Bola dunyoga kelishi katta baxt, lekin uni to‘g‘ri parvarishlab voyaga yetkazish esa ancha mashaqqat tug‘diradigan vazifalardan biridir. Shu sababdan bu baxtga muyassar bo‘lgan onalar uchun bolaning sog‘lom bo‘lib o‘sishi uchun har bir organda bo‘ladigan jarayonlarga qarshi zarur tavsiyalar berilgan.
Foydali tavsiyalarlar...
Kindik - Yangi tug‘ilgan chaqaloqning yo‘ldoshidan qirqib olingan qismi, ya’ni kindigi 7-14 kun ichida tushib, yara joyi butkul bitadi. Ba’zi paytlarda bu holat cho‘zilishi mumkin. Tug‘ruqxonadan chiqqandan so‘ng chaqaloqning kindigi maxsus parvarishga muhtoj bo‘lmaydi. Chaqaloqning kiyimini har kuni almashtirish va kiydirishdan oldin albatta, dazmollash zarur. Agar chaqaloqning kindigidan qizg‘ish suyuqlik ajralsa yoxud noxush hidni sezsangiz zudlik bilan xirurgga yoki oilaviy shifokoringizga murojaat qiling.
Teri - Ko‘pchilik hollarda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning yuz va tana terisida qizg‘ish tusdagi dog‘lar, toz suyagi sohasida esa ko‘kimtir tusdagi dog‘lar bo‘lishi mumkin. Bu dog‘lar ma’lum bir muddat o‘tishi bilan o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. Chaqaloqning burun sohasidagi oq donachalarga esa onaning xavotirlanishi o‘rinsiz, chunki bu tabiiy hol bo‘lib, u alohida parvarishni talab etmaydi va chaqaloq rivojlangan sari yo‘qolib boradi.
Sochlar - Ba’zi chaqaloqlar qalin sochlar bilan dunyoga kelishsa, ba’zi birlari esa sochlari kam holda tug‘ilishadi. Bu qorin sochlari hisoblanib, chaqaloq rivojlanish davrida to‘kilib, ularning o‘rnida yangi sochlar o‘sib chiqadi. Shu bilan birga chaqaloqning peshona va tana qismida ham mayda yumshoq sochlar bo‘lishi mumkin, bu sochlar ham vaqt o‘tishi bilan yo‘qolib ketadi.
Liqildoq - Chaqaloqning bosh sohasini ushlab ko‘rganda yumshoq va tomir urib turgan joyni sezish mumkin (katta liqildoq) sal pastroqda, ya’ni ensa sohasida kichik liqildoq mavjud. Bir necha oy ichida bu sohalarda suyak rivojlanadi. Bosh terisi esa juda ham qalin bo‘lib, bolani cho‘miltirishda hech qanday xavf tug‘dirmaydi.
Ko‘zlar - Yangi tug‘ilgan chaqaloqning ko‘zlari shishgan yoki uning ichida qizil dog‘lar bo‘lishi mumkin. Bu normal hol hisoblanadi. Agar bu holat bir haftadan ortiq davom etsa, zudlik bilan okulistga murojaat qilish zarur.
Og‘iz - Chaqaloqning og‘iz bo‘shlig‘idagi oq rangdagi dog‘lar infeksiya mavjudligidan dalolat berib, shifokor ko‘rigiga zarurat tug‘diradi.
Lab - Go‘dak lab sohasining tepa qismidagi shish normal hisoblanib, onaning xavotirlanishiga o‘rin yo‘q.
Ko‘krak qismi - Yangi tug‘ilgan chaqaloqning ko‘krakchalari sal shishgan bo‘lishi mumkin. Bu shishlarni siqish man etiladi, aks holda siz ko‘krak bezlariga shikast yetkazishingiz mumkin. Agar siz bilmagan holda ko‘krak bezlarini siqqan bo‘lsangiz, unda ilitilgan kamfor yog‘i bilan kompress qilish zarur va zudlik bilan shifokorga murojaat eting.
Ich kelishi - Chaqaloq hayotining ilk kunlarida ich kelishi biroz ko‘kimtir shilimshiq holda bo‘ladi, biroq ona suti bilan oziqlana boshlagandan so‘ng ich ketishi normal sariq tusga kiradi.
