Oshxona

MAQOLALAR

ico
Surunkali gastritda parhez

Surunkali gastrit Respublikamizda keng tarqalgan kasalliklardan biridir. Uning kelib chiqishida juda ko‘p omillar rol o‘ynaydi. O‘tkir gastritlarni yaxshi davolamaslik, ovqatlanish tartibi va sifatining buzilishi, dag‘al va o‘tkir ovqatlar iste’mol qilish, ovqatni yaxshi chaynamaslik, quruq ovqatlar yoki o‘ta issiq ovqatlar yeyish, spirtli ichimliklar iste’mol qilish natijasida surunkali gastrit kelib chiqadi. Keyingn yillarda oziq - ovqatlardan allergik reaksiya oqibatida ham kasalliklar ko‘paydi. Bu o‘z navbatida surunkali gastrit ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, me’daning ayrim oziqa moddalariga sezgirligi — allergik holati katta ahamiyatga ega.
Temir moddasi, oqsillar va vitaminlar yetishmasligi ham kasallikning sabablaridan biri bo‘lishi mumkin. Vitaminlar, ayniqsa, B1 B2, B6, PP, A, askorbin kislotasi yetishmasa, oshqozon shirasi ajralishi kamayadi, uning shilliq pardasida distrofik jarayon paydo bo‘ladi, organizmning
chidamliligi pasayadi, gastrit paydo bo‘lishini tezlashtiradi. Bunda alkogol va chekishning ham ahamiyatikatta. Temir yetishmasligi kamqonlikni yuzaga keltirib, hazm a’zolari shilliq pardasida distrofik, keyinchalik distrofik yallig‘lanish jarayonlariga olib keladi. Kasallik kelib chiqishida har xil dorilar ta’sirining ham o‘rni bor.
Ushbu keltirilgan kasallik sabablari bemorlarning parhez dasturxonini tuzishda hisobga olinadi.
Oshqozon faoliyatiga qarab surunkali gastritlarning quyidagi turlari tafovut qilinadi: shira ishlab chiqarish faoliyati pasaygan, saqlangan yoki ortiq bo‘lgan surunkali gastrit. Kasallikning bu ikki xili klinik kechishi va asoratlari bilan ajralib turadi va ular uchun har xil parhez belgilanadi. Undan tashqari xastalikning remissiya va zo‘raygan davrlari farq qilinadi.
Bemorlarni tashqi ko‘rinishida aksariyat hollarda o‘zgarishlar aniqlanmaydi. Faqat oshqozon sohasidagi o‘tkir to‘lg‘oqsimon og‘riqlar vaqtida ular majburiy holatni egallaydilar. Tilni ildiz sohasi oq yoki sarg‘imtir oq karash bilan qoplanadi. Ba’zi hollarda yurak urishining tezlashishi, kaftlarning sovuq va ho‘l ter bilan qoplanishi, so‘lak ajralishini kuchayishi kabi belgilar kuzatiladi.
Kasallik o‘rta va katta yoshli kishilarda uchraganda uning ilk davrida gastritning belgilari kuzatilmasligi mumkin. Ammo aksariyat bemorlar qorinni yuqori qismi sohasida og‘riq, dispeptik o‘zgarishlar (oshqozonda
og‘irlik hissi, kekirish, ko‘ngil aynishi, og‘izda “temir” ta’mi, ishtaha pasayishi va boshqalar), ichak dispepsiyasi (qorin dam bo‘lishi, ish ketishi, qorinda g‘uldirash) va tana vazni kamayib ketishiga shikoyat qiladilar. Oshqozon shilliq qavatida atrofik jarayonlarning ustunlik bilan kechishi va uning bezlari sekretor faoliyatining susayishi og‘riq sindromining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Uning shilliq qavatining barcha sohasi zararlanganda ovqat qabul qilgan vaqtda yoki tezda undan so‘ng kuchli bo‘lmagan uzoq muddat davom etuvchi va simillovchi og‘riqlarning paydo bo‘lishi xarakterli. Aksariyat hollarda asteno - nevrotik sindrom – holsizlikni kuchayishi, tez charchash, ta’sirchanlik, depressiyaga moyillik yuzaga keladi.
Bemorlarni bir qismini havo bilan yoki aynigan tuxum xidi bilan kekirish, ko‘ngil aynishi, oshqozon sohasida og‘irlik hissi kabi dispeptik o‘zgarishlar bezovta qiladi. Og‘riq ushbu turdagi gastritga xos bo‘lgan belgi hisoblanmaydi. Ba’zi bemorlarda ovqat iste’mol qilgandan keyin 0,5 – 1,0 soat o‘tgach (ko‘proq o‘tkir, ziravorli, konservalangan) uncha kuchli bo‘lmagan ezuvchi og‘riqlar kuzatilishi mumkin. Jarayon oshqozonni antral qismida yoki u bilan birga o‘n ikki barmoqli ichak zararlanganda og‘riq belgisi kuchliroq namoyon bo‘ladi. Aksariyat bemorlar ishtaxa yo‘qligiga, og‘izda yoqimsiz ta’m ba’zan esa ertalablari ko‘ngil aynishi va qayt qilishga shikoyat qiladilar. Oshqozonning shira ishlab chiqarish faoliyati buzilganligi sababli ichaklardagi normal mikroflora o‘zgarishi sababli bemorlarda ich ketishi ya’ni diareya kuzatiladi. Ba’zan ich ketish qabziyat bilan almashinib turadi.
Kasallik dispeptik belgilar ustunligi bilan kechganda bemorlarda zarda qaynashi, nordon kekirish, oshqozon usti sohasida og‘irlik va tiqilish hissi hamda qabziyat kuzatiladi. Ushbu belgilar ko‘proq yog‘li taomlar iste’mol qilgandan yoki spirtli ichiliklar ichgandan so‘ng yuzaga keladi. Aksariyat hollarda ishtaxa saqlangan yoki yuqori bo‘ladi. Oshqozon shirasi ishlab chiqarilishining meyorida bo‘lishi yoki uning oshib ketishi bilan
kechuvchi surunkali gastritning ushbu turida og‘riq aksariyat hollarda ovqat iste’mol qilgandan keyin paydo bo‘ladi.
Surunkali gastritlarda (shira ishlab chiqarish saqlangan yoki yuqori) yallig‘lanishni yo‘qotish, shilliq qavatlarda tiklanish jarayonini kechishi va yarani bitishini tezlatuvchi shifobaxsh ovqatlanishning termik, kimyoviy va mexanik ta’sirlari cheklangan holda kun davomida 5 marotaba iliq holda iste’mol qilinadi. Asosan qaynatib yoki bug‘da pishgan taomlar tavsiya etiladi.
Tavsiya etiladigan ozuqa mahsulotlari va taomlar: bir kun oldingi yoki quritilgan non, quruq pechenye, qaynatilgan mol go‘shti, tuxum, ezib yaxshi pishgan makka yormasi, guruch, suli, qora bug‘doy bo‘tqalari (shirguruch, shovla, shirqovoq, makka bo‘tqasi), yovg‘on xo‘rda, shirali sho‘rvalar, bug‘da pishgan go‘shtli taomlar, qaynatilgan til, jigar, duxovkada pishirilgan go‘sht, kefir, yog‘siz qatiq, qaymoq, chuchuk pishloq, chala pishgan tuxum, ezilgan kartoshka, pishirilgan qovoq, sabzi, lavlagi va chuchuk pomidorlar. O‘simlik yog‘ida dimlangan taomlar, pishgan sabzavotlardan turli salatlar, shirin mevalarni pishirib yoki dimlab tayyorlangan desertlar, asal, murabbolar, shakar, shuningdek suyuq choy, kisel, shirin sharbatlar, namatak suvi va mineral suvlar tavsiya etiladi.

