘ir tomchilarini musiqa eshitgandek lazzatlanib tinglash, erining aytib berayotgan qiziqarli voqealarga haqiqiy qiziqish bilan, hazil va g‘aroyibotlarga tabassum qila munosabat qilishi, hayratlana olishi ayolning dunyoni go‘zalligini ko‘ra olish qobiliyatini ko‘rsatadi.
3. Nihoyat jinsiy aloqada yoqimli sherik bo‘lish.
Albatta har bir ayol avallambor o‘z eri uchungina yoqimli bo‘ladi. Demak, eridan unga nima yoqishi va yoqmasligi haqida so‘rab, birga bo‘lganda uning didi va xohishiga yarasha o‘zini tutmog‘i lozim.
Geyshalarning ajratuvchi bir tomoni — bu jinsiy a’zolariga kirish yo‘li mushaklarining yaxshi rivojlanganidadir. Bu mushaklar odatda ayol tuqqanidan so‘ng ancha bo‘shashib qoladi. Shuning uchun ular bilan muntazam ravishda ishlash kerak.
Buning uchun Kegel mashg‘ulotlari mavjud. Bu mushaklar qanchalik yaxshi rivojlangan bo‘lsa, jinsiy aloqadan ham erkak, ham ayol shunchalik ko‘p lazzatlana oladi. Undan tashqari ayol organizmi sog‘lig‘i uchun, keyingi tug‘ruqlar oson kechishi uchun, jinsiy a’zolarning salomatligi uchun ham foydali.
Kegel mashg‘ulotlari
Kirish yo‘li mushaklarini siqib-bo‘shatish (siydik chiqish payti siydikni ushlab qolsangiz o‘sha mushaklarni his etasiz). Bu mashg‘ulotni har kuni 10 tadan boshlab 30-50 tagacha yetqazib amalga oshirishingiz mumkin. Ikkinchi yo‘li — bu sekin 5 soniya davomida siqib borib, keyin sekin 5 soniya davomida o‘sha mushaklarni bo‘shatish.
Bu mashg‘ulotlar nafaqat jinsiy aloqa sifatini yaxshilaydi, balki ayol organizmi uchun ham tibbiy jihatdan juda katta foyda keltirishini yana bir bora ta’kidlab o‘tamiz.
Qin mushaklari qanchalik kuchli bo‘lsa, tug‘ish jarayonida yirtilish ro‘y bermaydi, undan tashqari tuqqan ayollarga bachadonni tezroq o‘z holatiga qaytishi uchun ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Jigarning surunkali kasalligiga asosan noto‘g‘ri ovqatlanish sabab bo‘ladi. Ayniqsa, dudlangan kolbasa yoki go‘sht va eritilgan yog‘ iste’molqilinganda asta-sekin tanaga zahar singari yoyiladi. Tanamiz ichra benzopiringa aylangan bunday mahsulotlar organizmda xavfli o‘smalarni keltirib chiqaradigan eng yomon kanserogenlar hisoblanadi. Qarabsizki, bunday mahsulotlarning zahari jigar hujayralarini yemiradi.
Kuchli qovurilgan yog‘li ovqatlar jigarga umuman yoqmaydi. Jigar ularni hazm qilish uchun anchagina kuchsarflaydi. Oqibatda uning quvvati pasayib, organizmda turli dardlar kelib chiqadi. Masalan, immun tizimi faoliyati susayadi, qon aylanishi yomonlashadi, hujayralarda enegiya ishlab chiqarish holati izdan chiqadi.
Achchiq va nordon (rediska, sarimsoq piyoz, piyoz singari) yeguliklar jigarga ziyon yetkazadi. Chunki ular yeyilgach, me’dada safro ikki hissa ko‘p ishlab chiqiladi. Eng yomoni, safro ko‘paygani sari jigar yo‘lida toshlar hosil bo‘lish xavfi tug‘iladi.
Tuzlangan karam, sho‘r ovqatlar, sirka, xantal, shovul, limon, kivi, ketchup va ziravorlar ham me’yordan ortiq iste’mol qilinsa, jigar faoliyatini yomonlashtiradi.
Dori gepatiti nima?
Aslida jigar o‘z-o‘zini regeniratsiya qiladigan, ya’ni tiklaydigan birdan-bir a’zo hisoblanadi. Uning o‘rtacha og‘irligi 1,5 kg bo‘lib, har soatda o‘zi orqali 100litr qonni o‘tkazadi. Gapning sirasini aytganda, jigar bizning barcha nomaqbul xatti-harakatlarimizni (masalan, uning «dushmani» sanalgan yog‘li va qovrilgan ovqatlarni tinmay iste’mol qilishimizni hamda shifokor buyurgan dorilarni uzoq muddat ichib yurishimizni) jimgina qabul qiladi. Oxir-oqibat esa ovqatlanishda va hayot tarzimizda yo‘lqo‘ygan xatolarimizning hammasi jigar uchun ziyon keltirib, uni asta-sekin zaharlaydi.
Jigarning zaharlanishi tufayli kishida bemorlik alomatlari paydo bo‘ladi – ko‘ngli aynib, boshi aylanadi, holsizlanish seziladi. Bunday vaqtda ko‘pchilik bilib-bilmay dori-darmonlar qabulqiladi. Bu esa zararlangan jigarga battar salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada dori gepatiti yuzaga keladi. Ana shu dardga uchrasangiz, dastlab teri va ko‘z osti sarg‘ayadi, tilqorayadi, kekirganda og‘izdan achimsiq ta’m keladi. Ko‘p hollarda bemor qayt qiladi. Tezlik bilan davo choralari ko‘rilmasa, bemorning ahvoli og‘irlashadi.
Tamaki chekish, goh-gohida spirtli ichimliklar ichish ham jigar faoliyatini yomonlashtiradi. Vaqti-vaqti bilan oz-ozdan ovqatlanish esa jigar ishini yengillashtirishini unutmang. Meva va sabzavotlar xomligicha iste’mol qilinishi lozim. Taomlar sho‘r bo‘lmasin, ular o‘simlik yog‘ida dimlab pishirilgani ma’qul.
Jigar to‘qimalari shikastlansa…
Gepatit (sariq kasalligi) o‘ta yuqumli bo‘lib, asosan jigar to‘qimasining shikastlanishi bilan kechadi. Agar kasallikka o‘z vaqtida qunt bilan davo qilinmasa, surunkali tusga o‘tadi va tez-tez qaytalanib turadi. Ko‘pincha gepatit bilan og‘rigan bemor dardni atrofdagilarga ham yuqtiradi. Ayrim hollarda esa infeksion kasalliklar yoki organizmning zaharlanishidan so‘ng paydo bo‘ladi. Virusli gepatitning bir nechta turlari mavjud.
A virusi qo‘zg‘atgan gepatit
A virusi qo‘zg‘atgan gepatityoz va kuz oylarida ko‘p uchraydi. Kasallikning yashirin davri (ya’ni viruslar organizmga tushgandan to uning ilk alomatlari ko‘ringunga qadar) 2-4 hafta davom etadi. Bu vaqt ichida hech qanday belgilar sezilmaydi. Lekin xuddi shu davrda gepatit boshqalarga tez va oson yuqadi. Yashirin davr o‘tgach, bemorda silla qurishi, ishtaha yo‘qolishi, ko‘ngil aynib qusish holatlari kuzatiladi. Ba’zan qorni og‘rib ichi ketadi, peshobi to‘q sariq tusga kiradi, axlati oqaradi, teri sarg‘ayib, jigar kattalashadi. Shuni ta’kidlash lozimki, sarg‘ayishsiz kechadigan yuqumli gepatitda bunday belgilar bo‘lmasligi mumkin.
Gepatit B
B turdagi gepatit viruslari jigar hujayralarida uzoq vaqt (hatto bir necha oydan bir necha yilgacha) saqlanib turadi. Shu muddat ichida viruslar ko‘payib, oqibatda organizmda moddalar almashinuvi keskin buziladi. Gepatitning bu turiga o‘z vaqtida davo choralari ko‘rilmasa, ko‘pgina asoratlar qoldiradi, ya’ni dard surunkali tusga o‘tib jigar faoliyati izdan chiqadi, jigarning o‘tkir toksik distrofiyasi (zahar tarqalishi) sodir bo‘lib, bemorning hayoti xavf ostida qoladi. Shuning uchun ham bemor kasalxonaga qanchalik barvaqt yotqizilsa, shunchalik tez sog‘ayadi. Gepatit B dan tuzalganlar 6 oy, ba’zan bir yilgacha qat’iy parhez tutishlari va muntazam shifokor nazoratida bo‘lishlari zarur.
D virusi qo‘zg‘atgan gepatitda bemorning immuniteti juda pasayib ketadi. Xastalik tuzalishi cho‘zilgan hollarda qorin va oyoqlarga suv yig‘ila boshlaydi.
C viruslari kyeltirib chiqaradigan gepatit esa ancha og‘ir kechadi, aksariyat hollarda jigar tez kattalashadi. Bu gepatit turi vaqt o‘tishi bilan (hatto bir necha yildan keyin ham) qaytalanib turadi. Davo oxirigacha qunt bilan olib borilmasa, jigar sirrozi rivojlana boshlaydi.
Gepatitni davolashdan avval uni keltirib chiqargan sabablar aniqlanadi va bartaraf etiladi. Jigar hujayralarida modda almashinuvini yaxshilaydigan muolajalar bemorning tuzalishida naf beradi. Gepatitni davolashda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
ruhiy va jismoniy osoyishta kun tartibiga rioya etish;
parhez saqlash, ya’ni oson hazm bo‘ladigan vitaminli ovqatlarni iste’molqilish, taomlarni bemorga qattiqqovurib emas, asosan bug‘da pishirib berish lozim;
gepatitning surunkali tusga o‘tishi va kasallik qaytalanishiga sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish;
gepatitning turiga va kechishiga qarab uni bosqichma-bosqich davolashni bemor to‘la sog‘ayib ketgunicha davom ettirish.
Ma’lumki, har qanday dard avvalo kuchsiz tanaga tez yopishadi.
Shuning uchun ham kishi o‘zini bolalikdan chiniqtirishi, turli yuqumli kasalliklardan saqlanishi kerak.
Asorati og‘ir dard
Surunkali jigar kasalliklari o‘z vaqtida davolanmasa rivojlanib ketadi va aynan shu davrda uning hujayralari – gepatotsitlarning nobud bo‘lishi kuzatiladi.
Jigar sirrozidagi aynan shu yallig‘lanish jarayonida jigardagi to‘qimalar faoliyati o‘zgarib, qon tomirlarda qon aylanishi buziladi, shuningdek, qon tomirlari siqilib, ular arterial bosim oshadi. Bu esa gepatotsitlarni battar halokatga olib keladi. Jigarda qon bosimining oshishi, bu a’zoda qon aylanish tizimi ishini izdan chiqaradi, oqibatda portal gipertoniya vujudga keladi. Shundan so‘ng qorin bo‘shlig‘ida suv yig‘ilib, qora taloq kattalashadi.
Bu kasallikning asoratlari juda og‘ir kechadi. Ya’ni sirroz o‘z vaqtida aniqlanmay qolganda yoki boshlang‘ich muolajalar kechiktirilib, dard rivojlanib ketganda oshqozon-ichak va qizilo‘ngachdan qon ketishi, jigar faoliyati asta-sekin buzilib jigar-buyrak yetishmovchiligi kelib chiqishi, bu a’zodagi yirik venaqon tomirining tiqilib qolishi, o‘t yo‘llarida tosh paydo bo‘lishi, bora-bora sirroz saratonga aylanishi va bemor koma holatiga tushishi mumkin.
Aytish joizki, rivojlanib ketgan jigar sirrozi batamom tuzalmaydi, ba’zida tezroq, ba’zida uzoqroq davom etib, jigar yetishmovchiligiga olib keladi.
Jigar yetishmovchiligi
Jigar yetishmovchiligiga duchor bo‘lgan bemorlar yog‘li ovqatlarni xush ko‘rmasligi, ko‘ngil aynishi, meteorizm, og‘irlik sezish, najaso‘zgarishi, o‘t ajralishi va ovqat hazm qilish a’zolaridagi o‘zgarishlardan shikoyat qiladilar.
Shuningdek, jigar yetishmovchiligida bemor terisi sarg‘ayadi, qonda erkin va bog‘langan bilirubinlar miqdori ko‘payadi. Jigarda albumin (oqsil) sintezining buzilishi natijasida bemor tanasida shish yuzaga keladi. Jigar yetishmovchiligining oxirgi bosqichida bemor organizmida modda almashinuvi chuqur buziladi, bemor ozib ketadi. Ensefalopatiya (bosh miya faoliyati buzilishi) belgilari paydo bo‘ladi: bemor loqayd bo‘lib qoladi, uyqusi buziladi (hadeb uxlayveradi), esi kirdi-chiqdi bo‘lib qoladi.
Eng xavflisi, jigar yetishmovchiligi natijasida jigar komasi rivojlanadi. Bunda bemorning ko‘z shilliq pardasi, terisida sarg‘ayish va qichishish belgilari, har-xil toshmalarning toshishi va qon tomirlarning yorilishi natijasida «yulduzchalar» kuzatiladi. Tili oq karash bilan qoplanadi, mushaklari titraydi, og‘zidan qo‘lansa hid keladi.
Afsuski, jigar yetishmovchiligida bemorning hayotini saqlab qolish ko‘pincha qiyin bo‘ladi. Shunday ekan, bu kasallikning oldini olish shart.
Parhez ham davo
Jigarida surunkali xastaliklari bor bemorlar davolanish barobarida parhezga qat’iy rioya etishlari shart. Masalan, ular uchun quyidagi mahsulotlarni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi:
yog‘li shirin bulochka, qatlama, tuxum sarig‘i;
o‘tkir va yog‘li gazaklar, baliq va go‘sht konservalari, dudlangan kolbasa, go‘shtli qaynatma sho‘rvalar;
turp, sholg‘om, sarimsoq, ismaloq va ravoch singari efirga boy sabzavotlar, marinadlangan pomidor-bodringlar;
shokolad, muzqaymoq, qora qaxva, kakao;
gazlangan ichimliklar.
Bemorlar parhez davomida quyidagi mahsulotlarni iste’mol qilishlari mumkin:
yangi sabzavotlardan salatlar, yog‘siz chuchuk pishloq;
yormalardan tayyorlangan go‘shtsiz sho‘rvalar, qiymali ugra, mastava;
turli yormalardan bo‘tqalar va qaynatib pishirilgan makaron;
o‘simlik yog‘lari, zaytun, kungaboqar va makkajo‘xori yog‘i;
yog‘siz mol go‘shti, qaynatilgan go‘shtdan palov;
turli oshko‘klar, xo‘l mevalar va shirinliklar.