Peshob - Yangi tug‘ilgan bola tez-tez peshob chiqaradi, shuning uchun tagliklarni tez-tez almashtirib turish zarur.
Jinsiy a’zolar - Qiz bolalarning tashqi jinsiy a’zolari shishgan va ba’zi hollarda qonli ajralmalar kelishi mumkin, bu normal holdir. O‘g‘il bolalarda esa peshob chiqishining og‘riqli kechishi, shish va qizarish holatlari kuzatiladi, bu holat ro‘y berganda mutaxassisga murojaat qilish kerak bo‘ladi.
Bolani sog‘lom va kasalliklarga chalintirmay o‘stirish uchun uni chiniqtirish lozim. Chiniqtirishning asosiy qoidalaridan biri, bu bolaning chiniqtirish paytidagi sog‘lig‘idir. Bola sog‘lom bo‘lishi kerak. Chiniqtirish muolajalari ijobiy ta’sir etishi uchun ularni tez-tez amalga oshirib turish kerak. Chiniqtirish muolajalarini chaqaloq tug‘ilgan davridan o‘smirlik davrigacha davom ettirish mumkin.
Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.
Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.
Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit
Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…
*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Mamlakatimizda 2016-yil “Sog‘lom ona - sog‘lom bola” yili deb e’lon qilinganidan hammamiz xabardormiz. Shu munosabat bilan saytimizning bugungi mavzusini aynan bolalar salomatligiga qaratishga qaror qildik.
Tibbiy jihatdan yosh bolalar turli nomlar bilan tasniflanadi. Ya’ni,
- Go‘dak – bir yoshgacha bo‘lgan bola;
- Chaqaloq - tug‘ulgandan to‘rt haftaligigacha;
Bundan tashqari, ona qornidagi rivojlanishining muddatiga ko‘ra,
- Oy-kuni yetib tug‘ilgan bolalalar – homiladorlikning 38-42 haftasida tug‘ilgan bolalar;
- Chala tug‘ilgan bolalar – homiladorlikning 28-38 hatalari oralig‘ida tug‘ilgan bolalar;
- Yaxshi rivojlanmagan bolalar – ona organizmidan tashqarida ya’ni tashqi muhitda yashashga moslashmagan chala tug’ilgan bolalardir. Bundan tashqari, oy-kuni yetgan lekin turli omillar (tamaki, spirtli ichimlik, narkotik, jinsiy kasalliklar, infeksion kasalliklar, noqulay tashqi muhit, turli kimyoviy preparatlar ) ta’sirida ham homila yaxshi rivojlanmasligi mumkin.
- Muddatidan o‘tib tug‘ilgan bolalar – homiladorlikning 42- haftasidan keyin o‘ziga xos belgilar, bosh suyagi qattiqligi, terisi ujmaygan, markaziy asab tizimi kamchiligi, bilan tug‘ilgan bolalar.
Tug‘ilgandan keyin bola organizmida anchagina o‘zgarishlar yuz beradi. Masalan, ona organizmidan kislorod, ozuqa kelishi to‘xtaydi. Birinchi chinqirish bilan o‘pkalar o‘z faoliyatini boshlaydi, bola mustaqil nafas ola boshlaydi. Qon aylanish hamda moddalar almashinuvi o‘zgaradi. Chaqaloqlik davrida barcha a’zolar tashqi muhitga moslasha boradi, shakllanadi va davr oxiriga kelib moslashish tugaydi. Endi bolada shakllanish, o‘sish jarayonlari tezlashadi. Ya’ni, jismoniy va ruhiy-psixik jihatda bola rivojlana boradi, barcha a’zolarning funksiyalari takomillashadi.