"Sog'lom ovqatlanish - salomatlik mezoni" kitobidan

Gastroenterologik kasalliklarda eng kop qo'llaniladigan dori vositalardan biri REBAGITdir:

https://apteka.uz/uz/product/rebagit

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Botulizm – ovqatdan zaxarlanish
Botulizm – ovqatdan zaxarlanishlar ichida og‘ir kechadigan kasallikdir. Bu kasallik botulizm tayoqchalari bilan zararlangan ovqat iste'mol qilinganda vujudga keladi va markaziy asab tizimini shikastlanishi bilan kechadi. Botulizm tayoqchalari tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, tuproq, suv, hayvon, baliqlar ichagida uchraydi va qobiq ichida yillar davomida saqlanadi. Kislorodsiz va qulay sharoitda ko‘payadi, hamda inson uchun xavfli bo‘lgan zahar ishlab chiqaradi. Botulizmning asosiy sabablari: Kasallik odamda uy sharoitida termik ishlov berish qoidalariga amal qilinmay tayyorlangan konserva (sabzavot,meva, qo‘ziqorin,go‘sht,baliq), dudlangan tovuq go‘shti, kolbasa mahsulotlarini iste'mol qilinganda kelib chiqadi. Konservalash jarayonida gigiуenik va texnik qoidalarga rioya qilinmaslik natijasida, mikrop konserva bankasida yopiq muhitda tez rivojlanadi. Sifati buzilgan konserva mahsulotlari ichida gaz yig‘ilishi natijasida qopqog‘i ko‘tarilib qoladi (bombaj). Bemor odamda quyidagi belgilar kuzatiladi:
  • odamning boshi og‘riydi
  • ko‘ngli aynib, qusadiog‘zi quriydi
  • ko‘z oldi qorong‘ilashib, narsalar qo‘shaloq bo‘lib ko‘rinadi
  • ko‘z qorachig‘i kengayadi
  • nutqi buziladi (afoziya)
  • nafas olishi qiyinlashadi
  • yutinishi qiyinlashadi
  • yuragi to‘xtab qolayotgandek tuyuladi
Kasallik qanday kechadi: Kasallik zararlangan ovqatni iste'mol qilinganidan 12-24 soat o‘tgach, yoki 1-5 kundan keyin boshlanadi. Zahar (toksin) ichakda tez so‘rilib, qonga o‘tadi va butun organizmga tarqalib, asab tizimini,shu bilan birga mushaklarni shikastlaydi. Kasallikni oldini olish uchun:
  • uy sharoitida konserva tayyorlash jarayonida har bir inson sanitariya     va gigiуena qoidalariga rioya qilishi kerak;
  • konserva mahsulotlarini tayyorlashda (sabzavot-meva, qo‘ziqorin va ko‘katlarni) sifatiga ahamiyat berish kerak;
  • sabzavot-mevalar tuproq bilan ifloslanishi mumkin, shu bois ularni oqar suvda, so‘ng qaynatilgan suvda yaxshilab yuvish kerak;
  • mahsulotlarni yuqori  harorat ostida 20 daqiqadan kam bo‘lmagan vaqt davomida qaynatish kerak;
  • nordon bo‘lmagan (bodring, yashil no‘xot) mahsulotlaridan konserva tayyorlashda ularga uksus kislotasi qo‘shishni unutmang;
  • uy-sharoitida konserva tayyorlamaslik kerak;
  • konserva mahsulotlarini qorong‘i va salqin joyda saqlang.
 
ico
Ismaloqning foydali xususiyatlari va undan salat tayyorlash retsepti
Abu Ali ibn Sino o‘zining “Tib qonunlari” asarida ismaloqning foydali xususiyatlari haqida to‘xtalib shunday yozadi: “Bunda yuvuvchi, tozalovchi quvvat bor. Safroni qattiq haydaydi. Ko‘pincha me’da uning qaynatmasini tusamaydi”. Shuningdek, uning ichni yumshatish, ko‘krak va o‘pkalarga surgandagi foydasi haqida alohida to‘xtalib o‘tgan. [caption id="attachment_10528" align="aligncenter" width="717"]ismaloq Foto: pinterest.com[/caption] Ismaloqning kamqonlikni davolash va immunitetni yaxshilash xususiyati bor. Qolaversa, tomirlarni mustahkamlaydi, oshqozonosti bezi faoliyatiga yordam beradi. Hujayralarning qarishini sekinlashtiradi.