Umuman, jigar kasalliklari bilan og‘rigan kishilar ovqatlanishda va kundalik xatti-harakatlarda o‘zlarini nihoyatda avaylashlari zarur. Agar kasallikning o‘tkir turiga chalingan yoki surunkali gepatit bilan og‘rigan bo‘lsangiz, jismoniy mashqlarni faqat yengil turlarini bajarishingiz kerak. Qaltis harakat qilish, og‘ir yuk ko‘tarish va ko‘p kuch sarflanadigan jismoniy harakatlar dard tufayli kuchsizlangan jigar ishini qiyinlashtiradi. Ayniqsa, jismoniy tarbiya mashqlarini bajarishda shifokor bilan maslahatlashib ish tuting.
Unutmangki, jigardagi surunkali kasalliklar tufayli kishining ichki a’zolari va terisi holatida turli o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkin. Shu boisdan organizmda yo terida biror o‘zgarish kuzatilsa, o‘z bilganingizcha davolanmasdan shifokorga ko‘rinishingiz zarur.
Gastroenterologik kasalliklarda eng kop qo'llaniladigan dori vositalardan biri URSOSAN FORTEdir:
Patologik holat oʻng qovurgʻa osti sohasida ogʻirlik hissi, ogʻriq, yondosh aʼzolarning ezilishi, dispeptik buzilishlar bilan namoyon boʻladi. Diagnostikada asosan qorin boʻshligʻi aʼzolari UTT (UZI) tekshiruvi, MSKT, jigar punksion biopsiyasi va boshqa usullar yordamida olib boriladi. Davo muolajalari sindrom sababini bartaraf etishga qaratilgan boʻladi.
Gepatomegaliya – patologik jigar oʻlchamining kattalashishi sindromi boʻlib (jigar oʻng boʻlagi oʻng oʻrta oʻmrov chizigʻi boʻyicha 12 sm yoki chap boʻlagi epigastral sohada palpatsiyalanishi) turli xil kasalliklar natijasida kelib chiqadi. Normada jigar yumshoq, oʻng qovurgʻa yoyi ostida yengil seziladigan holatda boʻladi.
Turli xil kasalliklar natijasida jigar qattiqlashishi, zichlashishi va kattalashishi mumkin. Gepatomegaliya jigar hujayralari distrofiyasi (gepatoz holatlarda), limfamakrofaglar infiltratsiya (surunkali yoki oʻtkir gepatit), tugun va fibrozlanishi (sirrozda), qon dimlanishi (jigar venalari zararlanishi, perikardit, yurak yetishmovchiligida), oʻchoqli oʻzgarishlar (absess, oʻsma, kista) hisobiga yuzaga keladi. Gepatomegaliya mustaqil ravishda kasallik hisoblanmaydi, bu holat biror bir kasallikning belgisi sifatida namoyon boʻladi.
Jigar kattalashishi sabablari
Jigar oʻlchamining kattalashishi bir qator kasalliklar natijasida yuzaga chiqishi mumkin. Eng koʻp tarqalgan etiologik omillardan biri – aʼzo qon tomirlari kasalliklaridir. Koʻpincha gepatomegaliyaga darvoza venasi va jigar venasi zararlanishi (tromb hosil boʻlishi natijasida, Badda-Kiari sindromi), kam holatlarda jigar arteriyalari shikastlanishi sabab boʻladi.
Sindrom namoyon boʻlishining yana bir sababi infeksion-virusli kasalliklar hisoblanadi. Ular natijasida jigar parenximasi, darvoza venasi va oʻt yoʻllari zararlanishi mumkin (virusli gepatit, infeksion mononukleoz, amebali absess, darvoza venasi yiringli trombo flebiti, nospetsifik xolangit). Gepatomegaliya oʻsma kasalliklarining asosiy belgilaridan biridir.
Jigarning birlamchi oʻsma kasalliklari kam holatlarda kuzatiladi, koʻpincha metastazlar natijasida jigarda ham oʻsma paydo boʻlishi mumkin. Yaxshi sifatli oʻsmalarda jigarda adenoma va gemangioma koʻp uchraydi.
Bundan tashqari gepatomegaliya jigar toʻqimalarining degenerativ oʻzgarishlari (steatogepatoz, steatogepatit, yurak-qon tomir tizimi patologiyalarida ikkilamchi oʻzgarish), amiloidoz, gepatotoksik moddalar taʼsiri (alkogol, dori preparatlari, ayrim sunʼiy moddalar) taʼsirida ham yuzaga chiqadi. Kam holatlarda gepatomegaliya sababi tugʻma nuqsonlar, autoimmun jarayonlar, endokrin kasalliklar (qandli diabet, homiladorlik vaqtidagi endokrinopatiyalar) va jigarning jarohatlanishi boʻlishi mumkin.
Kasallik klassifikatsiyasi
Shifokorlar gepatomegaliya sindromini tasniflashda uning etiologiyasiga asoslanishadi. Kasallikning turiga koʻra qon aylanishi buzilishi natijasida, moddalar aylanishi buzilishi natijasida, jigarning birlamchi kasalliklari, aʼzodagi infiltrativ jarayonlar, baʼzi gemotologik kasalliklar va mahalliy oʻzgarishlar natijasida yuzaga kelgan gepatomegaliya farqlanadi.
Tashxis qoʻyishda anatomo-morfologik oʻzgarishlar ham inobatga olinadi: parenxima zararlanishi, oʻt yoʻllari zararlanishi, biriktiruvchi toʻqima yoki qon tomirlar zararlanishi. Differensial diagnostika amalga oshirish uchun splenomegaliya (taloqning kattalashishi), sariqlik yoki assit holatlariga eʼtibor qaratiladi.
Aʼzoning oʻlchamiga qarab oʻrtacha (oʻlcham va strukturadagi oʻzgarishlar kuchli emas) hamda kuchli (normadan 10 sm katta) va diffuz (normadan 10 sm.dan katta) turlarga boʻlinadi. Jigar oʻlchami kattalashishining alohida koʻrinishi sifatida parsial gepatomegaliyani keltirish mumkin, bunda jigar simmetrik ravishda kattalashmaydi, uning bir qismi ikkinchi qismiga qaraganda yirikroq oʻlchamni egallaydi.
Gepatomegaliya belgilari
Jigar oʻlchamining kattalashishi asosiy kasallik belgilari bilan aniqlanadi. Oʻrtacha gepatomegaliyada (virusli gepatit, bolalarda ovqatlanishning buzilishi bilan yuzaga keluvchi holatlarda) bemorni bezovta qiladigan belgilar yuzaga chiqmasligi mumkin. Jigar oʻlchami yaqqol kattalashadigan boʻlsa, oʻng qovurgʻa osti sohasida ogʻirlik hissi, ogʻriq (harakatlangan vaqtda kuchayuvchi) sezilishi mumkin. Bundan tashqari terida toshmalar, qichishish, dispeptik belgilar (koʻngil aynishi, ich kelishining buzilishi, qorin dam boʻlishi), ogʻizdan badboʻy hid kelishi ham jigar kattalashganligidan dalolat beradi.
Virusli gepatit fonida kelib chiqadigan gepatomegaliya holatlarida jigar parenximasi qattiqlashadi va palpatsiyada oson aniqlanadi. Jigar kattalashishi koʻz sklerasi va teri qoplamalarining sargʻayishi bilan namoyon boʻlishi intoksikatsiyadan dalolat beradi.
Jigar sirrozida gepatomegaliya holati gepatositlar zararlanishi natijasida va ular oʻrnida biriktiruvchi toʻqima hosil boʻlishi hisobiga kelib chiqadi. Bunda aʼzo qattiqlashadi, doimiy ogʻriq hissi boʻladi, terining yashil-sargʻish tusdaligi, qon ketishga moyillikning ortishi kuzatiladi.
Jigar oʻlchamining birlamchi neoplastik oʻzgarishlar (oʻsma) natijasida kattalashishi juda kam hollarda uchraydi, bunda asosiy belgi: gepatosplenomegaliya, ogʻriq, dispeptik oʻzgarishlar, sariqlik, shish va assit boʻlib hisoblanadi. Ikkilamchi yaʼni metastatik oʻsmalarda gepatomegaliya sindromi kuchli boʻlmaydi. Oʻsmaning kattalashib borishi natijasida qoʻshni aʼzolar ham eziladi va shunga xos boʻlgan belgilar yuzaga chiqadi.
Gepatomegaliyaning degenerativ oʻzgarishlar natijasida kelib chiqishining oʻziga xosligi shundaki (jigarning yogʻli kasalligi) kasallik belgilari yaqqol namoyon boʻlmasligi, ogʻir holatlarning kamdan kam kuzatilishidir. Odatda bunday kasallik bemorning boshqa bir kasallikni aniqlash maqsadida tekshiruvlardan oʻtish vaqtida aniqlanadi. Jigar amiloidozida jigar oʻlchami anchagina kattalashadi, uning strukturasi qattiq, chetlari tekis, palpatsiyada ogʻriqsiz boʻladi.
Yurak kasalliklari natijasida gepatomegaliya sindromi oʻng qorincha yetishmovchiligida kelib chiqadi. Sindrom kuchayib boruvchi xarakterga ega, aʼzo kapsulasi choʻzilishiga sabab boʻladi va kuchli ogʻriq hissi bemorni bezovta qiladi. Agar asosiy kasallik davolansa jigar oʻz oʻlchamiga qaytadi.
Gepatotsitlarning toksik zararlanishida jigar oʻlchamining kattalashishi asosiy belgi sifatida yuzaga chiqadi, koʻpincha qichishish, sklera va teri qoplamasi sargʻayishi, laborator analizlardagi oʻzgarishlar ham kuzatiladi. Jigarning jarohatlanishi natijasida kattalashishi bemorning umumiy ahvolidagi oʻzgarishlar bilan birgalikda ichki qon ketish va gemorragik shok ham rivojlanishi mumkin. Davomli arterial qon bosimining pasayib borishi va taxikardiya, gipoksiya belgilari, jigar sohasi palpatsiya qilinganda kuchli ogʻriq boʻlishi kuzatiladi.
Gepatomegaliya diagnostikasi
Jigar oʻlchamining kattalashganligini aniqlash qiyinchilik tugʻdirmaydi – shunchaki palpatsiya va perkussiya amaliyotlari yordamida ham jigarning oʻlchamlari, chegaralarini bilib olish mumkin. Eng maʼlumotli tekshiruv usuli qorin boʻshligʻi aʼzolari UTT (UZI) tekshiruvi hisoblanadi.
Gepatomegaliya differensial diagnostikasida avvalambor virusli omilni inkor etishi kerak boʻladi. Anamnez yigʻish ham yaxshi maʼlumotlar beradi (qon quyish, jarrohlik amaliyotlari oʻtkazilganligi, tish shifokori huzurida boʻlganligi). Laborator koʻrsatkichlardan gepatomegaliya holatida aminotransferazalar oshganligi, ayniqsa ALT yuqori koʻrsatkichlarda boʻladi. Jigar hujayralarning holatini aniqlash maqsadida biopsiya usuli amalga oshiriladi.
Gepatomegaliyaga olib keluvchi omil autoimmun jarayonlarni istisno qilish uchun qonda aylanib yuruvchi autoantitelolarni aniqlash kerak boʻladi. Koʻpincha bu kabi kasalliklar 25 yoshgacha boʻlgan va postklimaks yoshidagi ayollarda qayd etiladi, hamda artralgiya, glomerulonefrit va tana haroratining oshishi bilan namoyon boʻladi.
Gepatomegaliyaning sirroz natijasida kelib chiqishida anamnezda alkogol mahsulotlarini surunkali isteʼmol qilish, surunkali jigar kasalliklari, qonda gamma-globulinlar miqdorining oshishi, ishqoriy fosfataza faolligi va aminotransferaza oshishi, protrombin va albumin miqdorining kamayishi kuzatiladi. Qorin boʻshligʻi aʼzolari UTT (UZI) tekshiruvida jigar parenximasining bir xil emasligi, portal vena diametrik va taloq venasining kengayishi aniqlanadi.
Gepatomegaliyaning qon tomir patologiyalari bilan bogʻliq sabablarini aniqlashda (jigar venalari obstruksiyasi) ultratovush doplerografiyasi aniq maʼlumotlar beradi, bundan tashqari jigar punksion biopsiyasi va radioizotop skanerlash tekshiruvlari ham bajariladi. Oʻsma kasalliklarini istisno qilish maqsadida qorin boʻshligʻi aʼzolari MSKT tekshiruvi oʻtkaziladi.
Jigar kattalashishi davosi
Gepatomegaliyaning asosiy davosi sindromga sabab boʻlayotgan kasallikni davolashdir. Davo muolajalarida diyeta qilish (stol №6), tez-tez kam kamdan ovqatlanish, yogʻli, qovurilgan ovqatlardan cheklanish, vitamin, oqsil va mikroelementlarga boy boʻlgan ozuqa mahsulotlarini isteʼmol qilish kerak boʻladi.
Jigar hujayralari funksiyasini tiklash va ularni himoya qilish maqsadida gepatoprotektorlar buyuriladi (essensial, vitaminlar). Oʻtkir gepatit holatlarida dezintoksikatsion terapiya va maxsus viruslarga qarshi preparatlar buyuriladi. Surunkali gepatitlarni bartaraf etishda interferon va immunomodulyatorlar qabul qilish kerak.
Kardiogen gepatomegaliya toʻgʻri davo muolajalari olib borilsa oʻz holatiga tez qaytadi, bunda katta qon aylanish doirasidagi kamchiliklar bartaraf etilishi kifoya. Darvoza venalari trombozida antikougulyant preparatlar buyurilsa, oʻtkir tromboz holatida esa jigar koʻchirib oʻtkazish amaliyoti bajarilishi zarur.
Jigar absessida antibiotiklar yoki parazitlarga qarshi preparatlar qabul qilish tavsiya etiladi, hamda absess sonatsiya qilinadi va drenajlanadi. Jigar amiloidozini davolashda prednizolon va kolxitsin buyuriladi.
Jigar oʻsma kasalliklari jarrohlik yoʻli bilan olib tashlanadi va kimyo, nur terapiyalari olish uchun bemor onkologiya dispanserlariga yotqiziladi.
Kasallik oqibati va profilaktikasi
Gepatomegaliya oqibati kasallikning turiga qarab belgilanadi. Xavfli holat deb jigar sirrozi, toksik zararlanishi, birlamchi oʻsma kasalliklari hisoblanadi. Boshqa kasalliklar fonida jigar hajmi kattalashishi asosiy kasallikni davolash yoʻli orqali bartaraf etiladi. Kasallik profilaktikasida oʻtkir va surunkali kasalliklarni davolash, spirtli ichimlik ichmaslik, tamaki mahsulotlar chekmaslik, yogʻli, qovurilgan ovqatlarni meʼyorida isteʼmol qilishdan iborat.