Go‘dak vazni va bo‘yi
Oy-kuni to‘lib tug‘ilgan bolaning vazni o‘rtacha 3200-3500 gramm, bo‘yi esa 49-53 sm ni tashkil etadi. Chala tug‘ilgan bolaning vazni odatda 2550 gr dan, bo‘yi 47 sm dank am bo‘ladi. Muddatidan o‘tib tug‘ilgan bolaning vazni 4000 gramdan ortiq bo‘ladi, bo‘yi ko‘p o‘zgarmaydi. Chaqaloq hayotining dastlabki, 3-4 kunida vazni 100-300 gramga kamayadi. Ya’ni, normal fiziologik vazn kamayishi sodir bo‘ladi. Bu vaqtda chaqaloq onasi yoki oila a’zolari xavotirlanishi shart emas. Lekin, vazn juda kamayib ketsa, darhol chaqaloqni pediatr ko‘rigiga olib boorish zarur. Ikkinchi hafta oxiriga borib bola tug‘ilgandagi vazniga yetib oladi. Endi esa bolaning bir yoshgacha bo‘lgan bo‘y o‘sishi va vazn ortishini tartiblab ko‘satsak:
- Birinchi oy oxirigacha bola vazni 700-800 gramga ortadi;
- 4-5 oygacha bolalar vazni 2 barobar ortadi;
- Yil oxiriga kelib, bir yoshga to‘lgach uning vazni 10 kilogramga yetadi.
- Dastlabki, 3 oyda bola bo‘yi 2.8-3 sm dan har oyda o‘sadi;
- 4-6 oyda 2,5 sm dan o‘sadi;
- 7-9 oylarida 1,5-2 sm atrofida o‘sadi;
- 10-12 oylarida 1 sm dan oshadi.
O‘rtacha hisobda hayotining birinchi yilida gavda uzunligi 25 smgacha oshib, yil oxirida 75 smni tashkil etadi. Chala tug‘ilgan bolaning yillik bo‘y o‘sish ko‘rsatkichi 25-44 smni tashkil qilib, bir yoshida bola 68-73 smga tenglashadi.
Mavzuga aloqador maqola: Bola liqildog‘i haqida
Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.
Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.
Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit
Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…
*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Odatda chaqaloq 6 oyga to‘lganida unga qo‘shimcha ozuqa berila boshlanadi. Standart holda ko‘pincha ilk ozuqa sifatida meva, sabzavot va don mahsulotlari tavsiya qilinadi. Muammo shundaki, chaqaloqlar don mahsulolarini hazm qilishga tayyor emas. Bola tahminan 3 yoshlarigacha don mahsulotlarini yaxshi hazm qila olmaydi.
Muammo shundaki, chaqaloqlar don mahsulolarini hazm qilishga tayyor emas. Bola tahminan 3 yoshlarigacha don mahsulotlarini yaxshi hazm qila olmaydi.
1 yoshgacha bo‘lgan bolaga berilgan guruch yoki sulili bo‘tqalar nafaqat yaxshi hazm bo‘lmaydi, balki organizmda minerallarning yaxshi o‘zlashishiga to‘sqinlik qiladi. Bunga sabab bola organizmi bunday mahsulotlar hazmi uchun kerakli enzimlarni ishlab chiqarilmasligidir. Don mahsulotlaridagi fitin kislotasi esa organizmda umumiy mineral tanqisligini yuzaga keltirishi isbotlangan.
Meva va sabzavotlar antioksidantlarga boy bo‘lsada, ularda chaqaloq organizmi uchun zarur bolgan amino-kislotalar, kerakli vitaminlar, minerallar yetarli emas. Buning ustiga, meva–sabzavotlarda kaloriya juda kam, o‘sayotgan bolaga esa kaloriyaga boy ozuqalarni asosiy ozuqa sifatida tanlash lozim. Shu sababli meva va sabzavotlar bola uchun asosiy va yagona ozuqa manbai bo‘la olmaydi.
Meva va sabzavotlar antioksidantlarga boy bo‘lsada, ularda chaqaloq organizmi uchun zarur bolgan amino-kislotalar, kerakli vitaminlar, minerallar yetarli emas.
Chaqaloq uchun ona sutidan keyingi ideal ilk ozuqalar qaysi?
Bola don mahsulotlarini yaxshi hazm qilmasa, meva-sabzavotlar bola organizmini yetarli ozuqalar bilan ta’minlamasa, unda bolaga nima yedirish kerak?
[su_quote] O‘sayotgan va endi shakllanayotgan bola uchun asosiy ozuqa oqsil, foydali yog‘lar, foydali xolesterin, oson o‘zlashuvchi temir va ruxga boy bo‘lishi lozim! [/su_quote]
O‘sayotgan va endi shakllanayotgan bola uchun asosiy ozuqa oqsil, foydali yog‘lar, xolesterin, oson o‘zlashuvchi temir va ruxga boy bo‘lishi lozim! Demak bolaning ona sutidan keyingi ilk ozuqalari mol go‘shti, qo‘y go‘shti, organ go‘shtlari (jigar, yurak, til va boshqalar), tuxum, qush go‘shti (tovuq va boshqalar), baliq va yangi sog‘ilgan sut mahsulotlari bo‘lishi lozim.