Tinchlantiruvchi vosita

Ich yaxshi yurishmagan va qorin dam bo‘lganda, 10 gramm ismaloq bargini 200 gramm suvda qaynatib ichilsa, ichaklar ishi ancha ravonlashib, qorin damligi kamayadi. Milklar yallig‘langanda og‘izni, bodomsimon bez og‘riganda tomoqni ismaloqning yangi olingan suvi bilan chayqash yaxshi foyda beradi. Ismaloq bargining qaynatmasi asab tizimi faoliyati buzilganda tinchlantiruvchi vosita sifatida ichib turiladi. Qaynatma tayyorlash uchun bir oshqoshiq to‘g‘ralgan ismaloq 200 gramm suvda o‘n daqiqa qaynatiladi va bir soat tindirib qo‘yiladi. Suzib olib, kuniga uch mahal yarim piyoladan ichib turish tavsiya etiladi.

Kislotaning zararli ta’siri

Ismaloqning qari barglarida shovul kislotasi ko‘p bo‘lgani uchun yangi barra barglarini ishlatgan ma’qul. Shu bois uni bolalarga ko‘p berish tavsiya qilinmaydi. Shuningdek, kislota buyrak, jigar, o‘n ikki barmoq ichak va o‘t qopi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Mazkur a’zolarida xastaligi bor bemorlar ham uni iste’mol qilishda ehtiyot bo‘lishi zarur. Ismaloqni ko‘p saqlab bo‘lmaydi, aks holda tarkibida organizm uchun zararli tuzlar ko‘payib ketadi.

Ismaloqli salat tayyorlash

[caption id="attachment_10529" align="aligncenter" width="668"]ismaloq salat tayyorlash Foto: pinterest.com[/caption] Masalliqlar
  • sarimsoqpiyoz donasi - 1 dona;
  • kunjut - yog‘i 1 osh qoshiq;
  • ismaloq - 1 bog‘;
  • soya sousi - 1 osh qoshiq;
Tayyorlash usuli
  • Ismaloqni tozalab yuvamiz.
  • Qaynab turgan suvga soib 1 daqiqa qaynatamiz.
  • Qozondan olib oqib turgan sovuq suvga tutamiz.
  • So‘ng yaxshilab kaft bilan siqib idishga solamiz.
  • Soya sousi, kunjut yog‘i, chesnok solib aralashtiramiz.
  • Yuziga kunjut sepamiz. Ushbu salatni guruch bilan dasturxonga tortish mumkin. Yoki boshqa salatlarga qo‘shish, pitsa yuziga ishlatish mumkin.

© Od-press.uz Chak-chak.uz

ico
Yozda qanday ovqatlanish kerak?
Sovuq kunlarda qovurilgan go‘sht, yog‘li ovqatlar, o‘tkir ichimliklar ko‘proq iste’mol qilinsa, yozda bu holat boshqacha tus oladi. Issiq sharoitda salqin kunlardagiga nisbatan ovqatlanishda cheklanishlar, keskin o‘zgarishlar bo‘ladi. Agar bu paytda yog‘li ovqatlar yoki spirtli ichimliklar ko‘p iste’mol qilinsa, hazm a’zolariga katta yuklama tushadi. Natijada kishini kun bo‘yi lohaslik va lanjlik bezovta qiladi. Xo‘sh, qanday ovqatlansak, issiq kunlarda kasalliklar va noxushliklardan xoli bo‘lamiz?

Issiq o‘lkalarda hazm va oziqlanish fiziologiyasi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, yoz oylari ovqatlanishning maqsadga muvofiq bo‘lishi va u bilan bog‘liq kasalliklarning kelib chiqmasligi uchun ba’zi qoidalarga rioya qilish tavsiya etiladi. Masalan, odamlar qish, bahor fasllaridan yozgi mavsumga o‘tishda kiyinishini o‘zgartirgani singari ovqatlanishda ham mos ratsionni ko‘rib chiqishi lozim. Bunda taom tarkibi, miqdori va sifati issiq iqlimga balanslashtirilishi kerak. Ovqatlanishda ratsiondagi oqsillarning umumiy miqdori 15 foizdan oshmasligi talab etiladi. Oqsil manbai hisoblangan qo‘y, mol, parranda go‘shtlari hamda baliq mahsulotlari sut-qatiq bilan almashtirilishi maqsadga muvofiq. Sut, qatiq, suzma va boshqa shunga o‘xshagan mahsulotlarda ham organizmga kerak bo‘ladigan oqsillar mavjud. Ular organizmni kerakli moddalar bilan talab darajasida ta’minlab turishi mumkin. Mavsumda sergo‘sht, qovurilgan, yog‘li va dudlangan taomlarni iste’mol qilishdan biroz cheklanmasa, tanada kislota ko‘payadi. Yoz kunlari shirinlik va pishiriqlar iste’molini ham birmuncha kamaytirgan ma’qul. Ularning o‘rniga turli-tuman meva, poliz mahsulotlari iste’mol qilishni ko‘paytirish foydaliroqdir.

Shuningdek, jaziramada eng ko‘p iste’mol qiladiganimiz – suv. Chanqaganda sovuq suv ichish o‘rniga asosiy e’tiborni ko‘k choy va har xil o‘tlardan tayyorlangan ekstraktlarga qaratish kerak. Chunki ular organizmdagi chanqoqni uzoqroq qondirib turish xususiyatiga ega. Ayniqsa, bu narsa yoz kunlari jismoniy faoliyat bilan ko‘proq shug‘ullanadigan odamlarga tegishli. Chunki ularning organizmi boshqalarga nisbatan ko‘proq suv yo‘qotadi. Issiq kunlarda spirtli ichimliklarni, qora choy hamda kofe ichmagan ma’qul. Shuningdek, gazli, shirin ichimliklar ham chanqoqni qondirishga yaramaydi.

Yana shu narsa muhimki, yozgi ovqatlanishda iste’mol qilinadigan turli-tuman taomlar miqdori, masalan, sho‘rva, palov, lag‘mon, chuchvara va boshqalar odatdagidan biroz kam bo‘lgani ma’qul. Aksincha yoz kunlari nihoyatda to‘yib ovqatlanish oshqozon-ichak funksiyasining buzilishiga olib kelishini unutmaslik lozim. Ishtahani “jilovlab” turish uchun yozda nonushta, tushlik va kechki ovqatlar orasida kamida 2 marta meva-cheva va poliz mahsulotlaridan tamaddi qilib olgan ma’qul.