Gastroenterologik kasalliklarda eng kop qo'llaniladigan dori vositalardan biri URSOSAN FORTEdir:
achchiq va sho‘r, issiq va sovuq, nordon, yog‘li, o‘ta qovurilgan taomlar eyish
ziravorlar: yalpiz, zira, xantal, murch, sirka, zirk sinagarilarni ko‘p ishlatish
limon, apelsin, mandarin greypfurut kabi sitrus mevalarni ko‘p iste’mol qilish
ayrim dorilar jumladan, nitratlar (uzoq muddat qabul qilinsa), tarkibida asetilsalisil kislota tutgan dori preparatlar
ortiqcha vazn
Gastroezofageal reflyuks kasalligida – vaqti-vaqti bilan to‘sh osti sohasi yoki orqasida achishish, kekirish, ba’zan nordon suyuqlikning kekirish bilan og‘iz bo‘shlig‘iga qaytib kelishi, tunda so‘lak oqishi kuzatiladi. Ayrim hollarda esa sanab o‘tilgan belgilar yaqqol darajada va tez-tez takrorlanadi. Ko‘pchilik jiddiy e’tibor bermaydigan jig‘ildon qaynashi - jiddiy kasalliklar – peptik ezofagit, diafragmaning qizilo‘ngach tirqishi churrasi, Barett qizilo‘ngachi ya’ni, saraton oldi holati belgilari bo‘lishi mumkin.
Jig‘ildon qaynaydigan kishilar, avvalo, turmush tarzini sog‘lomlashtirish ya’ni quyidagilarga e’tibor qaratishlari lozim:
Tamaki chekish va spirtli ichimliklardan mutlaqo voz kechish;
Kechkurun yotganda bosh tarafini sal balandrok qilish (bitta yostik ortiqcha qo‘yish)
Kechqurun ovqatni uyquga yotishdan 3 soat oldin eyish
Aralash-quralash ovqatlanish, juda to‘yib ketishdan saqlanish
Ovqatlanib bo‘lgandan so‘ng 1,5-2 soatgacha yotmaslik, yonboshlab olmaslik yoki pastga egilmaslik, pastga egilish bilan bajariladigan mashqlarni qilmaslik zarur bo‘lsa ozish
Qisib turadigan kiyim qiymaslik, tasma taqmaslik.
Jig‘ildon qaynaganda xom no‘xat chaynash, kartoshka va sabzi suvlari ichish yordam beradi, lekin ichimlik sodasidan foydalanmang.
2007 yili Shveysariyaning Gshtad shahrida bo‘lib o‘tgan gastroenterologlarning xalqaro anjumani tavsiyasiga ko‘ra gastroezofageal reflyuks kasalligida quyidagi dorilardan birini 3-5 kun davomida qabul qilish mumkin (ular dorixonalarda reseptsiz sotiladi): maaloks, fosfalyugel, almasid gel, maludroks, relser, filmasid. Dori kuniga uch mahal, ovqatlanishdan 1-1,5 soat keyin 1 osh qoshiqdan (kattalar uchun) va lozim bo‘lsa uyquga yotishdan oldin ichiladi. Agar dorilar suspenziya (suyuq) shaklida bo‘lsa, ichishdan oldin obdon chayqatiladi, hab dori shaklida bo‘lsa so‘riladi.
Har qaysi dorini ichishdan oldin yo‘riqnomasini yaxshilab o‘qib chiqing!!!
Jig‘ildon qaynashi dori ichgandan keyin ham o‘tib ketmasa shiforkorga murojaat eting. Mabodo ishtahasizlik, kamqonlik, nafas olishning qiyinlashishi, tana vaznining keskin kamayishi, ovkatning qizilo‘ngachdan o‘tishida qiyinchilik va tizilishi, ko‘ngil aynishi va qayt qilish, qusuqda kon bo‘lsa vaqtni o‘tkazmay shifokor qabuliga shoshiling.
Avitsenna.uz sayti orqali mavzuga aloqador quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:
Ushbu patologiyaning koʻpgina turlari mavjud. Ammo, jinsiy buzilish holatlarining turli xil koʻrinishda kechishi, u yoki bu belgilarga asoslanib aniq bir klassifikatsiya tuzishga imkon bermaydi. Markaziy va periferik buzilishlar farqlanadi. Birinchi koʻrinishida bosh miyadagi oʻzgarishlar kuzatilsa, ikkinchi koʻrinishida esa – jinsiy aʼzolarda patologiyalar kelib chiqishi roʻy beradi. Bundan tashqari jinsiy rivojlanish muddati boʻyicha – erta va kech rivojlanish kabi turlari ham bor. Bunda muhim jihat shundaki bolaning jinsiy farqlanishi normal holatda boʻladi, ammo jinsiy rivojlanish muddati buziladi, koʻpincha pubertat yoshda namoyon boʻladi.
Jinsiy rivojlanish buzilishining yana bir koʻrinishi qarama-qarshi jins vakillarida gormonlarning notoʻgʻri sintezlanishidir, yaʼni ayollarda erkaklik gormoni, erkaklarda esa aksincha ayollar gormoni sinezlanishi ortib ketadi. Koʻpincha, bu patologiya sababi oʻsma kasalliklari boʻladi.
Homiladorlik vaqtida jinsiy farqlanishning oʻzgarib ketishi eng ogʻir kechuvchi patologik holatlardan biridir. Masalan Shershevskiy-Terner sindromi, urugʻdonlar disgenezi, testikulyar feminizatsiya va boshqalar.
Baʼzi hollarda jinsiy rivojlanish buzilishi bola organizmining oʻziga xos tuzilganligi bilan adashtirib qoʻyiladi. Bunda bola mutlaqo sogʻlom boʻladi.
Jinsiy rivojlanish buzilishida namoyon boʻluvchi belgilar
Bola dunyoga kelishi bilanoq tashqi jinsiy aʼzolardagi kamchiliklar pediatr tomonidan oson aniqlanadi. Bun kabi holatlar koʻpincha chala tugʻilgan, homiladorlik gipokisyasi va infeksiyasi kuzatilgan bolalarda uchraydi. Boshqa holatlarda jinsiy rivojlanishdagi kamchiliklar asosan bolalarning pubertat davrida aniqlanadi. Chunki pubertat davrida jinsiy belgilar shakllanadi va bola oʻz jinsiga monan oʻzgarishlarga uchraydi. Patologiya belgilariga aynan mana shu yoshda shikoyat qilinadi.
Bolalar jismoniy rivojlanishdan ortda qolishi yoki aksincha oʻz tengdoshlaridan oʻzib ketishi mumkin. Bundan tashqari bunday bolalar tana tuzilishi nomutanosib koʻrinishda boʻladi. Ayniqsa baʼzi xromosoma kasalliklarining oʻziga xos tashqi koʻrinish shakllanadi.
Muddatidan erta jinsiy yetilish belgilariga oʻgʻil bolalarda jinsiy olat va moyaklarning erta yoshda kattalashishi, qiz bolalarda esa tashqi jinsiy lablar kattalashishi xos. Bunday bolalarda qoʻltiq osti va jinsiy aʼzolar sohasida tuklar yoshga xos boʻlmagan koʻrinishda paydo boʻladi. Bolalarning jinsiy yetilishida normal koʻrsatkichlar koʻpgina mualliflarda turlicha keltirilgan. Koʻpgina mutaxassislar pubertat davr oʻgʻil bolalarda 10 yoshda va qiz bolalarda 12 yoshda boshlanishi normal deb hisoblaydilar. Bu yoshdan kech jinsiy yetilishning boshlanishi kechikkan deb qayd etiladi.
Jinsiy rivojlanish buzilishi ichki va tashqi jinsiy aʼzolarning notoʻgʻri shakllanishi bilan ham kechadi. Yangi tugʻilgan qiz bolalarda klitor oʻlchamining kattalashishi, kam hollarda – jinsiy olat shakllanishi, oʻgʻil bolalarda esa germofroditizm, yaʼni ayollik jinsiy aʼzolari va erkaklik jinsiy aʼzolari bir vaqtning oʻzida shakllanishi kuzatiladi. Organizmda qarama-qarshi jins gormonlari taʼsiri boshlanganda qiz bolalarda hayz koʻrish kuzatilmasligi yoki hayz koʻrishning toʻxtashi, girsutizm (erkaklarga xos tuklar chiqishi) holatlari yuzaga chiqadi. Oʻgʻil bolalarda ikkilamchi jinsiy belgilar paydo boʻlmasligi, tuklar chiqmasligi, ovoz tembrining oʻzgarmasligi, yaʼni bolalarnikiga xos boʻlib bolishi kuzatiladi. Bu kabi belgilarning barchasi bolalarda ruhiy-emotsional holatnwing buzilishi bilan namoyon boʻladi. Normal holatda ham pubertat yoshda bolalar emotsional labil boʻlishadi, jinsiy rivojlanishdagi patologiyalar esa jarayonni yanada ogʻirlashtiradi. Jinsiy farqlanish buzilishlarida esa psixoseksual muammolar kelib chiqishi mumkin.
Jinsiy rivojlanish buzilishini tashxislash
Aniq diagnoz qoʻyish mutaxassislar uchun katta qiyinchilik tugʻdiradi. Chunki belgilar tugʻilgan vaqtda yashirin boʻlishi mumkin. Pubertat davrda esa jinsiy aʼzolar oʻlchami, bolalarning oʻsishi va yetilishi turlicha kechadi. Ota-onalar ham bolalarda tuklar chiqishi, boʻy oʻsishi tezlashishi yoki sekinligiga aytarli eʼtibor qaratishmaydi, odatda bu kabi holatlar normal boʻladi. Jinsiy rivojlanishning buzilishi erta yoshlarda aniqlanishi mumkin, agarda jinsiy aʼzolar shakllanishida kamchiliklar boʻlsa (germofroditizm, toʻliq shakllanmasligi va boshqalar) va boshqa tizimlarda ham kamchiliklar kelib chiqsa.
Jinsiy rivojlanishning buzilishi pubertat yoshda – jinsiy aʼzolar oʻlchami, tuklar chiqishi kechikishi yoki atipik hosil boʻlishi, umumiy jismoniy rivojlanishdan ortda qolish va turli xil gormonalr disbalansalar koʻrinishida aniqlanadi. Tashxis qoʻyishda albatta laborator analizlar natijasi ham kerak boʻladi, bunda gormonlar miqdori aniq koʻrsatib beriladi. Laborator analizlarda qondagi jinsiy gormonlar miqdori, siydik tarkibidagi gormonlar, hamda gonadoliberin sinamasi (jinsiy rivojlanish buzilish darajasini koʻrsatib beradi) oʻtkaziladi.
Patologiya sabablaridan biri oʻsma kasalliklari boʻlganligi sababli bosh miya turk egarchasi sohasi va bosh miyaning turli qismlari rentgenologik tekshiruvi ham oʻtkazilishi mumkin.
UTT (UZI) tekshiruvi asosan qiz bolalarda oʻtkaziladi. Bachadon, bachadon nayining yoshga xos joylashuvi va oʻlchamlari aniqlanadi. Jinsiy aʼzolar vizual koʻruvi va palpatsiyasi ham bajarilishi mumkin. Shu yoʻl bilan oʻgʻil bolalarda kriptorxizm aniqlanadi. Nasliy kasalliklarni istisno qilish uchun oilaviy anamnez yigʻiladi, biror bir xromosoma kasalligiga shubha qilinsa kariotip aniqlanadi. Bundan tashqari boshqa ichki sekretsiya bezlari, masalan qalqonsimon bez va buyrak usti bezi ham tekshiriladi. Chunki bu bezlar ham jinsiy gormonlar sinteziga oʻz taʼsirini koʻrsatadi.
Jinsiy rivojlanish buzilishini davolash va kasallik oqibati
Asosiy davo – gormonal terapiya hisoblanadi, bunda jinsiy gormonlar oʻrnini bosuvchi gormonal preparatlar buyuriladi. Keyingi davo choralari turli xil patologiyalarni bartaraf etish bilan olib boriladi, oʻsma kasalliklarida oʻsmalar jarrohlik yoʻli bilan olib tashlanadi, qiz bolalarda testosteron konsentratsiyasi yuqori boʻlsa antiandrogen preparatlar buyuriladi, jinsiy aʼzolar shakllanishida kamchiliklar boʻlsa jinsiy aʼzolar jarrohlik usuli bilan toʻgʻirlanadi. Gormonal muolajaning muhim jihati shundaki – ushbu preparatlar uzoq muddatga, hatto umrbod qabul qilishga buyuriladi.
Pediatriya va bolalar endokrionologiyasi sohasi rivojlanishi hisobiga oxirgi oʻn yillikda jinsiy rivojlanishning buzilishi oqibati gormonal terapiya taʼsirida ijobiylashmoqda. Ikkilamchi jinsiy bezlar shakllanishi yoki rivojlanishini sekinlashtirish uchun preparatlar samarasi sezilarli darajada bilinmoqda. Patologiyaning eng xavfi koʻrinishi gipotalamo-gipofizar tizimida paydo boʻlgan oʻsma kasalliklari hisoblanadi. Bu kabi muammo bola hayotiga xavf tugʻdirishi mumkin.
Jinsiy rivojlanish buzilishi profilaktikasida – ota-onalar homiladorlikning rejalashtirayotganda turli xil somatik kasalliklarni bartaraf etish, homiladorlik vaqtda infeksiyalardan saqlanish, hamda kasallikni erta muddatlarda aniqlash va kerakli gormonal balansni tiklash kabi chora tadbirlar oʻtkaziladi. Albatt, zamonaviy tibbiyot bu kabi patologik holatga sabab boʻluvchi koʻpgina omillarga qarshi kurash oladi, shunday boʻlsada jinsiy rivojlanishdagi buzilishlar bilan dunyoga keladigan bolalar jinsiy faollik va farzand koʻrish qobiliyati buzilishi, hatto bepushtlik ham kelib chiqish ehtimoli yuqoriligicha qolmoqda.
Foydali maqolalar:
Erkaklar yoshi oshgan sari testosteron darajasi pasayadi, bu ham jinsiy istakka taʼsir qiladi. 40-45 yoshga kelib, koʻpchilik erkaklar jinsiy faollikning biroz pasayishini oʻzlarida sezishlari mumkin.
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, jinsiy aloqa, ereksiyani saqlab qolish haqida ortiqcha xavotirlanish, koʻpincha yaqinlik vaqtidagi noqulay holatlarga asosiy sabab hisoblanadi.
Jinsiy quvvatni tabiiy oshirish usullari nafaqat reproduktiv tizimingizni takomillashtirishga, balki erkaklar jinsiy funksiyasiga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir qiladigan butun organizmni sogʻlomlashtirishga qaratilgan boʻladi.