Hayron bo‘layapsizmi?
Hayron bo‘lishingiz tabiiy, ammo ilmiy manbalar bu ma’lumotni tasdiqlaydi. «Pediatrik oziqlanish: asosiy fan, klinik dasturlar» profesional darsligida aytilishicha, hayvon manbaidan olingan ozuqalargina bola organizmnini yetarli mikro-elementlar bilan ta’minlay oladi va ilk ozuqa sifatida bo‘tqa holiga keltirilgan go‘shtni oqsil, temir va rux manbai sifatida tavsiya qiladi. Ilmiy maqolalar, Amerika Pediatriya Akademiyasi yuqoridagi tavsiyalarni berishiga qaramasdan Amerikada (va boshqa joylarda ham) ota-onalarga donli mahsulotlar va meva-sabzavotlarni chaqaloqning ilk ozuqasi sifatida tavsiya qilinishi hanuz davom etmoqda.
Chaqaloqlar hazm tizimida oqsil, yog‘ va xolesterinni hazm qiluvchi enzimlar ishlab chiqariladi, shu sababli hayvon mahsulotlarini yengil hazm qila oladi. Shu sababli bo‘lsa kerak, qadimdan chaqaloqning ona sutidan keyingi ilk ozuqasi hayvon mahsulotlari bo‘lib kelgan.
Hayvon mahsulotlarini ko‘p yeyish shart emas. Hayvon mahsulotlari ozgina yeyilsa ham organizmni yuqori kaloriya va yetarli ozuqaviy moddalar bilan ta’minlaydi. Hayvon mahsulotlari organizmni barcha amino-kislotalar, oson o‘zlashuvchi minerallar, antioksidantlar, vitaminlar (B12, A, D3) bilan ham ta’minlaydi.
Albatta, iste’mol uchun tanlangan hayvon mahsuloti sifatli manbadan bo‘lishi ham ahamiyatli. Sifatli manba – tabiiy hayot tarzini kechiruvchi, ya’ni yaylovda, quyosh va toza havoda boqiluvchi hayvonlardir. Fabrika sharoitida tor joyda, hayvon uchun notabiiy yem yediriladigan hayvonlar sifatsiz manba hisoblanadi. Sigir, qo‘y kabi hayvonlarning asosiy yemishi yashillik bo‘lishi lozim. Bu hayvonlar doim don yoki shu kabi ozuqalar bilan boqilsa yoki ularga boshqa notabiiy yemlar yedirilsa, bunday hayvon mahsuloti sog‘lom manba hisoblanmaydi. Notabiiy yem yeydigan hayvonlar odatda ko‘p kasallanadi, shu sababli bunday hayvonlarga antibiotik kabilar ham doim berib turiladi. Hayvonlarni semirtirish yoki sutini ko‘paytirish uchun sun’iy gormonlar beriladigan hayvonlar ham tabiiyki sog‘lom manbaga kirmaydi.
Maqola manbasi sifatida doktor, uzoq yillik malakali pediatr, «Healing the Whole Child» bolalar shifoxonasi asoschisi va tabiiy davolash yondashuvida ish ko‘ruvchi mutahassis Katerin Elrichning «Bolalar uchun super ozuqalar» ( Super Nutrition for Babiyes ) kitobidan foydalanildi.
© Feruzabegim.
Uzshifo.info nashri
Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.
Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.
Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit
Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…
*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
To‘rt oylikkacha bo‘lgan go‘daklarning 65 foizdan ko‘prog‘i kuniga hech bo‘lmaganda bir marta emgan sutini qayt qiladi. Aslida bu me’yoriy holat hisoblanadi. Chunki, go‘daklarning oshqozon-ichak yo‘li tuzilishi va ishlashi qayt qilishga moyil bo‘ladi. Go‘dak oshqozoni gorizontal holatda, qizilo‘ngach qisqa va to‘g‘ri, oshqozonga kirishini berkitib turadigan sfinkter-mushak yetarlicha rivojlanmagani tufayli iste’mol qilingan ovqat osonlik bilan oshqozondan qizilo‘ngachga, undan esa og‘iz bo‘shlig‘iga tushadi.