Soha mutaxassislarining tadqiqotlariga ko‘ra, haftada bir kun aniq bir belgilangan oziq-ovqat mahsulotlari bilan yengil ovqatlanish, ya’ni parhez taomlanish salomatlik uchun muhim ahamiyatga ega ekan. Bunday paytlari kun davomida bo‘lib-bo‘lib faqat 1-1,5 litrgacha qatiq ichiladi yoki 2,5-3 kilogrammgacha tarvuz yoki shuncha miqdordagi bodring, olma va boshqa mevalar iste’mol qilinadi. Bunday parhez ortiqcha vazn yoki semizlik ta’siridan aziyat chekuvchilar uchun ayniqsa asqatadi. Uni imkon qadar dam olish kunlariga belgilagan ma’qul. Bu jarayon hammada ham silliq o‘tavermaydi, ayrim kishilarda bosh aylanib, qayt qilish, behuzur bo‘lish hollari kuzatiladi. Bunda parhez darhol to‘xtatilishi kerak.

Taom tayyorlashda masalliqlarning eskirmaganiga e’tibor qaratish muhim. Bizning sharoitimizda oziq-ovqat mahsulotlarining yuqori harorat ta’sirida aynishi, buzilishi tufayli zaharlanish holatlari tez-tez uchrab turadi. Yoz kunlari qiymalangan go‘sht, baliq, kalla-pochalardan tayyorlangan somsa, kotlet, chuchvara, mantilar iste’molida nihoyatda ehtiyot bo‘lish kerak. Uy bekalarimiz qiymalarni bevosita taom pishirishdan oldin tayyorlashsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Yuqorida yoz kunlari sut va sut mahsulotlaridan keng  foydalanish lozimligi haqida gapirib o‘tdik. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, ushbu mahsulotlar issiq paytlari tez buziladi. Shuning uchun ular plyus 4 darajadan yuqori bo‘lmagan haroratda (sovutkich va muzlatkichlarda) saqlanishi lozim.

Aytilgan tavsiyalarimiz asosida yozgi ovqatlanish tartibiga o‘zgartirish kiritishni sekin-astalik bilan amalga oshirgan ma’qul. Chunki keskin va darhol amalga oshirilgan o‘zgarish organizmga zarar yetkazib qo‘yishi mumkin. Asosiysi, har bir kishi ishtahasi va holatiga qarab taom tayyorlab, iste’mol qilishi maqsadga muvofiq. Faqat ularni yeganda huzur-halovat bag‘ishlovchi bo‘lsa, kifoya.

© SH.QURBONOV, biologiya fanlari doktori, professor. "Qashqadaryo" gazetasi.

ico
Qalampir qay jihatdan foydali?
Qalampir — ituzumdoshlarga mansub chala buta, buta yoki ko‘p yillik oʻtsimon o‘simliklar turkumi, sabzavot ekini. Yovvoyi holda Amerikaning tropik o‘rmonnlarida uchraydi. Issiqsevar o‘simlik. [caption id="attachment_6888" align="aligncenter" width="750"]qizil qalampir Pixabay.com | Avitsenna.uz[/caption]

Yurak va qon-tomirlari himoyalaydi

Xitoy olimlari ta’kidlashicha, qizil qalampir ichidagi kapsaitsin va uni kapsaitsinoidlari yurak va qon-tomir kasalliklari oldini oladi. Gonkong Hitoy Univenrsitetida (Chinese University of Hong Kong) hayvonlarda o‘tqazilgan tekshiruvlarda kapsaitsin organizmdagi “yomon” xolesterinni kamayishiga yordam beradi va aterosklerotik pilakchalarni kichaytiradi. Undan tashqari, qizil qalampirdagi moddalar qon-tomirlarini spazmga olib keluvchi siklooksigenaza-2 genini aktivligini kamaytiradi, va buni natijasida bosh miya,
yurak va boshqa organlarga qon ta’minlanishi yaxshilanadi.

Semirishni oldini oladi

Yuqori kaloriyali ovqat ortiqcha kilogrammlarni to‘planishiga olib keladi, o‘tkir esa, agar olimlarga ishonsak, vazn kamaytiradi. Laborator tekshiruvlar shuni ko‘rsatadiki, kapsaitsin organizmni kamroq ovqatlanishiga va yog‘ to‘qimasini erishiga olib keladi. Buni mexanizmini bilish uchun Daegu National University olimlari laborator kalamushlarda eksperiment o‘tqazishdi. Hayvonlarga yog‘ga boy ovqatni berishdi va ularni 2 guruhga bo‘lishdi: birinchisiga kapsaitsin berishdi, ikkinchisiga - yo‘q. Tekshiruv ohirida “achchiq”ni iste’mol qilganlar 8% ga vazn tashlashdi. Olimlar kapsaitsin ta’sirida yog‘ to‘qimasida yog‘ni eritadigan kamida 20 oqsilni miqdori o‘zgarganini aniqlashdi.

Shamollashni davolashda yordam beradi

Noallergik rinit degan kasallik bor. Burun bitishi har xil sabablar bilan kelib chiqishi mumkin - klimat, parfyumeriya, havo. Ko‘pchilik odamlarda noallergik rinitni keltirib chiqaruvchi sababni topish ildojisi bo‘lmay qoladi, bu kasallikni davolash ham kam effektiv. [caption id="attachment_591" align="aligncenter" width="654"]shamollash davosi SovetClub | Avitsenna.uz[/caption] Sinsinnati Universiteti olimlari (University of Cincinnati, AQSH) ta’kidlashlaricha, yangi dorilarni kapsaitsin asosida ishlab chiqarish mumkin. Klinik eksperimentda bir guruh kasallarga platsebo bilan sprey berishdi, ikkinchi guruhga - kapsaitsin bilan. “Qalampirli” spreyni ishlatganlar 1 daqiqadan kamroq vaqtda nafas olish yengillashganini aniqlashdi. Lekin kapsaitsinli sprey shunchalik achchiqki uni faqat anestetik bilan birga ishlatish mumkin.