Jinsiy quvvatni oshirish mashqlari
Muntazam ravishda tana mushaklarining quvvatini oshirish, ularni chiniqtirish jinsiy aloqadan kutilgan natijani beradi. Bunga asosiy sabab, mashgʻulotlar erkaklik gormoni — testosteron gormonining ajralib chiqishini ragʻbatlantiradi. Va bu oʻz navbatida jinsiy quvvat oshishi uchun xizmat qiladi. Erkak organizmida testosteronning pasayishi potensiya va jinsiy imkoniyatlarning zaiflashuviga sabab boʻladi. Bu, ayniqsa, oʻrta va katta yoshdagi erkaklarga tegishlidir, chunki 25 yoshdan soʻng testosteron miqdori yil sayin asta-sekin kamayib boradi.
Garvard olimlari oʻtkazgan tadqiqotlarga koʻra, muntazam jismoniy mashqlar bajarish jinsiy zaiflik kasalligida bemorlarning potensiyasi tiklanishiga yordam bergan.
Mashgʻulotlarda bitseps, tritseps, koʻkrak, qorin mushaklariga, ayniqsa chanoq-son sohasi mushaklariga ishlash jinsiy quvvatni oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Yuqoridagi mushaklarni chiniqtirishda, asosan otjimaniya, press, shtanga, gantel koʻtarish kabi mashq usullaridan foydalanishingiz mumkin.
Jinsiy quvvatni oshirish mashqlari ichida Kegel mashqlari alohida ahamiyatga ega. Kegel mashqlari tos aʼzolarida qon aylanishni yaxshilab, erkaklarda erta boʻshalish, jinsiy zaiflik kabi qator muammolarga yechim hisoblanadi. Bu mashqlar faqatgina ayollar uchun emas, balki erkaklar jinsiy muammolarini bartaraf qilishi mumkinligi uchun ham eʼtirof etiladi.
Kegel mashqlari qanday qilib toʻgʻri bajarilishi haqida mana bu maqola orqali batafsil maʼlumot olishingiz mumkin: Kegel mashqlari qanday bajariladi?
Quyidagi videoda keltirilgan mashqlarni bajarib borish, yuqorida taʼkidlaganimizdek organizm chidamliligini oshirib, jinsiy quvvatning oshishi uchun ham zamin yaratadi. Jinsiy quvvatni oshirish mashqlari sizni jinsiy hayotingiz bardavomligi uchun ham juda zarur. Shunday ekan, jinsiy barqarorlikka erishib, uzoq muddat faol boʻlishni istasangiz jismoniy mashgʻulotlar bajarish boshlang!
Organizmimiz faoliyat yuritarkan u oqsil, yogʻ, uglevod, vitamin hamda mineral moddalarga doimiy ravishda ehtiyoj sezadi. Shuningdek, reproduktiv tizim aʼzolari ham normal faoliyat olib borishi uchun yuqoridagi moddalar zarar.
Quyida sanab oʻtadigan mahsulotlarimiz organizm umumiy faoliyatiga taʼsir etibgina qolmay, jinsiy faoliyatga ham ragʻbatlantiruvchi taʼsir oʻtkazadi.
Qalampir
Achchiq qalampir yoki garmdorida kapsaitsin moddasi boʻlib, u miyada baxtiyorlik hissini uygʻotib, chidamlilikni oshiradi. Garmdori metabolizmni kuchaytiradi, tana haroratini oshirib, yurak urishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.
Kapsaitsin qalampirdan tashqari, zanjabil ildizida ham koʻp miqdorda boʻladi.
Kaliy
Organizmdagi eng muhim elektrolitlardan biri boʻlgan kaliy sizning mushaklaringiz va hujayralaringizni bir maromda ishlashiga, tiklanishiga yordam beradi hamda metabolizmni kuchaytiradi. Bu esa, oʻz navbatida jinsiy quvvatning oshishiga turtki beradi.
Kaliy quyidagi mahsulotlarda koʻp miqdorda saqlanadi:
banan;
ismaloq;
brokkoli;
kartoshka;
pomidor;
sabzi;
qovun;
kam yogʻli sut yoki yogurt.
Jinsiy quvvatni oshirish uchun murakkab uglevodlar
Makaron va oq non tarkibidagi oddiy uglevodlar organizmda tezda sarflanib ketishi mumkin. Ammo murakkab uglevodlar buning teskarisini aks ettiradi: ular tanangizni uzoq vaqt energiya bilan taʼminlashga yordam beradi.
Murakkab uglevodli mahsulotlarga quyidagilar kiradi:
joʻxori uni;
qora non;
jigarrang guruch;
makkajoʻxori;
noʻxat va quritilgan loviya.
Oqsil
Oqsil parchalanishi uchun uglevodlarga qaraganda koʻproq vaqt talab etiladi, bu sizning tanangizga uzoq muddatli energiya manbayi boʻlib xizmat qiladi.
Oqsilga boy mahsulotlarga quyidagilar kiradi:
yongʻoq;
tuxum;
yogʻsiz goʻsht va baliq;
yogurt, pishloq va sut.
B guruhi vitaminlari
B guruhi vitaminlari — ayniqsa, B1 dan B5 gacha va B12 — jinsiy gormonlar darajasi va funksiyalarini tartibga soladi bu esa, jinsiy quvvat oshishi uchun asosiy omil hisoblanadi.
Vitaminlari yuqorida taʼkidlaganimizdek, gormon darajasini muvozanatlashtiradi, stressning salbiy oqibatlarini kamaytiradi, natijada ereksiyani yana-da barqarorlashadi.
B guruh vitaminlariga boy oziq-ovqatlarga quyidagilar kiradi:
yogʻsiz mol goʻshti, baliq, parranda goʻshti;
tuxum;
yongʻoq;
avokado;
sut va sut mahsulotlari;
sabzavotlar.
Omega-3
Jinsiy gormonlarning muvozanatlashishiga omega-3 yordam berib, libido va jinsiy quvvatga yaxshi turtki beradigan muhim yogʻli kislotadir.
Quyidagi mahsulotlar tarkibida omega-3 moddasi koʻproq boʻladi:
zaytun yogʻi;
karam va ismaloq;
grek yongʻogʻi;
mollyuska;
losos va boshqa yogʻli baliqlar.
Bundan tashqari, erkaklarda jinsiy quvvatni ragʻbatlantirishda magniy, nitratlar, arginin kabi moddalarning ham ahamiyati nihoyatda katta.
Sport bilan shugʻullanish, ovqatlanish rejimini oʻzgartirish va qoʻshimcha vitaminlar qabul qilish jinsiy quvvatni oshirishning eng samarali usullari hisoblanadi. Ammo jinsiy faollikni oshirish imkoniyatlari shu bilan toʻxtamaydi. Sizga foydali boʻlishi mumkin boʻlgan yana bir qancha omillarga ham quyida toʻxtalib oʻtamiz.
Jinsiy quvvatni oshirish uchun seksopatologlardan TOP-5 maslahat
Ochiq muloqotga kirishing!
Sherigingiz bilan jinsiy munosabatlaringiz oʻzaro ochiq boʻlsin. Erkin gaplashish jinsiy hayotni sezilarli darajada yaxshilaydi hamda jinsiy quvvatga ham ijobiy taʼsir etadi.
Agar jinsiy aloqa bilan bogʻliq muammolar tashvish tugʻdirayotgan boʻlsa, buni sherigingiz bilan muhokama qilish yaxshidir. Yechim ustida birgalikda ishlash ruhiy bosimni ancha kamaytirib, har qanday muammoni yengishga yordam beradi.
Ortiqcha vazndan xalos boʻling!
Semirish testosteron darajasiga jiddiy taʼsir qiladi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, semirib ketgan erkaklarda testosteron miqdori ozgʻin erkaklarga qaraganda koʻp. Aromataza fermenti erkak androgenlarni ayol estrogenlarga aylantiradi. Shu sababdan semirish bilan birga jinsiy faollikning pasayishi, erektil disfunksiya ham yuzaga keladi. Shunday ekan yuqorida taʼkidlab oʻtganimizdek, jismoniy mashqlar bilan shugʻullanishni hech kanda qilmang.
Bir xillikdan qoching!
Jinsiy zavq ehtiros va hayajon muhitida rivojlanadi. Lekin koʻp yildan beri birga yashab kelayotgan juftliklarda, jinsiy aloqa odatiylikni his qila boshlaydi va hayajonlanish, diqqatni jamlash yoki bir-birini xursand qilish tobora qiyin boʻlib tuyulishi mumkin. Buning natijasida esa, baʼzi erkaklarda xudiki jinsiy quvvat oshirish uchun ehtiyoj tugʻilgandek his paydo boʻladi.
Shuning uchun doimiy izlanishda boʻling, yangi pozitsiyalarni sinab koʻring. Shuningdek, jinsiy hayollar haqida gaplashish ham jinsiy aloqani yana-da hayajonli qilishi mumkin.
Jinsiy hayotning normal kechishi uchun turli yangi sogʻlom usullarni qoʻllash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu esa, oʻz-oʻzidan jinsiy hayot sifatining oshishiga taʼsir etadi.
Saytimizdagi mana bu maqola orqali mutaxassislar tomonidan jinsiy hayotni yana-da zavqli va sifatli qilish uchun tavsiya qilingan usullari haqida maʼlumot olishingiz mumkin: Jinsiy aloqa qilish usullari va pozalar →
Stressdan saqlaning!
Stress qancha koʻp boʻlsa, jinsiy quvvat darajasi ham shuncha past boʻladi. Afsuski, stressni kamaytirish uchun yagona usul yoʻq, oʻzingizga mos keladigan usulni toping. Sayohatlar, doʻstlar bilan muloqot qilish, meditatsiya, suzish bilan shugʻullanish — stressni yengish uchun istagan usulingizni sinab koʻrishingiz mumkin.
Kasalliklar profilatikasi uchun shifokorga boring!
Reproduktiv tizim kasalliklari, shuningdek yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet kabi xastaliklar jinsiy quvvatning pasayishiga, bora-bora jinsiy zaiflikka olib kelishi mumkin. Shuning uchun har qanday kasallik belgilarini oʻzingizda sezib boshlasangiz darhol shifokor koʻrigiga boring. Har qanday kasallik oʻz vaqtida davolansa, turli asoratlarning kelib chiqish ehtimoli yoʻqoladi.
Xalq tabobati usullari orqali potensiyani oshirish
Yong‘oq erlik quvvatini oshiruvchi mahsulotlarning eng yaxshilaridandir. Uning tarkibida ko‘pgina foydali mikroelement va vitaminlar mavjud. Ayniqsa, unda B guruhi vitaminlari hamda rux ko‘p. Agar erkak organizmiga bu moddalar yetishmasa, erlik quvvati sustlashib boradi.
Erlik quvvatini oshirish uchun yong‘oq mag‘zi va asaldan qo‘lbola dori tayyorlash mumkin. Buning uchun ikki mahsulotdan teng miqdorda olamiz. Yong‘oqni go‘sht qiymalagichdan o‘tkazamiz yoki hovonchada tuyamiz. So‘ng uni asal bilan aralashtiramiz. Bu dorini ovqatlangandan yarim soat o‘tgandan so‘ng kuniga ikki mahal 2 choy qoshiqdan yeyish kerak.
Yetilmagan yong‘oq pishganidan foydaliroq bo‘ladi. Hatto undan murabbo ham tayyorlanadi. Aynan pishmagan yong‘oqdan erlik quvvati uchun yaxshigina dori tayyorlash mumkin.
Buning uchun 15 dona yetilmagan (ko‘k) yong‘oqni olasiz. Bu yong‘oqlarni iyunning 20 sanasidan 5 iyulgacha terib olishingiz kerak. Shuningdek, sizga 750 gramm shakar kerak bo‘ladi. Yong‘oqlarni po‘sti bilan ishlatamiz. Uni bir necha bo‘lakka bo‘lib, bankaga solasiz. Bir qator yong‘oq, bir qator shakar terib chiqasiz. So‘ng banka og‘zini qopqoq bilan mahkam yopib, bir oy davomida qorong‘i joyda saqlaysiz. Bir oy o‘tgach, yong‘oqdan hosil bo‘lgan shirani boshqa idishga quyib olasiz. Uni qopqog‘i yopiq idishda sovitkichda saqlaysiz. Bu shirani ovqatlangandan so‘ng yarim soat o‘tib bir osh qoshiqdan ichasiz.
Jenshenli choy ham jinsiy quvvatni ragʻbatlantirish bobida ham inson salomatligiga ajoyib taʼsir koʻrsatadi. Bunday choyni tayyorlash uchun quritib yanchilgan jenshen ildizi ustidan qaynab turgan suv quyiladi, ustini yopib 20 daqiqa tindiriladi, soʻng dokadan oʻtkaziladi. Choyni sutkasiga 3 mahal 1 osh qoshigʻidan 1 oy davomida ichiladi, soʻng 30 kun tanaffus qilib, muolaja kursi takrorlanadi.
Bu kabi jenshenli choylarni ichish jinsiy quvvatni oshirish mashqlari kabi organizmni umumiy mustahkamlaydi, kuch-quvvat bagʻishlaydi va tinchlantiradi. Oʻsimlikning faol moddalari asab tizimi faoliyatini mustahkamlaydi, jismoniy va aqliy charchoqni pasaytiradi, yurak va qon tomirlari faoliyatini yaxshilaydi, ishtahani ochadi, arterial qon bosimini meʼyoriga keltiradi, ishchanlik qobiliyatini oshirib, jinsiy hayotni barqarorlashtiradi.
Abu Ali ibn Sino jinsiy quvvatni oshirish borasida oʻzining “Shahvoniy quvvat haqida” risolasida qayd etishicha, quyidagilar quvvatbaxsh mahsulotlar sirasiga kiradi: barcha yogʻsiz boʻlmagan quritilgan goʻshtlar, piyoz va piyozdan tayyorlanadigan tabohalar (tuxum, piyoz va toʻgʻralgan goʻsht qoʻshib pishiriladigan taom), halim, tandirda pishadigan taomlar, qovurmalar.
Yangi sogʻilgan sutga arablarda oʻsadigan xurmo mevasidan va dolchindan bir kecha-kunduz ivitib qoʻyib, keyin yeyilsa va ustidan yangi sut ichilsa, jinsiy aʼzoni baquvvat qilib, shahvatni kuchaytiradi.
Baliqning barcha turi shahvoniy quvvatni oshiradi, agar baliq piyoz bilan isteʼmol qilinsa, maniyni koʻpaytiradi. Mayda baliq kabobini qurigan gazakoʻt, sedana urugʻi, petrushka urugʻini teng miqdorda olib kerakli miqdordagi zaytun yogʻi bilan nonxurush qilib yeyilsa, erlik quvvatini kuchaytiradi.
Olma gulining murabbosi, yaʼni gulqandi jinsiy aʼzoni quvvatli qilib, harakatga keltiradi, yurakni baquvvat qiladi. Buning uchun olma gulini ikki baravar koʻp qizil atirgul yaproqlari bilan aralashtirib, gulqand tayyorlanadi. Tayyorlangan gulqanddan kuniga oʻttiz grammgacha isteʼmol qilish mumkin.
Jinsiy quvvatni oshiruvchi dorilar zararsizmi?
Jinsiy potensiyani oshirish uchun hozirgi kunda koʻplab, dori vositalari farmatsevt va shifokorlar tomonidan taklif qilinmoqda. Lekin tadqiqotlarga koʻra, ushbu dorilar potensiyani qaysidir maʼnoda oshirib berish mumkin-u, biroq hammasi ham zararsiz emas, deb topilmoqda. Yurak, jigar va buyrak kasalliklari bilan xastalangan bemorlar jinsiy quvvatni oshiruvchi tabletkalar, qoʻshimchalarni qabul qilishdan tiyilishlari zarur.
Agarda jinsiy quvvat pasayishi sezilsa, albatta shifokorga murojaat qilib, kerakli dori vositasini tanlash uchun muammoning sababini bilish kerak.
Masalan, erektil disfunksiya asosida gormonal buzilishlar yotsa, davolash gormonlarni meʼyorlashtirishga yoʻnaltirilishi lozim. Agar muammo yurak-qon tomir tizimidagi muammolar tufayli yuzaga kelayotgan boʻlsa, shunga mos preparatlarni tanlash muhim ahamiyatga ega.
Savol-javob
SAVOL: Yoshim 28 da. 1 yil avval uylandim. Bir yil ichida jinsiy aloqa hayotimiz boshidagidan ko‘ra ancha pasaydi. Avval jinsiy aloqa kuniga 2-3 bora bo‘lgan bo‘lsa, hozir 2-3 kunda bir bo‘layapdi. Oldini olsam yaxshi deb o‘yladim. Bu iqlim va mavsum, ya’ni qish va bahor ta’sirimi? Nima maslahat berasiz?
JAVOB: Oilaviy hayot boshida jinsiy aloqa kuniga 2-3 marta bo‘lgani normal holat. Bu shiddat keyin oilaviy hayotda o‘z me’yoriga tushib qoladi. Sizni yoshingizda jinsiy aloqani har 2 kunda qilish norma ( vaholanki norma degan narsa o‘ta cho‘ziluvchan, nisbiy va nozik mavzu).
Shahvat pasayishi iqlim yoki mavsumga aloqador emas. Umumiy tonus biroz o‘zgarishi oqibatida shahvat pasaysa, boshqa organizm faoliyatlari orasida eng oxirida pasayadi. Shahvat ham instinkt, ya’ni tabiiy refleks. Aytaylik, g‘am-tashvishda ham va qish-bahorda ham qorin ochadi, uyqu keladi. Shahvat ham shulardan biri. Qolaversa, 28 yosh hali mavsum ta’sir qilib, shahvatni pasaytiradigan yosh emas. Bu holat balki, 40 yoshdan keyin bo‘lishi mumkindir.
Bonus: Ayollarda jinsiy quvvatni oshirish
Jinsiy munosabat – ikki qarama-qarshi jinslarning biologik, ruhiy va ijtimoiy jihatdan birlashishidir. Bu birlashishning maʼlum va qatʼiy qoidalari yoʻq, juftliklar oʻzaro ushbu munosabatni yaratadilar. Shunday ekan, bu munosabatning qanday va qancha davom etishi nafaqat erkakka, balki ayolga ham bogʻliq.
Ayollarda koʻpincha, jinsiy aloqaga boʻlgan mayl pasayishi hissiy jihatdan juftining ayoliga nisbatan eʼtiborning yetishmasligi natijasida yuzaga kelishi mumkin. Bundan tashqari, reproduktiv tizim kasalliklari, gormonal muvozanat buzilishi, psixologik omillar taʼsirida ham ayolda jinsiy quvvat susayishi kuzatiladi.
Agar ayol kishida turli kasalliklar inkor qilinsa, turmush tarzini oʻzgartish orqali jinsiy maylni normallashtirish mumkin. Buning uchun yuqorida seksopatologlar tomonidan tavsiya etilgan maslahatlarga, erkaklar ham ayollar ham birdek, amal qilishlari kerak. Yaʼni turli stressli holatlardan qochish, juftliklar oʻzaro munosabatlardagi tushunmovchiliklarga oydinlik kiritishlari, yangilik usullarni sinab koʻrish va bir xillikdan qochish, jinsiy quvvatni oshirish mashqlari bilan doʻstlashish jinsiy hayotning yana-da mazmunli hamda qiziqarli boʻlishiga turtki boʻladi.
Agarda baʼzi kasalliklar bezovta qilib jinsiy aloqa uchun noqulayliklar tugʻdirsa, jinsiy aloqa vaqtidagi ogʻriqlar yoki jinsiy aloqadan qoʻrqish ayol kishini bezovta qilsa, albatta shifokorga koʻrinishlari shart. Bunday vaqtlarda ham erkak kishi ayolini qoʻllab-quvvatlashi, unga psixologik yordam berishi kelgusida munosabatlarning tez tiklanishiga zamin yaratadi.
Mavzu yuzasidan yana qandaydir savollar tugʻilgan boʻlsa, “Izohlar” boʻlimi orqali savolingizni yozib qoldirishingiz mumkin. Bundan tashqari, jinsiy quvvatni oshirishning noyob yoki sinalgan usullarini bilsangiz, boshqalar bilan boʻlishishni unutmang. Agar reproduktiv salomatlik borasida ushbu maqola kabi foydali maʼlumotlarga ega boʻlishni istasangiz, Jinsiy faollikni ragʻbatlantiruvchi Kegel mashqlari haqiqatdan foydalimi? hamdaJinsiy aloqaning miyaga taʼsiri maqolalarimizni oʻqishingizni tavsiya etamiz.
Tug‘ruqdan so‘ng tug‘ruq yo‘llaridagi to‘qimalarning tiklanishi, asoratlarning tezda yo'qolishi uchun;
Mijoz sustligi yoki sog‘lom jinsiy maylning yo‘qolishini holatini bartaraf qilish uchun;
Anorgazmiya holati yuzaga kelmasligining profilaktikasi uchun tavsiya etiladi.
Bu mashqlarni bajarish faqatgina yuqorida sanab o‘tilgan holatlarni bartaraf qilish yoki oldini olish uchun qo‘llanilibgina qolmay, balki organizmning umumiy holatini yaxshilash uchun ham muhim ahamiyatga egaligi Arnold Kegel tomonidan ham ta’kidlab o‘tilgan.
Umuman olganda Kegel mashqlarini bajarish ayol hayoti davomida uchrashi mumkin bo‘lgan homiladorlik, tug‘ruq kabi tabiiy jarayonlarni oson kechishiga, jinsiy muammolarning umuman kuzatilmasligiga yoki juda kam kuzatilishiga yordam beradi. Va bu mashq erkaklarda ham ayollarda ham jinsiy hayot sifatini yaxshilashda qo‘llaniladiga eng zararsiz va foydali usullardan biridir.
Kegel mashqlari qanday holatlarda erkaklarga tavsiya etiladi?
Prostatit kasalligini davolash va oldini olish uchun
Bavosil (gemorroy) kasalligini oldini olish va bartaraf qilish uchun;
Qovuq nazoratini yaxshilash uchun;
Tomchilab peshob ajratishni bartaraf qilish uchun;
Enurez va enkoprez holatini oldini olish va bartaraf qilish uchun;
Jinsiy zaiflikni oldini olish va bartaraf qilish uchun va juda ko‘plab muammoli holatlarda tavsiya etiladi.
Jigar kasalliklari orasida keng tarqalgan bo‘lib, inson hayotiga jiddiy xavf soladi, turmushini yomonlashtirib, nogiron qilib qo‘yadi. Hatto, o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin. Mazkur holat alkogolsiz steatogepatit, jigar sirrozi va saratoniga aylanishi bilan xavflidir.
Jigarning alkogolsiz yog‘ kasalligi ko‘pincha belgilarsiz o‘tib, shifokor ko‘rigidan o‘tayotgan bemorda qonning biokimyoviy tahlili yoki ultratovushli tekshiruvi natijasida aniqlanadi. Bemorda deyarli shikoyat bo‘lmaydi. Holsizlanish, tez charchash, kayfiyatning tez buzilishi, o‘ng qovurg‘aosti sohasida noxushlik, qorin dam bo‘lishi, ba’zida yog‘li ta’omlarni ko‘tara olmaslik singari belgilarga esa ko‘pincha e’tibor berilmaydi. Teri qichishishi, ko‘ngil aynish va ishtahasizlik, teri va shilliq pardalarda sariqlikni paydo bo‘lishi, jigar va taloqning kattalashishi mazkur jarayonning o‘zoq muddat yashirin kechganligi hamda asoratlanganligidan dalolat beradi. Tanadagi quyidagi metabolik o‘zgarishlar jigardagi ham o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi:
Qonda lipid va xolesterin miqdorining meyoridan ko‘pligi.
Yuqori kaloriyali ovqatlarni meyoridan ko‘p iste’mol qilish va kamharakat turmush tarzi insulinga bo‘lgan sezgirlikni pasaytirib, jigarni yog‘ bosishiga hamda o‘z navbatida steatogepatitga olib kelishi mumkin. Jigarning alkogolsiz yog‘ kasalligi bilan ko‘pincha birga kechadigan metobolik sindromning klinik belgilari yaqqol namoyon bo‘lguniga qadar bemorlarni quyidagi tekshiruvlarda ertaroq aniqlanishi mumkin:
turmush va ovqatlanish tarzi ( jismoniy yuklamasini hisobga olgan holda);
Tana vazni, son va belning aylanasiga o‘lchami;
Arterial qon bosimning ko‘rsatgichlari, EKG holati;
lipid ko‘rsatgichlarini baholash: triglitsiridlar, umumiy xolesterin, xolesterin lipoprotoidlarning yuqori va past zichligi;
Nahorda qonda glyukoza va insulinning miqdori.
Shifokor yuqoridagilarni o‘rganib, xulosa chiqaradi va zarur tavsiyalarni beradi.
Foydali maslahatlar...
Mazkur kasallikning olidin olish yoki rivojlanishini kamaytirish uchun quyidagilarga qat’iy amal qilish lozim:
avvalo ovqatlanish tartibini ko‘rib chiqish kerak. Mintaqamizga xos yog‘li va xamir ovqatlarni ko‘p iste’mol qilishdan tiyilish: sariyog‘, hayvon yog‘i, margarinning qattiq navini kundalik taomnomadan chiqarish lozim;
yarimto‘yinmagan yog‘ javxarlariga boy mahsulotlarni iste’mol qilish: o‘simlik moylari (zaytun, kungaboqar, danak), dengiz mahsulotlari, baliq, parranda, zaytun mevasi, kishining quvvatga bo‘lgan talabiga muvofiq mag‘izlar;
xolesteringa boy mahsulotlarni kamaytirish: hayvon jigari va buyragi, ikra, tuxum sarig‘i, dudlangan kolbasa, yog‘li go‘sht va sut mahsulotlari;
ovqatlarni vitaminlar va tabiiy prebiotiklar bilan boyitish (mevalar, yer noki-topinambur, artishok, brokolli-yashil gul karam, safsar-piyoz, dolchin, sarimsoq);
jismoniy mashg‘ulotlar tana vaznini kamaytiradi, insulinga bo‘lgan sezgirligini oshirib, yog‘larni eritadi, umuman inson vujudiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;
naslida o‘t-tosh kasalligi, jigar sirrozi va saratoni, qandli diabet, xafaqon kasalligi bo‘lganlar ixtiyoriy profilaktik tibbiy ko‘riklardan o‘tib turishi lozim, ayniqsa, 35-40 yoshdan keyin;
dorilarni nazoratsiz qabul qilishdan ehtiyot bo‘lish.
Taniqli olim J.Kaplan qorin qo‘yish, glyukozaga bo‘lgan chidamlilikning o‘zgarishi, arterial qon bosimning yuqoriligi va qonda triglitsiridlar miqdorining oshishini “o‘lim darakchi to‘rtligi” deb atagan. U tanada moddalar almashinuvining buzilishi belgilari nazoratga olinmasa, ko‘pincha o‘limga olib kelishi ta’kidlangan. Metobolik o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash va davolash, sog‘lom ovqatlanish turmush tarzi, kishi yoshi va holatiga ko‘ra jismoniy faollik - jigarning alkogolsiz yog‘ kasalligini oldini olishdagi muhim omillardir.
Jinsiy munosabat er-xotin hayotining ajralmas qismi hisoblanadi. Aynan shu munosabat orqali shirindan shakar farzandlar vujudga keladi. Bu vaqtda er va xotinning bir-biriga mehri ortadi. Ha, bu gaplarni davom ettirsak anchaga cho‘zilishi tabiiy. Gapni qisqa qilgan holda sizga “Shifo info” gazetasida chop etilgan seksopatolog Dilmurod Ergashevning jinsiy yaqinlik miyaga qanday ta’sir etishi to‘g‘risidagi fikrlarini ulashsak.
“Erkak kishi jinsiy yaqinlik vaqtida juda kuchli hayajonga berilib, barcha tashvishlarini unutadi. Bu paytda uning yurak urishi va nafas olishi tezlashadi. Qon bosimi ko‘tariladi. Xullas miya faoliyati yuqori darajada ishlaydi. Olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatmoqdaki, rohatlanish hissi ayollarga nisbatan erkaklarda kuchli ekan. Xulosalarga ko‘ra, bir erkak butun hayoti davomida o‘rtacha 9,3 soat orgasm his qiladi.
[caption id="attachment_2620" align="aligncenter" width="535"] Jinsiy aloqaning miyaga ta’siri[/caption]
O‘zaro yaqinlik jog‘ida erkak miyasida qo‘zg‘alish kuchayib, unga kelayotgan turli qoniqtiruvchi garmonlar miqdori oshadi. Shu tufayli u barcha ko‘ngilsizliklar, tashvishlar va yomon o‘y-hayollarni unutadi. Sababi bu vaqtda nafaqat bosh miya, balki butun organizm maksimal darajada ishlaydi. Shuningdek, yaqinlik vaqtida organizmda oksitotsin deb ataluvchi gormon hosil bo‘ladi. Bu garmon er-xotinning bir-biriga bo‘lgan ishonchini oshiradi, ularga yoqimli tuyg‘ular bag‘ishlaydi. Seksopatologlar fikricha, orgazm miyaga boruvchi og‘riq hissini bloklab qo‘yadi. Shu sabab muntazam, tartibli jinsiy hayot kechiruvchi erkaklar bosh og‘rig‘idan shikoyat qilishmaydi.