Ichak saratonidan himoyalaydi

Ichak shilliq qavati hujayralarida epitelial o‘sish faktori reseptori - EGFR bor. Normada u shilliq qavatni har 4-6 kunda yangilanishiga olib keladi. Agar EGFR juda ham aktiv bo‘lib ketsa, hujayralar “tomi ketadi” va bu saraton rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Ichaklarda yana bitta reseptor bor — TPRV1. U EGFR ta’sirida aktivlashadi va bu reseptor aktivligini kamaytiradi. Kalfiorniyalik olimlar kapsaitsin TRPV1ni aktivlashtirib EGFRni ortiqcha aktivligini bosishini va shu bilan ichak saratonini rivojlanishini xavfini kamayishini aniqlashdi. Bu lekin hali qayta tekshiruvga loyiq.

Jigarni himoyalaydi

Jigarning har xil kasalliklari (hammasi emas) jigarni fibroziga - normal jigar hujayralarini o‘rniga biriktiruvchi to‘qima o‘sib ketishiga olib keladi. Bu jarayonda yulduzchali hujayralar muhim amiyatga ega. 2015 yil izlanishlari kapsaitsin jigarni fibrozdan himoyalashini isbotlashdi. [caption id="attachment_4867" align="aligncenter" width="728"]Jigarning alkogolsiz yog‘ kasalligi GooglePhoto | Avitsenna.uz[/caption] Eksperimentlarda olimlar sichqonlarni o‘t yo‘llarini bog‘lab jigar uchun eng toksik moddalardan biri - to‘rt xlorli uglerodni qiritishdi. Bir vaqtda kapsaitsin ham berishdi. “Qalampir terapiyasi” jigarni shikastlanishini to‘htatishda yordam berdi.

Hayotni uzaytiradi

2017 yil yanvar oyida Vermont shtati Universiteti olimlari (University of Vermont, AQSH) ohirgi 23 yildagi 16 million amerikanliklarni ovqatlanish tuzilishini va uzoqligini baholashdi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, qizil qalampir iste’molchilari 12% kamroq vafot etishadi, 13%ga ularda kutilmagan o‘lim havfi kamroq. Buni sababi aniq nimadan ekanligini olimlar hozircha aytisholmayapti. Tahmin bo‘yicha, kapsaitsin organizmdagi “yomon” xolesterinni kamayishiga yordam beradi va aterosklerotik pilakchalarni kichaytiradi va bu von-tomirlarga pozitiv ta’sir qiladi.

Vitamin C bilan oziqalantiradi

Qaysi mahsulotlardan C vitaminini olishadi? Birinchi bo‘lib hayolga limon keladi, lekin aslida limonda vitamin C uncha ko‘p emas. Siz hayron qolarsiz, lekin C vitamini chili qalampirida xam yuor - 100 grammida 118 mg askorbin kislotasi (C vitamin) bor. Lekin, ko‘p miqdorda achchiq qalampirni yeyish, albatta, juda mushkul.

Ko‘krak bezi saratonini davolashga yordam beradi

Biz TRPV1 reseptorini ichak saratoni to‘g‘risida gap ketganida aytib o‘tgan edik. 2016 yili Boxumdagi Rur universiteti (Ruhr-Universität Bochum, Germaniya) kapsaitsinning ko‘krak bezi saratonidagi rolini o‘rganib chiqishdi. Eksperiment uchun uchta negativ o‘smalar turi tanlangan edi - ularni davolash juda qiyin va prognozi yomon. Olimlar TRPV1 reseptorni kapsaitsin yordamida 9 holatda aktivlashtirishdi. Natijada o‘sma hujayralari sekinroq bo‘lina boshlashdi, ximiodorilar ta’sirida ko‘proq nobud bo‘lishdi, metastazlash hususiyati kamaydi. Qizil qalampir ko‘p holatldarda foydali, lekin uni ko‘p iste’mol qilisham yaxshi emas. Kasalliklarda dorilar o‘rnini bosa olmaydi. Oshqozini xasta bemorlar esa qadampirdan ehtiyot bo‘lishlari kerak.

© "Med-info.uz" nashri.

ico
Vitaminlar haqida nimalar bilasiz?
Bolaning sog‘lom va go‘zal bo‘lib rivojlanishida vitaminlarning ahamiyati katta. Biz hammamiz vitaminlar ko‘katlar, sabzavotlar, mevalar, reza mevalar tarkibida borligini bilamiz. Ammo shunday vitaminlar ham borki, ular hayvonlardan olinadigan yog‘lar tarkibida mavjud bo‘lib, bolalar va kattalar uchun juda zarurdir.

A vitamini - infeksiyalarga qarshi kurash

Ikki xil shaklda bo‘ladi: retinol va karotin.Baliq moyi, pecheniye, tuxum, sut mahsulotlaridan retinolni topish mumkin. Bular organizmning A vitaminiga bo‘lgan talabining uchdan bir qismini qondiradi. Karotin esa o‘simlik yog‘lari tarkibida bo‘ladi. Bundan tashqari, sabzi, pomidor, ko‘kat va sariq rangli sabzavotlar, mevalar, reza mevalarda ham mavjud. Karotin yog‘da yaxshi eriydi, shuning uchun bu mahsulotlarni yog‘, qaymoq yoki smetana bilan iste’mol qilgan ma’qul. Karotin ko‘rish organlari bilan bog‘liq ko‘pgina kasalliklarni davolashda yordam beradi.
Immunitet vitamini deb ataladi, chunki organizmning infeksiyalarga qdrshi kurashish qobiliyatini oshiradi. Teri va sochni sog‘lom, go‘zal holatda saqlaydi. Bolaning bo‘yi o‘sishida yordam beradi, suyaklarni mustahkamlaydi, tish va tish milklarini sog‘lomlashtiradi.Qalqonsimon bezlar faoliyatini yaxshilaydi. A vitamini yetishmaganda teri qurib, xunuklashib qoladi. U qizarib, archilib tusha boshlaydi. Organizmning infeksiyalarga qarshi kurashish layoqati pasayib ketadi.Retinol etishmasligi oqibatida ko‘zlarning qizarib ketishi va achishishi kuzatiladi. Mabodo shifokor A vitamini ichishni tavsiya qilsa, qancha miqdorda ichishni yozib olishni unutmang, chunki bu vitaminni me’yoridan ortiq ichib yuborish ham xavfli. Agar yuqorida sanab o‘tilgan mahsulotlarni doimiy ravishda iste’mol qilib tursangiz, qo‘shimcha A vitamini ichishga hojat qolmaydi.

Vitamin B1

Bu vitamin uglevodlar almashinuvini mo‘’tadillashtiradi, asab tizimi, hujayralar va oshqozon-ichak trakti faoliyati uchun zarur. Aqliy va jismoniy faoliyat bilan ko‘p shug‘ullanuvchilar bu vitaminni ko‘proq iste’mol qilishi kerak. Soch ko‘p to‘kilishi va oqarishi shu vitamin yetishmasligidan dalolat beradi. Bu vitamin sut, mol go‘shti, cho‘chqa go‘shti, no‘xat, kartoshka, yurak, jigar va buyrakda ko‘p bo‘ladi.

Vitamin B2

Vitamin yetishmasa, yuzingizda husnbuzar paydo bo‘ladi. Lab va og‘iz atrofi tez-tez yoriladigan bo‘lib qoladi. Bu vitamin xamirturush, tuxum sarig‘i, sut, jigar, buyrak, baliq, go‘sht va tovuq go‘shtida ko‘p bo‘ladi.

Vitamin B3

Pigmentatsiya uchun javobgar. U yetishmasa soch oqaradi. U barcha turdagi o‘simlik va go‘shtlarda bo‘ladi.

Vitamin B6

Asab tizimi va oqsillar almashinuvi uchun zarur. Bu vitamin jigar, sut, kartoshka, sabzi, tuxum, sariyog‘, guruch, bug‘doy va karamda ko‘p bo‘ladi.

Vitamin B9

Hamma ichki organlar, teri va soch to‘kilmasligi uchun zarur. Bu vitamin lavlagi, tarvuz, qovun, tvorog, olma, sabzi, karam, tuxum va piyozda ko‘p bo‘ladi.

Vitamin E

Teri kasalliklari kelib chiqmasligi uchun zurur. Bu vitamin sut , tuxum sarig‘i va sabzavotlarda ko‘p bo‘ladi.

Vitamin C

Organizmni kasallikka qarshi kurashish qobiliyatini ko‘taradi. Qon tomiri tizimi va terida dog‘ paydo bo‘lmasligi uchun zarur. Bu vitamin barcha sitrus mevalarda, qulupnoy, malina, karam, petrushka, ukrop, qizil qalampir va baqlajonda ko‘p bo‘ladi.

D vitamini - suyaklar mustahkamligi

D vitamini - kalsiyferol, ergosterol va quyosh. Quyosh nuri yog‘li moddalar bilan birgalikda bu vitaminning paydo bo‘lishi va teri orqali ichkariga so‘rilishiga yordam beradi. Kalsiyferolga boy ozuqalar tarkibiga baliq moyi, sarda, seld, tunets baliqlari, sut va sutli mahsulotlar kiradi. Suyak va tishlarni mustahkamlovchi kaltsiy va fosfor moddalarining organizmga so‘rilishida yordam beradi.A va C vitaminlari bilan birgalikda qabul qilinsa, shamollash kasalliklariga ham foydasi bor. A vitaminining o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. Ko‘z jildi, shilliq pardasining yallig‘lanishini davolashda yordam beradi. D vitamini etishmovchiligida raxitning turli ko‘rinishlari, tishlar emirilishi va suyaklarning yumshoqlashishi oqibatida bola suyaklarining nomutanosib rivojlanishi kuzatiladi.

E vitamini - kislorod demak

E vitamini tokoferollarning aralashuvidan tarkib topgan. Faol antioksidant. Hayvonlardan olinadigan mahsulotlar orasida tuxum E vitaminining koni hisoblanadi. Tokoferol o‘simliklar tarkibida ham bor, eng boylari - bug‘doy, o‘simlik yog‘i, soya, ismaloq, bargli ko‘katlar va boshoqli o‘simliklardir. Agar ovqatlarda ana shular bilan birgalikda jonzotlar yog‘laridan foydalanilsa, E vitaminiorganizmga yaxshi singadi. Tokoferol organizmda qisqa muddat saqlanadi, shuning uchun ushbu mahsulotlardan tayyorlangan ovqatlarni har kuni iste’mol qilish kerak.Organizmning kislorod bilan ta’minlanishini yaxshilaydi.A vitamini bilan birgalikda o‘pkani notoza havodan asraydi. Kuygan va kesilgan joylarning o‘rni tezroq va chandiqsiz bitishini ta’minlaydi. Organizm qujayralarining chidamliligini oshiradi.Uning taxchilligi qon xo‘jayralarining buzilishi, kamqonlik, mushak tolalarining bo‘shashishiga olib keladi.

K vitamini - foydali bakteriyalar

K vitamini ichaklarda yashaydigan havo bakteriyalarini paydo qilishi mumkin. Bakteriyalarga qarshi dori-darmonlar ishlatish oqibatida foydali bakteriyalar ham kamayib ketsa, K vitamini tavsiya etiladi. K vitaminiga boy bo‘lgan mahsulotlar - yashil bargli sabzavotlarning faqat yangi uzilganlari.  Muzlatilgan mahsulotlarda K vitamini o‘lgan bo‘ladi. Bundan tashqari, yogurt, beda, tuxum sarig‘i, soya, baliq moylari tarkibida ko‘p bo‘ladi. K vitamini qon quyulishini normal holatda saqlaydi.K vitamini taxchilligi oqibatida kuchli ich ketishi mumkin. Bu antibiotiklarni tavakkal qabul qilish. oqibatida kelib chiqadi.  
ico
Mizoj, parhez, salomatlik
Kishi mizojiga qarab ovqatlansa salomatligi soz bo‘ladi. Mizoji mo‘’tadil, sog‘lom kishilar qo‘zichoq, buzoq, echki go‘shtlaridan taom tayyorlab yeyishlari, xushbo‘y va toza ichimliklar ichishlari kerakligi qadimgi tibbiy manbalarda yozilgan. Mizoji issiq kishilar yengil, sovuq ovqat va ichimliklar iste’mol qilishlari lozim. Ertalablari nordon anor, nordon uzum, yoki limon sharbatiga ivitilgan bir yoki ikki bo‘lak non yesalar yaxshi. Yoki nordon sharbatlardan ichishsa ham bo‘ladi. Nordon sharbat, nordon uzum bilan qaynatma sho‘rva, olxo‘rili qaynatma sho‘rva va uksus solingan yasmiqli qaynatma sho‘rvalar mizoji issiq kishilar uchun zarur ozuqalardir. Baliq issiq xiltlarlarni kamaytiradi. Shuning uchun u issiq mizojli kishilar uchun juda foydali. Bunday kishilar baliq yeganlaridan keyin sikanjubin(asal va sirka aralashmasi) yoki biroz sirka iste’mol qilishlari lozim. Oshqozoni issiq mizojli kishilar ovqatni kechiktirib yesalar, boshlari og‘riydi. Issiq mizojli ovqat iste’mol qiluvchi kishi ovqatni tez tanovul qilmasligi va ovqatni ikkiga bo‘lib, oradan biroz o‘tib yemog‘i lozim.