Qizig‘i shundaki, jinsiy yaqinlik bosh miyada xotira va aql uchun javobgar hujayralarning ham o‘sishiga yordam beradi. O‘z jufti haloli bilan osoyishtalikda haftasiga 2-3 marta yaqinlik qiladigan erkaklar yurak kasalliklariga kam chalinishadi. Qonda yoshlik uchun javobgar gormonlar miqdorining oshishi hisobiga qarish jarayoni ortga suriladi, teri tetiklashadi. Agar erkakning tos sohasida qon aylanish yaxshi bo‘lsa, unga prostatit xavf tug‘dirmaydi. Shuningdek, yaqinlik ortiqcha vazndan qutulishga ham yordam beradi.
Yuqoridagilarni keltirishimizdan muddao jinsiy munosabatga harismandlikni aslo rag‘batlantirish emas. Chunki har bir insonga Yaratgan tomonidan faqat o‘ziga xos bo‘lgan me’yor va imkon ato etilgan.
Zero, jinsiy aloqaga behad ruju qo‘yishning salbiy jihatlari ham ko‘p. Masalan, ayrim g‘arb olimlari o‘z ayoliga xiyonat qilishga odatlangan erkaklarning aksariyati go‘yoki kuchli jinsiy quvvatga ega bo‘lishlarini iddao etishadi. Lekin aynan o‘sha zinokor toifalarda infarkt va insultdan vafot etish xavfi boshqalarga nisbatan 3-3,5 marotaba yuqoriligi allaqachon o‘z ilmiy isbotini topgan.”
Saytimiz foydalanuvchilarning ko‘plab so‘rovlari, aynan jinsiy hayot va jinsiy aloqa haqida bo‘lmoqda. Shuni inobatga olgan holatda bugun imkon qadar ba’zi savollarga quyidagi maqolamiz orqali oydinlik kiritib o‘tamiz.
Ko‘pchilik erkaklar seksual faolligining eng yuqori darjasiga 20 yoshda erishadilar. Bu davrda eng asosiy xususiyatlardan biri erkakning jinsiy aloqa vaqtida tez bo‘shalishidir. Keyingi ereksiya birinchisidan bir oz vaqt o‘tgach boshlanadi. Erkakning yosh o‘tgan sari ereksiyaga erishish uchun ko‘proq vaqt kerak bo‘la boshlaydi. Va bo‘shalish vaqti ham shunga mos ravishda oshib boradi. Ko‘pchilik erkaklar o‘ziga bo‘lgan ishonch va tajriba oqibatida o‘zi uchun ham jinsiy sherigi uchun ham birdek jinsiy lazzat baxsh eta olishadi. Biroq ba’zi erkaklar Yoshi oshgan sari o‘zlarining jinsiy imkoniyatlaridan xavotirlanishadi. Bu xavotirga esa 20-30 yil oldingi jinsiy faollik bilan hozirgi holatini solishtirish sabab bo‘ladi. Avvallari jinsiy muammolardan aziyat chekkan erkaklar yetuklik vaqtlarini jinsiy hayotdan uzoqroqda o‘tqazishadi. Agarda erkak ham ayol ham jinsiy aloqasiz o‘zlarini baxtli his qilishsa, bu holat seksologlar fikricha xavotirli emas. Agar faollikning pasayishi juftlardan birida qoniqmaslikni yuzaga keltirsa, seksologga murojaat qilish lozim.
Seksual muammolarning asosiy sabablaridan biri bu yuqorida ham ta'kidlab o‘tganimizdek, jinsiy juftlikning yoki ulardan birining turli holat va muammolardan xavotirlanishidir. Masalan, jinsiy a’zolarning holatidan (uzun-kaltaligidan, ingichka-yo‘g‘onligidan va hokazolar), tez bo‘shalishdan, holsizlanib qolishdan, jinsiy tajribasizlikdan, bu borada bilimi yo‘qligidan xavotirlanish ko‘p uchraydi. Bu muammolar ko‘pgina erkaklarni, ayniqsa ilk jinsiy aloqaga kirishayotgan vaqtlarida juda bezovta qiladi. Tajribali erkaklarni ham o‘ziga xos seksologik muammolar ba’zi-ba’zida bezovta qilib turadi. Bunday muammolarning asosiysi jinsiy aloqa uchun qulay sharoitning bo‘lmasligidir (ayniqsa, ko‘p farzandli oilalarda!). Va o‘z-o‘zidan uchrab turuvchi jinsiy sovuqqonlik ham asosiy muammolardandir. Jinsiy sovuqqonlikka uzoq vaqtli charchoq, uyqusizlik, surunkali ochlik, turli shamollashlar, gormonal o‘zgarishlar sabab bo‘ladi. Bunday vaqtda jinsiy sherikning sovuqqonligi yo‘qolguncha kutgan ma’qul. Agar jinsiy sovuqqonlik juda uzoq vaqt davom etsa, shifokor seksopatolog ko‘rigiga borishni tavsiya etamiz.
Ilk jinsiy aloqaga kirishayotgan erkaklarda uchraydigan tabiiy savollarni yuqorida yodga olib o‘tgan edik. Endi esa ularga tibbiy jihatdan yondashib javob beramiz. Birinchi so‘rovlardan biri - “Jinsiy olatim aloqa uchun kichiklik qilmaydimi?!”. Xo‘sh, haqiqatan ham jinsiy aloqaning qoniqarli darajada bo‘lishi uchun jinsiy olat uzunligi qancha bo‘lishi kerak?! Bu savolga ko‘gina androlog, seksolog shifokorlar, jinsiy aloqaning ikkala jins uchun ham qoniqarli bo‘lishi uchun ereksiyalangan 8 sm li jinsiy olatning yetarliligini ta’kidlashadi. Lekin jinsiy aloqa qoniqarli bo‘lishi uchun eng muhimi olatning uzun yoki yo‘g‘onligi emas. Balki jinsiy aloqadan oldin jinsiy sheriklarning uyushtiradigan o‘zaro tadbirlaridir. Masalan, erkalashlar, massaj, yoqimli hislar, yoqimli xotiralar, takrorlanmas harakatlar va hokazolar.
Yuqorida sanab o‘tgan odatlar sabab jinsiy zaiflikdan aziyat chekib yurganlar juda ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bulardan voz kechmasdan turib tibbiyot va tabobat yo‘llari bilan jinsiy faollikni oshirish uchun har qancha harakat qilinmasin, kelib chiqish sababi bartaraf qilinmas ekan, urinishlar samarasiz ketaveradi.
Ko‘pchilik jinsiy faol bo‘lish uchun ko‘p yeyish kerak deb o‘ylaydi. Aslida, foydali mahsulotlarni to‘g‘ri va meyorida iste’mol qilishning o‘zi kifoya. Ko‘pchilik go‘sht mahsulotlarini meyoridan ortiq iste’mol qilib, o‘simlik dunyosidan olingan foydali maxsulotlarni unutib qo‘yib adashadi. Jinsiy faol bo‘lish uchun jonliqlardan tayorlangan taomlardan ko‘ra, ko‘proq o‘simlik dunyosidan olingan mahsulotlarni iste’mol qilish maqsadga muvofiq. Shu bilan birga, go‘sht va sut mahsulotlari ovqatlanish ratsionimizning 1/3 qismini tashkil etmog‘i lozim.
Ovqatdan keyin kofe, shirinliklar va achchiq choyni iste’mol qilish — yegan mahsulotlarimizdagi foydali vitaminlarning tanamizga so‘rilmasligi, natijada jinsiy quvvatning zaiflashishiga ham olib kelishi mumkin. Aksincha, tartibli ovqatlanish bilan jinsiy faollikni sezilarli darajada oshishi kuzatishlar davomida aniqlangan.
Ertalab uyg‘onganda, inson tanasi vitamin va uglevodlarga «tashna» bo‘ladi. Nonushtaga guruchli ovqat iste’mol qilish, ayniqsa, guruchni qaynatib yeyish juda foydalidir.
Ushbu mahsulotlarni imkon qadar ko‘proq va asosiysi, har kuni iste’mol qilib turish lozim.
Yuqoridagi maslahatlar bajarilganda, jinsiy faollik oshish bilan birga, prostata bezi shamollashlari ham sekin-astalik bilan yo‘qolib boradi. Shuningdek erkak urug‘ining sifati oshib, sog‘lom farzandning dunyoga kelishiga sabab bo‘ladi. Farzandsizlik dardida yurgan yosh yigitlarni esa bu muammodan xalos qilishi mumkin.
Xulosa
Jinsiy faollik uchun sport va to‘g‘ri ovqatlanish bir maromda olib borish lozim. Inson yaxshi ovqatlanib turib kamharakat bo‘lsa, ortiqcha vazn, quvvatsiz mushaklar va boshqa kasalliklar bilan birga, jinsiy zaiflik ham rivojlanadi. Aksincha, yaxshi ovqatlanmasdan turib, sport bilan shug‘ullanish ham inson salomatligi va jinsiy hayoti uchun zararlidir. Ikkalasini bir meyorida, taningiz imkoniyatiga moslashtirib bajarish — eng to‘g‘ri yo‘l. Meyorni esa, har kim o‘zi uchun belgilab olgani ma’qul.
Garchi ushbu maqola yigitlar uchun bitilgandek ko‘rinsada, yuqoridagi maslahatlardan ayollar ham bemalol foydalanishlari mumkin.
Ushbu maqolani ham o‘qing:Qovushishning qoidasi bormi?
Jigar sirrozi dunyo bo‘yicha erkaklarda ko‘proq uchrayotgan kasallik bo‘lib, u turli sabablar natijasida rivojlanishi mumkin.
Ushbu og‘ir xastalikning rivojlanishida asosiy omillardan biri sifatida gemokontakt yo‘l bilan (qon orqali) yuqadigan B, C va D virusli gepatitlarni ko‘rsatish zarur. Jigar sirrozi surunkali B, C va D virusli gepatitlarning oxirgi bosqichi sifatida rivojlanadi. Shuning uchun bugungi kungacha virus tabiatli gepatitlar yer yuzida keng tarqalganligi, surunkali kechishga moyilligi va jigar sirrozi hamda uning saratoni kabi asoratlar bilan yakunlanishi mumkinligi bois ular jahon tibbiyotining muhim muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Bemor virusli gepatit bilan og‘rigan holda spirtli ichimliklarga ruju qo‘yishi ham ushbu kasallik sabablaridan biri hisoblanadi. Bundan tashqari zaharli kimyoviy moddalar bilan uzoq yillar davomida zaharlanish, gepatotoksik ya’ni, jigarga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan dori moddalar ta’sirida jigarning zararlanishi, organizmdagi immunologik o‘zgarishlar bilan kechadigan autoimmun gepatit, moddalar almashinuvining buzilishi, steatoz (gepatoz – jigarning yog‘ qoplashi) va jigarga salbiy ta’sir qiluvchi boshqa omillar ham sirroz rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Yurak yetishmovchiligi natijasida kuzatiladigan jigar sirrozlari ham mavjud. Yana ushbu kasallik kelib chiqishida (kam miqdorda) irsiy moyillik borligi ham ilmiy adabiyotlarda bayon etilgan.
Kasallikka sabab bo‘lgan omillar aniqlanmagan jigar sirrozlari «kriptogen» ya’ni, «sababi noma’lum jigar sirrozlari» deb yuritiladi. Kasallikning rivojlanish mexanizmini quyidagicha tushuntirish mumkin: jigar hujayralari zararlanganda ularning o‘rniga yangilari hosil bo‘ladi. Zararlangan hujayra qayta tiklana olmasa yoki uning o‘rniga yangi hujayralar hosil bo‘lmasa, shu a’zo o‘zidagi jarohatni boshqa sog‘lom hujayralarga tarqalmasligi ya’ni, shu kasal hujayrani boshqa sog‘lom hujayralardan ajratib qo‘yish uchun kollagen tolalar ishlab chiqaradi. Hujayra nobud bo‘lgan bo‘lsa, uning o‘rnini ham kollagen tolalar bilan to‘ldiradi. Bu organizmning o‘zini-o‘zi himoya qilish reaksiyasidir. Lekin bu tolalar vaqt o‘tib borishi bilan sekin-asta biriktiruvchi to‘qimalarga ya’ni, chandiqqa aylana boradi. Chandiqlar qanchalik ko‘p joyni egallasa, mazkur a’zo o‘z vazifalarini bajarishda shunchalik qiynaladi.
Jigar sirrozi belgilari
Kasallikning klinik belgilariga kelsak, xastalik alomatlari uning qaysi omillar ta’sirida rivojlanganligiga bog‘liq emas. Kasallik belgilari sirrozning bosqichlariga bog‘liq. Shuni ham unutmasligimiz zarurki, 12 foiz hollarda jigar sirrozi belgilarsiz kechishi mumkin. Bu ayniqsa, surunkali alkogolizm aniqlangan kishilarda ko‘proq uchraydi.
Sirrozning dastlabki bosqichida kasallik alomatlari aniq namoyon bo‘lmasligi mumkin. Dardning aynan shu bosqichida kasallik sabablarini bartaraf etish orqali jigarning sog‘lom hujayralarini saqlab qolish va uzoq muddat sog‘lom hayot kechirish mumkin. Qorinning kattalashishi (qorinda suyuqlik – assit yig‘ilishi sababli), ozib ketish, kuchli holsizlik, ta’sirchanlik, kayfiyatning tez o‘zgarishi, ishtahaning kamayishi, burun va milklarning qonashi sirrozning keyingi bosqichlarga o‘tganligidan darak beradi.
[caption id="attachment_10928" align="aligncenter" width="632"] Foto: www.mayoclinic.org[/caption]
Jigar sirrozi bilan og‘rigan bemorlar odatda kuchli holsizlanish, ozib ketish, es-hushning o‘zgarishi (e’tiborni jamlash xususiyatining kamayishi, kunduz kunlari ko‘p uxlab, tunda uyquning buzilishi), ishtahaning kamayishi, qorinning shishi hisobiga to‘yib qolish hissi, sariqlik (teri va ko‘z pardasining sarg‘ayishi, peshobning to‘q sariq rangda bo‘lishi), terining qichishishi, qorin sohasida og‘riq kuzatilishi mumkin. Taloqning kattalashishi, oyoqlarda shish paydo bo‘lishi, nafas yo‘llarining yallig‘lanishi kabi bakterial infeksiyalarning tez-tez takrorlanib turishi, ko‘ngil aynishi, qusish, o‘t kislotalarining ta’siri natijasida terining qichishishi kabi o‘ziga xos alomatlar jigar va boshqa a’zolardagi patologik jarayonning rivojlanishda davom etayotganligini bildiradi.