Balg‘am me’yordan ortsa miya uchun zarar qilar

Sovuq mizojli kishilarga yumshoq va issiq tarkibli ovqatlar, masalan qo‘y go‘shti, no‘xat sho‘rva, yosh kaptar va chumchuq go‘shtlari, dolchin va sedana mos keladi. Mizoji sovuq, semiz odamlar grek yong‘og‘i yoki zaytun yog‘iga qovurilgan go‘shtga sedana, dolchin va sarimsoq aralashtirib yeyishlari foydalidir. Baliq sovuq va ho‘l tarkibli bo‘lib, balg‘amni oshiradi. Shuning uchun ham sovuq mizojli va oshqozonida balg‘am ko‘p bo‘lganlarga baliq zararli. Balg‘amning me’yoridan ko‘p bo‘lishi nerv va miyaga zarar qilib, lyumbago, apopleksiya va falaj kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin. Balg‘amni tanadan chiqazish uchun surgi dorilar, issiq suv yoki sikanjubin qabul qilinishi zarur. Sovuq va quruq, melanxolik mizojli kishilar ho‘l ovqatlarni iste’mol qilib, tariq, yasmiq, quritilgan go‘sht va sho‘r mahsulotlardan saqlanishlari kerak. Masalan uksus qo‘shilgan sho‘r baliq, quruq va sovuq mahsulotlar oshqozonda safro paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu esa ovqat hazm bo‘lmasligiga va savdo oshishiga olib keladi. Shuningdek chipqon va qichimalar paydo bo‘lishiga imkon yaratadi. Quruq mizojli xolerik odamlarga sovuq va ho‘l mahsulotlar – lapsha(ugra), guruch va go‘shtga aralashtirilgan ismaloq foyda qiladi. Ular issiq va quruq bo‘lgan oziq-ovqatlar (masalan, tuzlangan baliq)dan saqlanishi kerak, chunki bunday mahsulotlar safro oshib ketishiga olib keladi.

Safro oshishi sabablari

Ovqatlanish yil fasllari bilan chambarchas bog‘liq. Chunki fasllar xiltlarning zichligiga ta’sir qiladi. Demak parhez ham faslga qarab belgilanishi kerak. Bahorning tabiati quruq va ho‘l. Shuning uchun sovuq va quruq oziq-ovqatlarni ko‘p miqdorda ertalab va kechqurunlari yemoqlik kerak. Bular qon buzilishining oldini oladi. Qonga salbiy ta’sir qiluvchi juda shirin oziq-ovqatlardan saqlanish lozim. Bahor paytida go‘sht va sharbat iste’mol qilinishi kerak. Yozning tabiati issiq va quruq. Chunki safro bu faslda ko‘payadi. Safroni oshiruvchi yoki ko‘p ishlab chiqaruvchi mahsulotlardan saqlanish lozim. Mizojni sovuq va ho‘l qiluvchi mahsulotlar ko‘p miqdorda iste’mol qilinishi kerak. Nordon ovqatlar va ichimliklar yoz uchun juda mos. Anor suvi, xom uzum, limon, atirgul va olma safroni kamaytiradi. Bodring, qovoq, semizo‘t, shuningdek sirka va boshqa nordon narsalar aralashtirilgan ovqat va sho‘rvalar foydalidir. Namakobda saqlangan sho‘r yoki o‘tkir hidli mahsulotlarni yeyishdan saqlanish lozim. Kuzda qon kamayib, savdo ko‘payadi. Bu faslning mizoji sovuq va quruq. Shuning uchun bu faslda quruq va sho‘r ovqatlardan saqlanib, issiq va ho‘llarini yeyish kerak. Qishda balg‘am ko‘payadi, xiltni oshiruvchi ovqat va ichimliklardan saqlanish kerak. Bu faslning tabiati sovuq va ho‘l, demak issiq va quruq mahsulotlarni yeyish maqsadga muvofiq. Masalan, sarimsoq, piyoz yoki qalampir va zanjabil kabi ziravorlar bilan tayyorlangan taomlar, o‘t ustida pishirilgan go‘shtlar(kabob) va shirinliklar qish fasli uchun xos. Sovuqlikni oshiruvchi mahsulotlardan saqlanish lozim. Qishda mizoji issiq, yozda sovuq va iliq ovqatlarni iste’mol qilish kerak. Oziq ovqat mahsulotlarining mizoji o‘ta sovuq va o‘ta issiq bo‘lmasligi lozim. Qadimgi tabiblarimiz usuliga muvofiq go‘shtli palov va tovuqli kabob mizojni “me’yorlashtiruvchi” bo‘lib yilning to‘rt faslida iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Nomuvofiq yeguliklar