Jigar sirrozi asoratlari
Kasallikning asoratlariga keladigan bo‘lsak, sirrozda jigar komasi(bir necha soatdan bir necha kungacha davom etadigan behushlik) va qizilo‘ngachning kengaygan vena tomirlaridan qon ketishi o‘lim holatlarining asosiy sabablaridan hisoblanadi. Ayrim hollarda jigar sirrozi bu a’zo saratoniga o‘tish ehtimoli yuqori.
Sirroz so‘zi grek tilida «kirros» – «malla, qizg‘ish, sariq» degan ma’nolarni anglatadi. Bu iborani fanga R.Laennek kiritgan. Bunda jigar tuzilishida o‘ziga xos o‘zgarishlar kuzatiladi ya’ni, jigar qattiq, g‘adir-budur, sariq rangdagi ko‘rinishda bo‘ladi. Sirroz – tarqoq jarayon bo‘lib, jigar hujayralari – gepatotsitlarning nobud bo‘lishi natijasida paydo bo‘ladi. Nekrozga uchragan jigar hujayralari dastlab to‘liq tiklanishi mumkin. Lekin sirrozning keyingi bosqichlarida buning aksi kuzatiladi.
Jigarning umumiy holati. Sirrozning ilk davrlarida diagnoz qo‘yish ancha mushkul. Chunki jigarda ko‘zga tashlanadigan o‘zgarishlar ko‘rinmaydi. Birinchi navbatda jigarni UTT tekshiruvi o‘tkaziladi, bu usul orqali jigarning kattaligi, qirralari va yuzasi, to‘qima tuzilishi kabi xususiyatlari o‘rganiladi. Bu usulda steatoz va surunkali gepatit kabi sirrozga sabab bo‘ladigan kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash mumkin. Qorin bo‘shlig‘I tomirlar tizimini doplerografiya qilinadi, ular kengayganligini aniqlash maqsadida. Bu bilan portal venaning holati baholanadi.
Sirroz sababini aniqlash. Birinchi navbatda virusli gepatit B va C ni aniqlash uchun tekshiruv o‘tkaziladi, chunki ular sirroz chaqiruvchi eng asosiy omillardir. Agar virus inkor qilinsa nasliy kasalliklar, autoimmun ko‘rsatkich, jigarning alkogol kasalligi, noalkogol kasalligi va jigarning toksik zaharlanishi tekshiriladi.
Jigar hujayralarining struktur va funksional holatini qon bioximik analizida aniqlanadi. (ALT,ACT, bilirubin, ishqoriy fosfotaza, oqsil fraksiyalari), shu bilan birga qonning umumiy analizi va koagullogrammada qon ivish xossasi tekshiriladi.
Tashxisni aniq va ravshanlashtirish uchun zamonaviy usullardan foydalaniladi (bu usullar noinvaziv): elstometriya (elastografiya) – jigar fibrozlanish bosqichini aniqlab beradi. Usul Fibroskan, Fibrotes, FibroMaks yordamida apparatida aniqlanadi. Jigarning zararlanishi darajalarda baholanadi: 0 dan 4 gacha; (0 – sog‘lom jigar; 4 – sirroz).
[caption id="attachment_10929" align="aligncenter" width="1024"] FibroScan qurilmasi / Foto: www.elastometria.ru[/caption]
Sirrozning og‘irlik darajasi Chayl-Pyu shkalasi bo‘yicha aniqlanadi. Bunda klinik laborator ko‘rsatkichlar ya’ni qonda bilirubin, albumin, protrombin indeksini tekshirgan holda. Sirrozning faol va nofaol, kompensirlangan va dekompersirlangan turlari farqlanadi. Dekompersirlangan jigar sirrozida portal gipertenziya bo‘lishi, assit, oshqozon-ichakdan qon ketishi kuzatiladi.
Jigar sirrozini davolash
Jigar sirrozini zamonaviy davolash quyidagi tamoyillar asosida olib boriladi: etiologik (kasallik sababini bartaraf etish yoki kamaytirish), patologik jarayonni rivojlanishini ta’minlaydigan omillarga ta’sir qilish, jigar vazifalarining o‘zgarishi bilan bog‘liq ravishda yuzaga kelgan jarayonlarni korreksiya qilish, og‘riqli belgilarning darajasini kamaytirish va asoratlarini davolash hamda oldini olishdan iborat. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, mazkur kasallikda organizmning boshqa a’zolarida ham o‘zgarishlar bo‘lishini e’tiborga olgan holda kompleks davo choralari amalga oshiriladi.
Davo rejasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: ovqatlanish rejimi, medikamentlar bilan, profilaktika va asoratlarni davolash. Davo natijasi va prognozi kasallikning og‘irlik darajasiga bog‘liq.
Kompensirlangan jigar sirrozida gepatotsitlar funksional holati saqlangan, portal gipertenziya alomatlari yo‘q. sirrozning bu ko‘rinishida kasallik sababi aniqlanadi va asosiy sababga maxsus davo choralari ko‘riladi. Bundan tashqari psixik va jismoniy yuklamalarni kamaytirish kerak.
Agar jigar sirrozining sababi virusli gepatit B va C bo‘lsa, virusga qarshi, shu bilan bir qatorda fibrozlanish va sirrozlanish protsessiga ham qarshi kurashiladi.
Alkogolli sirrozda gepatoprotektorlardan foydalaniladi va alkogoldan qat’iy voz kechish kasallikni nafaqat to‘xtatadi, balki fibrozlanishni ham sekinlashtiradi.
Noalkogol jigarning yog‘li kasalligida ovqatlanish rejimiga rioya etiladi va shu bilan birga medikoment davo ham tavsiya etiladi. Gormonal disbalanslar ham bartaraf etiladi. Jigarning funksional holati, hujayralar hayotiy faoliyati ham tiklanishi mumkin.
Jigarning dekompensatsiyalangan bosqichidagi kasallarga parhez rejimi, medikamentoz davo va laproskopik va xirurgik davo ham qo‘llaniladi.
Dekompensirlangan sirroz og‘ir asoratlar bilan birga keladi: portal gipertenziya, taloqning kattalashishi, qizilo‘ngach va oshqozon kengaygan venalaridan qon ketish, qorin bo‘shlig‘ida erkin suyuqlik to‘planishi – assit bilan birga keladi.
Portal gipertenziyada bir qator dori preparatlari qo‘llaniladi: vazodilatatorlar va vazokonstriktorlar. Assitda davo rejasi erkin suyuqlikni siydik haydovchi preparatlar va tuzsiz diyetalar yordamida organizmdan chiqarib yuborishdir.
Sirrozning terminal bosqichlarida bemor hayotini faqatgina jigar ko‘chirib o‘tqazishgina saqlab qoladi.
Bu dard bilan og‘rigan bemorlar doimo shifokorlar nazoratida bo‘lishlari shart. Shuningdek, ular parhezga qa’tiy amal qilishlari kerak.
Jigar sirrozida parhez
Jigar sirrozida tuzi yo‘q ovqatlar buyuriladi, kaliyga boy mahsulotlar beriladi.
Ovqat tarkibi asosan oqsil, yog‘, uglevod, suv minerallar moddalar va vitaminlar qat’iy balans tartibida buyuriladi. Oqsil, yog‘ va uglevodlar nisbati 1:1:4 (ketma ketlikda) bo‘lishi kerak.
Hayvon oqsillari umumiy oqsilning 60 %ini tashkil etishi kerak. Umumiy yog‘larning 20-25 % ini o‘simlik moylari tashkil etishi muhimdir. Uglevodlar tarkibi kraxmal, glukoza, kletchatka va pectin bilan o‘lchanadi. Glukoza mevalar, asal, sut maxsulotlari bilan qabul qilinishi kerak. Vitamin va mineral moddalar sutkalik miqdorda tushib turishi zarur.
Achchiq, sho‘r, qovurilgan va qiyin hazm bo‘ladigan ovqatlarni iste’mol qilish ta’qiqlanadi. Spirtli ichimliklar ichish umuman man etiladi. Chunki, spirt jigar hujayralaridagi tiklanish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va patologik jarayonning yanada chuqurlashishiga sabab bo‘ladi.
Jigar to‘qimasida shakllangan chandiq hujayralarni davolashdan ko‘ra, kasallikning oldini olgan afzal. Har bir inson o‘z sog‘ligi haqida o‘zi qayg‘urishi zarur. B gepatitga qarshi emlanish kabi tadbirlar jigar sirrozi rivojlanishining oldini oladi.
Ovqatlanish vaqti
Sog‘lom odam uchun bir kunda 3-4 marta ovqatlanish norma bo‘lsa, sirrozlarda 5-6 marta yengil ovqatlanish tavsiya etiladi.
Jigar sirrozi profilaktikasi
Jigar sirrozini oldini olish uchun birinchi navbatda virusli gepatit va alkogolizmdan saqlanish kerak. Kasallikni vaqtida aniqlash va to‘g‘ri davo choralari ham kasallikning rivojlanib ketishining oldini oladi. Sirroz uzoq muddat davomida kelib chiqadigan kasallikdir, uni o‘z vqatida aniqlasa va butunlay davolasa ham bo‘ladi.
Jigar kasalligidan shikoyati bor bemorlar alkogoldan voz kechish, dorilarni ehtiyotkorlik bilan qabul qilish, jigarga zaharli ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar bilan ishlaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur.
Ovqat tarkibidagi osh tuzi miqdorini kamaytirish, non, kolbasa, pishloq va tarkibida osh tuzi ko‘p bo‘lgan mahsulotlarni kam iste’mol qilish kerak. Kasallik kuchayganda 3 kunga guruch, sabzavotli parhez tavsiya etiladi (qaynatilgan guruch, meva sharbati yoki kompot, sabzavotli salat bilan). So‘ngra odatdagi ratsionga o‘tiladi va unga kartoshka, yog‘siz tvorog ham qo‘shiladi. Sut kuniga 1\4 litr ichilishi kerak.
Konservalar, shokolad, mayonez, ketchup va boshqalarni iste’mol qilish man qilinadi. Ovqatlanish sonini ko‘paytirib, miqdorini kamaytirish muhim o‘rin tutadi. Shifokor belgilagan laktoza va boshqa moddalarni doimo iste’mol qilish kerak. Najas kuniga 2-3 marta kelishi kerak. Bosh miya funksiyasi buzilganda yoki qon ketishlarda oqsilni qabul qilish miqdorini kamaytirish zarur.
– Bu xol aslida vaginizmdeb ataladi. Ya’ni, ba’zi bir onalar qizlarini uyatchan va iboli qilib tarbiyalamoqchi bo‘ladilaru, lekin ko‘pincha qosh qo‘yaman, deb ko‘z chiqaradilar. Natijada qizlarda erkak zotiga nafrat paydo bo‘ladi, qizlar voyaga etgani sayin o‘sha nafrat yanada kuchayaveradi. Mana shu narsa nikohdan keyingi jinsiy hayotni mushkullashtiradi. Bir voqeani aytay. Yigirma besh yoshli S. ismli qiz turmush qurganiga sakkiz oy bo‘lsada, kuyovni yaqiniga yo‘latmagan. Otasi tez-tez ichib uyga mast holda kelgani onasi bilan doim janjallashgani bois qiz erkaklarni yomon ko‘rib qolgan. Hatto turmushga chiqishga xohishi bo‘lmagan. Qarindoshlarining qistovi bilan nikohga rozilik bergan. Biroq kechalari kuyovga jon-jahdi bilan qarshilik qilgan. Shu tufayli, qizning jinsiy a’zolari, son va qorin devori mushaklari qisqarib ketgan… Tibbiy tekshiruvda bu qizga "vaginizmning ikkinchi bosqichi” deb tashxis qo‘yilgan. Demak, muhtarama onalarimiz qizlarni jinsiy tarbiya sirlaridan asta-sekin ogoh etib borishlari kerak. Ya’ni o‘z hayosini saqlagan holda erkak zotiga hurmat va mehr bilan qarashga o‘rganganlari ma’qul. Ana shunda ko‘ngil xiraliklar yuz bermaydi.
Behayoliklar girdobida qoldim
Bir jurnal qo‘limga tushib qoldi. Uning hamma varaqlarida erkak va ayolning behayo munosabatlari tasvirlangan edi. Bu menga qattiq ta’sir qildi. o‘shandan beri yursam ham, tursam ham haligi shahvoniy manzaralar hech xayolimdan ketmaydi. Shunaqa holatlarni hatto tushimda ham ko‘radigan bo‘lib qoldim. Ahvolimni hech kimga aytolmayman. Bu kasallikmi? Undan qanday qutulsa bo‘ladi?Aziza, 16yosh.
Toki, kuchli ishtiyoqqa aylanmasin
– «Vizionizm»deb ataladigan kasallik bor. Pornografik suratlar va kinolarni tomosha qilib, so‘ng ko‘rgan manzaralarini o‘ylab yurishadi. Bu yoqimli bo‘lib tuyuladi. Ayanchlisi, shundan boshqa hech narsa ularni qiziqtirmay qo‘yadi. Vizionizm bugunga kelib o‘g‘il bolalarning 33 foizida, qizlarning 18,5 foizida uchraydi. Maktub egasiga maslahatimiz shunday: kasallik rivojlanib, kuchli ishtiyoqqa aylanmasidan avval o‘zingizni uy yumushlari yoki darslik topshiriqlari bilan chalg‘iting. Ko‘proq tabiat qo‘ynida sayr qiling, ziyoli do‘stlaringiz suhbatlaridan bahramand bo‘ling. Tarixiy filmlarni ko‘rish yoki qiziqarli kitobni o‘qishingiz ham mumkin. Agar bu narsalarning hech biri sizga yordam bermasa, psixolog shifokorga murojaat etishingizga to‘g‘ri keladi.
Nega og‘riq bo‘ladi?
Bir yigitni yoqtirib, unga turmushga chiqdim. Lekin to‘ydan keyingi har bir oqshom men uchun bitmas-tuganmas azobga aylandi. Negadeysizmi? qovushish paytida qattiq og‘rikdan "dod” deb yuborgim keladi. Mana bir yarim oydan beri shu ahvol. Birovga aytishga uyalaman. Nega shunday bo‘larkin? Sabo,19yoshdaman.
Sababini aniqlash zarur!
– Qovushish paytida ayol jinsiy a’zosida og‘riq bo‘lishiga bir qancha sabablar bor. Ayrim hollarda (masalan, ayol birdaniga ozib ketganda, muntazam ravishda og‘ir yuk ko‘targanda, surunkali kasalliklar bilan og‘riganda yoki immuniteti susayib holsizlanganda) bachadon bo‘yni o‘z o‘rnidan sal chetga siljishi mumkin. Natijada yaqinlashuv paytida og‘riq turadi. Ayol organizmida gormonal buzilishlar ro‘y bersa, ya’ni jinsiy gormonlar etarli darajada ishlab chiqarilmasa, qovushishdan oldin jinsiy a’zodan shilliq ajralmaydi va qin namlanmasdan quruqligicha qoladi. Oqibatda yaqinlik kuchli og‘riqni qo‘zg‘atadi. Shuningdek jinsiy a’zoda arzimas shikastlanish, yorilish va tirnalishlar bo‘lganda ham qovushish chog‘ida og‘riqni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari disbakterioz, kolit singari ichak xastaliklarining xuruji boshlanayotganda jinsiy aloqa og‘riq bilan o‘tadi. Shuning uchun, eng yaxshisi ginekolog-shifokorga uchrab, og‘riqning aniq sababini bilish va zarur muolajalarni olish kerak.
Qovushishning qoidasi bormi?
Yangi kelinman, umr yo‘ldoshimga endigina o‘rganayapman. Ammo uning ba’zi odatlari ko‘nglimni xijil qilmoqda. Mening istak-xohishim, kayfiyatim bilan hisoblashmasdan, hatto sog‘lig‘im bilan qiziqmay qovushishga undayverishi to‘g‘rimi, axir? Jinsiy hayotning ham o‘z qoidalari bordir. Shu haqda bilgim keladi. Zarifa, 20 yoshda.
Juftingizda mayl uyg‘oting
– Jinsiy yaqinlaShuv o‘zaro kelin-kuyovning xohish-mayli bilan amalga oshirilgandagina har ikki tomon bundan to‘la-to‘kis huzur-halovat topadi. Ayniqsa, «ilk visoldan» keyingi uch yoki besh kunlik "tiyilish” kelinchakning jinsiy a’zosidagi jarohat izlari bitishiga yordam beradi. Xo‘sh, qovushishning qanday qoidalari bor? Masalan, o‘ta to‘yib ovqatlangandan so‘ng yoki juda och qolgan paytda jinsiy yaqinlik qilinsa, ichaklar faoliyatiga putur etadi. Zo‘riqtiruvchi jismoniy va aqliy mehnatdan keyin ham jimoga kirishish zararli. Avtomobil yoki poezdda qovushishdan ehtiyot bo‘ling, bu noqulay holatda albatta jarohat olishingiz mumkin. Kimningdir biror joyi og‘rib turganda yoki isitmalaganda qilingan yaqinlik umuman huzur-halovat bag‘ishlamaydi, balki bemor uchun zararli hisoblanadi. Kuyov Shuni unutmasligi kerakki, kelinchak jinsiy yaqinlikka tayyor bo‘lmasa, u qovushishdan lazzatlanmaydi, natijada asabi zo‘riqadi, umr yo‘ldoshidan ko‘ngli qoladi, hatto bu hol uning jinsiy a’zolaridagi qon aylanish tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayol nafaqat ruhan, balki jismonan ham shikastlanadi.
O‘sha tunni unutolmayman…
To‘y kechasi turmush o‘rtog‘im tomonidan qo‘pollik bilan qilingan jinsiy munosabat qurboni bo‘lganman. Ko‘p qon yo‘qotib o‘sha kechaning o‘zidayoq shifoxonaga tushdim. Bir hafta davolanib oilamga qaytdim. Juftingiz faqat o‘z hirsini o‘ylab noto‘g‘ri xatti-harakatlar qilsa, bezib qolarkansan kishi. Avvaliga qo‘rqib aytganlariga ko‘ngan bo‘lsam, keyinchalik undan shunchalar sovib ketdimki, ko‘p o‘tmay ajralishdik. Nima uchun ba’zi yigitlar juftiga bu qadar qo‘pol munosabatda bo‘larkin-a? Jinsiy madaniyat, mehr-muhabbat va umr yo‘ldoshini asrab-avaylash kabi fazilatlardan bexabarmi ular? Yigitlarga mutaxassis tomonidan eng zarur maslahatlar berilishini istayman, toki qizlar nikoh tunida men kabi qiynoq girdobida qolishmasin.Zahro, 19yoshda.
Ayol «qulog‘i» bilan sevadi
– Er-xotin jinsiy qobiliyatining darajasi muhim ahamiyatga ega. Erkakning «mayli» uning ko‘ruv a’zosida, ayolning seksualligi esa eshituv a’zosida mujassamlashgan. Ya’ni kuyov ayolining husni-malohatiga maftun bo‘lsa, kelinchak qallig‘ining shirin so‘zlari va erkalashlaridan rohatlanadi. Agar kuyov to‘y kechasi ichkilik ichib yoki jinsiy tarbiyadan bexabar holda kelinchakka qo‘pol munosabatda bo‘lsa, bunda kelinchak faqat azob chekadi, hatto qon ketishi ham mumkin. Kelinchak hayz ko‘rgan bo‘lsa, jinsiy aloqa qilmaslik kerak, aks holda bu gigiyenaga zid hisoblanib, bachadonga infeksiya tushishi mumkin. Xullas, visol kechalari xavotirlarga barham berish uchun kuyov kelinchakni ko‘proq sevib erkalashi, unda mayl uyg‘onishini kutishi, sabr-toqatli bo‘lishi lozim. "Ayol qulog‘i bilan sevadi” degan hikmatni unutmang.
Jinsiy tarbiya borasida ota-onalarga maslahatlar
Qachonki, oilada jinsiy jihatdan to‘g‘ri tarbiya berilmas ekan, o‘smirlar ruhiyati va organizmida jinsiy hayotga oid turli buzilishlar kelib chiqishi ehtimoldan holi emas. Buning oxiri xayrli kechmaydi, balki yosh oila hayoti ilk kunlardanoq iztirob va tashvishlar iskanjasida qoladi. har ikkala tomonning bir biridan ko‘ngli to‘lmaydi. Shunday ekan, yoshlarning jinsiy tarbiyasida hushyor va sergak bo‘lganimiz ma’qul. O‘smirlik yoshida endokrin bezlar va jinsiy bezlar faoliyati kuchayadi, jinsiy mayl uyg‘ona boshlaydi. Bu vaqtda qizlarni hayz ko‘rishga tayyorlash, o‘g‘il bolalarda esa ihtilom (bulg‘anib qolish)ning tabiiy hol ekanligini aytish lozim. O‘g‘illarga ayol zotiga hurmat bilan qarashni, sabrli bo‘lishni o‘rgating. Qizlarga bokiralik va iffatni saqlashning mazmun mohiyatini tushuntiring. Asosiysi, har bir qiz yoki yigit jinsiy hayot xususida to‘g‘ri tasavvurlarga ega bo‘lsin va o‘zlaridagi shahvoniy his-tuyg‘ularni ongli ravishda jilovlasin.
Quyidagi usullari mavjud:
Ikkita ahamiyatli holat bor. Birinchisi avvalo pozitsiya (jinsiy aloqadagi erkakning holati). Erkakning pastda harakatsiz bo‘lgan holati eng kechiktiradigan pozitsiyadir. Erkak yuqoriga qarab yotadi o‘zini bo‘shashtiradi, mushaklarni erkin qo‘yib kuchanmaydi, ayol erkak ustida bo‘ladi va juda sekin sekin xarakatlar bilan aloqani davom ettiradi.
Ikkinchisi nazorat (kontrol) irodasini rivojlantirishdir. Bo‘shalishga yaqin diqqatini boshqa narsalarga chalg‘itish. Ayniqsa ayoli erkakning jinsiy qo‘zg‘atuvchi joylariga tegmasligi kerak bo‘ladi. Va jinsiy hoxish uyg‘otadigan nuqtalarga ham tegmasligi kerak. Yoki qo‘zg‘alishni susaytiradigan pozitsiyaga almashtirish kerak bo‘ladi.
Bu holatda ba’zi erkaklar ishlari haqida yoki kelgusi rejalarini o‘ylaganliklarini aytishadi. Lekin fikrni boshqa tarafga chalg‘itish jinsiy aloqadan olinadigan lazzatni susaytirishi mumkin. Shuning uchun nafas kontroli ham tavsiya qilinadi, ya’ni chuqur nafas olib 2-5soniya ushlab turib sekin chiqarish ham foydali bo‘ladi. Ko‘zlarni yarim ochiq holda bir nuqtaga termulib turish ham tavsiya etiladi.
Chuqur nafas olgach chiqarmasdan turib oldinga sal egilinsa qovuq va prostata ustidagi bosimni orttirib parasimpatik nerv tizimini qo‘zg‘atib eyakulyatsiyani kechiktirish mumkin. Eng katta foyda tegadigan usuldir bo‘lib bir paytda siydikni tutish uchun qilinidigan xarakatlardan orqa peshob mushaklarini qattiq qisish ham mumkin.
Bu harakatlarni boshida bajarish biroz mushkul tuyulishi mumkin. Lekin vaqt o‘tishi bilan odatlanilsa va jinsiy aloqa vaqtini uzatayotganini his qilaboshlanishi bilan odatiy holga aylanib boradi. Unutmaslik kerakki bu mashqlar bilan nazorat irodasini shakllantiriladi. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki juda qattiq berilib ketib jinsiy aloqani lazzatini buzish kerak emas.
Masters va Johnson tomonidan ishlab chiqilgan. Erkak kishi yaxshilab qo‘zg‘atilinib bo‘shalish boshlanishi bilan jinsiy olatni, penisni, boshini qattiq siqib bo‘shalish refleksini susaytirishga qaratilgandir. Bu yerda e’tiborni boshqa tarafga emas aynan qo‘zg‘atuvchi nuqtaga qaratilganligi bilan boshqa usullardan farq qiladi.
Natijada erkak normal jinsiy aloqada qachon bo‘shalib ketishini bilib oladi va jinsiy aloqada qachon nazorat qilish kerakligini bilib oladi. Lekin bu mashqni penis vaginaga kirgizmasdan qo‘l bilan qo‘zg‘atilishi kerak. Buni ayol kishi ham qilsa bo‘laveradi yoki erkak kishi masturbatsiya qilsa ham bo‘ladi bo‘shalish boshlanishi bilan boshini bosildi. 10-20 sekund mobaynida turiladi. Biroz og‘riq bo‘lishi mumkin lekin zarar beradigan shaklda bosish kerak emas. Bu paytda ereksiya ham biroz susayadi. 30 sekunddan keyin mashq qaytalash kerak. 3-4 marotaba qilish mumkin. Bir necha kundan so‘ng foydasi seziladi.
Boshla -To‘xta (START-STOP) mashqi
Jinsiy aloqa paytida bo‘shalish hissi kelishi bilan toki bo‘shalish hissi yo‘qolguncha to‘xtashdir. Hissi o‘tib ketgach yana aloqaga davom etiladi. 3 marta qaytargach keyin bo‘shalish mumkin. Bir necha kunda foydasi seziladi. Bajarish uchun ayol kishi ham albatta tushingan holda yordamlashishi kerak bo‘ladi.
Farmakologik davolash
Dori vositalari yordamida 10minutgacha uzaytirish mumkin. Mahaliy kremlar foydasi kamroq kutilmagan nojo‘ya ta’sirlari mavjud. Selektiv serotonin qayta so‘rilishini ingibitorlari (SSRI; Selektif serotonin re-uptake inhibitörleri) hozirgi kunda turli dozalash tartiblarida berilmoqda. Lekin bu dorilarni qabul qilishda yetarli tajribaga ega bo‘lgan shifokor nazoratida turish shart chunki kutilmagan nojo‘ya ta’sirlari mavjuddir.
Operativ davolash
Juda kamdan kam bemorlarga tavsiya qilinsa ham jinsiy olat boshchasini sezuvchanligini pasaytirish maqsadida mikrojarrohlik usulida bajariladi. Nojo‘ya ta’sirlarini oldindan shifokordan so‘rab olish kerak va foydali bo‘lishga ko‘z yetsagina jarrohlik usulidan foydalanish kerak bo‘ladi.
Erkaklarda ham ayollarda ham siydik chiqaruv nayida sfinkter (jo‘mrak) bor. Bu sfinkterni topish uchun peshob ajratish vaqtida (Hojatxonada) peshobni to‘satdan to‘xtatishga harakat qilib ko‘ring. Ana shu vaqtda biz aytayotgan sfinkterni topasiz. Bizning asosiy mashqimiz ana shu sfinkterni hosil qilgan mushak hamda uning atrofidagi mushaklarni chiniqtirish bilan bog‘liq. Mashqning asosida aytib o‘tilgan mushaklar harakatidan (o‘zaro ishqalanishidan) hosil bo‘lgan issiqlik ham yotadi. Hosil bo‘lgan issiqlik jinsiy a’zolar ayniqsa, prostata bezi faoliyatini tiklaydi hamda faollashtiradi.
O‘zingizga yoqadigan musiqani o‘rtacha ovozda qo‘ying. Imkon qadar musiqa sokin bo‘lsin.
Yotog‘ingizga cho‘zilib yotib oling. Yoki stul ustida o‘zingizga qulay ravishda o‘tirib oling.
Sekinlik bilan sfinkterni qisqartib bo‘shashtiring. Ya’ni peshob ajratishni su’niy ravishda to‘xtatishga harakat qiling va sfinkterni (Mushakni) bo‘shashtiring!
Sal tezlashing! Qisqarib bo‘shishni tezlashtiring. 2-3 qadiqa davomida qisqartib bo‘shashtiring.
Endi esa sekin astalik bilan sekinlashamiz! Sekinlashishni to‘xtashgacha olib keling! Bu bosqichni ham huddi tezlashish bosqichi kabi 2-3 daqiqa davom ettiring!
Mashqlarni faqatgina o‘zingizga yoqqan vaqtda qilishingizni tavsiya etamiz! Chunki, bu mashqlar sizning ruhiy-emmotsional holatingizga juda-juda bog‘liq!
Yuqoridagi mashqlar ketma-ketligini 2 kun qiling! Va uchinchi kundan boshlab yuqoridagi sfinkter mushagiga qo‘shimcha sifatida najas ajratish qismida joylashgan, najasni ixtiyoriy ravishda tutib turishni ta’minlaydigan anal sfinkteri mushagini hamda shu sohadagi boshqa muskullarni ham qo‘shishingiz kerak! Sababi bu mushaklar o‘zaro ishqalanishi natijasida pastgi, jinsiy a‘zolar joylashgan sohalarda issiqlik paydo bo‘ladi, qon tomirlar kengayib moddalar alashinuvi tezlashadi, bezlardan gormonlar hamda boshqa sekretlarning sizntezlashishi, ajralishi tezlashadi!
Mashqlar ham huddi kunlik gimnastik mashg‘ulotlar, badantarbiya kabi odatingizga aylansa, seksopatologlarning ta’kidlashicha, jinsiy a’loqa vaqtida erkak ham ayol ham 1-2 soat davomida faol bo‘lishadi hamda jinsiy a’loqa ehtirosli ravishda cho‘ziladi!
Maqola tibbiyotga oid ilmiy manbalardan olinib,
ommabop uslubga aylantirildi.