Ayrim mahsulotlar aralashtirilib yeyilmaydi. Qadimgi tabiblarimiz bu mavzuda quyidagicha maslahat berishadi:
  • Yogurt(qatiq) va pishmagan uzumdan tayyorlangan taomlar birgalikda iste’mol qilinmasligi kerak.
  • Olxo‘ri, yovvoyi o‘rik, shaftoli va nordon anorlarni ketma-ket yeyish mumkin emas.
  • Sirka qo‘shilgan ovqatlar: pishmagan uzum, sho‘r baliq yoki quritilgan go‘sht bilan yeyilmaydi.
  • Guruch sirka bilan iste’mol qilinmaydi.
  • Yosh kabutar go‘shti, sarimsoq, piyoz va xantal bilan yeyilmaydi. Agar bu uch mahsulot yosh kabutar go‘shti bilan birga iste’mol qilinsa ular qonni qaynatadi va teri kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin.
  • Tovuq qatiq bilan pishirilmasligi kerak.
  • Tovuq go‘shti baliq bilan birga yeyilmaydi.
  • Tovuq go‘shti nordon ovqatlar bilan me’yorida iste’mol qilinishi kerak. Agar me’yordan ortsa qorin og‘rig‘iga sabab bo‘lishi mumkin.
  • Meva iste’molidan keyin muzdek suv ichilmaydi.
  • Piyoz sarimsoq bilan birga yeyilmaydi.
  • Bir kunning o‘zida sut va vino ichish podagra kasalligiga olib keladi.
  • Toza baliq, sut, sut mahsulotlari, toza pishloq va tuxum birga iste’mol qilinmaydi. Baliq bilan birga iste’mol qilinmaydigan mahsulotlar ichida tuxum birinchi o‘rinda keladi. Hattoki shu oddiy qoidaga rioya qilmaslik o‘limga sabab bo‘lishi mumkin deyiladi.
  • Baliq iste’molidan keyin suv ichmaslik kerak. Ammo chanqoqlikka sabr qilish kerak.
  • Qatiq bilan baliq iste’mol qilinmaydi.
  • Go‘sht iste’mol qilish ayniqsa yerda yuruvchi hayvonlar go‘shti bilan baliqni birgalikda yeyish juda zararlidir. Surunkali kasalliklarga olib kelishi mumkin.

© Abdukarim USMONXO‘JAYEV, tibbiyot fanlari nomzodi. Anvar QOSIMXO‘JAYEV, tibbiyot fanlari nomzodi. Fahriddin IBRAGIMOV, tadqiqotchi.

"Sihat-salomatlik" jurnali.

ico
Oqilona (ratsional) ovqatlanish nima?

Oqilona (Ratsional) ovqatlanish bu:

Maktab yoshida ayniqsa, o‘smirlik davrida nooqilona ovqatlanish natijasida kelib chiqadigan oqibatlar:

  • Kamqonlik;
  • Semirib ketish yoki ozish;
  • Ovqat hazm qilish tizimi a’zolari faoliyatining buzilishlari;
  • Aqliy va jismoniy rivojlanishdan orqada qolish;
  • Odam umumiy quvvati – immunitetining pasayishi va uning oqibatida yuqimli kasalliklarga chalinishga moyillik.

FAST FOOD ta’omlaridan – lavash, hot-dog, gamburger, shaurma, chips singarilarni, suniy shakarli gazlangan shirin ichimliklarni kunda, muntazam iste’mol qilish ham sog‘likka putur yetkazadi.

Abu Ali ibn Sino uyqudan oldin yeyilib, oshqozonda turib qolgan ovqat zahri koʻkrak-miya kanali orqali miyaga bugʻlanib oʻtib, uni zaharlaydi, feʼlni tajang qiladi, deb yozadi. Uyqu va oxirgi tanovul oʻrtasida 3-4 soat vaqt oʻtishi lozim. Shu bois kechki paytda yengil hazm boʻladigan ovqat isteʼmol qilish va yongʻoqlar, qovurmalar, yogʻli goʻsht, tvorog kabilardan saqlangan maʼqul.

Bir ovqat oshqozonda toʻliq hazm boʻlmasdan yana ovqat yeyish ham zararli. Eng yaxshisi, kuniga 2 mahal ovqatlanishdir.

Ovqatlanish vaqtida chalgʻitadigan, kayfiyatni oʻzgartiradigan taʼsirlardan (televizor,kitob va hokazo) holi boʻlgan maʼqul. Chunki kayfiyat asosiy tarkibi suvdan iborat boʻlgan yemagingizga koʻchadi. Asabiylashganda oshqozon mushaklari ham taranglashadi va hazm qiluvchi fermentlar ishlab chiqarilishi susayadi, natijada ovqat uzoq vaqt oshqozonda turib qoladi.

Ovqatlanganda oshqozoningizning choragi boʻsh qolgani maʼqul. Oshqozon ogʻirlik hissini sezguncha toʻyib ovqatlanish uning devorlaridagi qon tomirlar kengayishi hisobiga miyaga qon kamroq etib boradi. Odamda lanjlik paydo boʻladi.
Baʼzilar ovqatni qaynoq holda isteʼmol qiladi. Bu qiziloʻngach rakiga sabab boʻlishi mumkin. Ovqat yozda iliqroq, qishda issiqroq holda tanovul qilingani maʼqul.
Ovqatga ziravorlarni tanlab ishlatish foydali. Ular nafaqat hazm jarayonini yaxshilaydi, balki zararli mikroorganizmlarni yoʻqotish xususiyatiga ega.

Ta’omlanishning odoblari!

(Muhammad Sodiq Qoshg‘ariyning «Yaxshi kishilar odobi» kitobidan)

  • Adabi avval – taomni kam yeyiladi. Va durust ochlik yuz bermasa taom yeyilmaydi va yana taomni ta’bida bir oz ochlik qoldirib yeyiladi;
  • Kattalar taomga qo‘l uzatmaguncha kichiklar qo‘l uzatmaydilar;
  • Yeb-ichish o‘ng qo‘lda bajariladi;
  • Taomni o‘z oldidan oladi;
  • Nonni ikki qo‘l bilan sindirilib, bo‘laklarga bo‘lib yeyiladi;
  • Taomlanish vaqtida, garchi och bo‘linsa ham tez-tez, shitob bilan yeyilmaydi;
  • Luqmani katta ham, kichik ham emas, o‘rtacha olinadi va og‘izda luqma yaxchi chaylanib, ohista yutiladi.;
  • Taom ustida boshdan oxirigacha xomush o‘tirish mumkin emas. Hech qanday taom kamsitilmaydi;
  • Agar imkon bo‘lsa taom tanho yeyilmaydi, negaki ko‘p qo‘l uzatilgan taom barakali taomdir;
  • Ayrim taomlardan so‘ng tishni hilol cho‘p bian kavlash mumkin;
  • Qo‘l taomlanishdan ilgari ham, so‘ng ham yuviladi;
  • Taom yeb bo‘lingach hamd va duo aytiladi, so‘ng taom egasini duo qilinadi.

© Jamolxon o‘g‘li Mubashshir Qosim.
Gastroenterolog.