Ovqat hazm qilish uchun javobgar ba’zi fermentlarning yetishmasligi, shuningdek muddatidan oldin tug‘ilgan va kam vaznli go‘daklarda ko‘proq kuzatiladigan nafas olish, so‘rish va yutish jarayonlarining yetarlicha o‘zaro muvofiqlashmaganligi ham qayt qilishga moyillikni oshiradi.
Bola o‘sa borgani sari ovqat hazm qilish tizimi to‘liq shakllanadi. Shundan so‘ng qayt qilish o‘z-o‘zidan kamayadi. Bungacha esa bola garchi sog‘lom bo‘lsada, ovqatlantirish payti, ovqatlantirib bo‘lingach yoki undan biroz o‘tib emgan sutini qayt qilib turishi mumkin. Bunday hol bolaning kayfiyati, umumiy ahvoli va tana vazni ko‘rsatkichiga mutlaqo ta’sir ko‘rsatmaydi.
Kichkintoy tetik va quvnoq o‘sib, rivojlanishdan ortda qolmasa, qayt qilishi onda-sonda, ko‘p miqdorda bo‘lmasa xavotirlanishga asos yo‘q. Demak, bu fiziologik xol hisoblanib, bola 6-8 oylik bo‘lgunicha o‘tib ketadi.
Ba’zida qayt qilish
Ba’zida qayt qilish turli kasalliklarning belgisi bo‘lishi mumkin. Go‘dakda nevrologik buzilishlar bo‘lganida qayt qilishlar soni odatdagidan ko‘payadi. Tishlari chiqayotganida ham bola tez-tez qayt qilib turadi.
Bolada qayt qilish bilan birga tana haroratining balandligi va suyuq ich ketishi ro‘y bersa, bu ichak infeksiyasining belgisi ekanligi ehtimoldan xoli emas. Ayrim hollarda esa qayt qilishlar oshqozon-ichak yo‘li rivojlanishida nuqsonlar borligidan darak beradi.
Har qanday holatda ham shifokor ko‘rigidan o‘tgandan so‘nggina bolaga aniq tashhis qo‘yiladi. Shu sababli, agar qayt qilish doimiy tus olsa, oldini olish uchun qilingan chora-tadbirlar yordam bermasa, bola ko‘p miqdorda qayt qilayotgan bo‘lsa, o‘zini yomon his qilsa, uni shifokor ko‘rigiga olib borish zarur.
Ovqatlantirish qoidalariga amal qilinsa va hech bir kasallik aniqlanmasada ko‘p qayt qilish saqlanib qolaversa, oila shifokori va pediatr tavsiyasi bilan antireflyuks aralashmalar buyuriladi.
Bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan maxsus AR-aralashmalar tarkibida turli quyuqlashtiruvchilar bo‘lib, ular ovqatni oshqozonda ushlab qoladi va qayt qilinishining oldini oladi.
AR-aralashmalar qayt qilishlar tugagunicha bola taomnomasiga qisman kiritiladi. Kamdan-kam holatlardagini bolaga sut va oddiy aralashma o‘rniga faqat antireflyuks aralashma berish uchun ehtiyoj tug‘iladi.
AR-aralashma berish davomiyligini pediatr aniqlaydi. Zarur deb topilgan hollarda oila shifokorlari oshqozon-ichak yo‘lining ishini me’yorlashtiruvchi dori vositalarini ham buyurishi mumkin.
Ko‘p hollarda bolani to‘g‘ri ovqatlantirish qoidalariga amal qilish orqali qayt qilish bilan bog‘liq muammolar ijobiy hal etilishi mumkin.
© Gulira’no USMONOVA,
pediatr shifokor, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
"Sihat-salomatlik" jurnali.
Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.
Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.
Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit
Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…
*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Nega bola tinmay qichqirib yig‘lamoqda?
Siz tomondan quyidagilar talab etiladi:
1. Bolada aynan vrach yordami talab qilinadigan holat-mi yo‘q-mi? aniqlash kerak:
Vahima qilish kerak, agar:
- Bolaning to‘xtamay qusayotgan bo‘lsa;
- Bola tanasini oqarib ketgan bo‘lsa;
Agar bu ikki simptom kuzatilmay bola ko‘rinishi yaxshi bo‘lsa, ko‘rinishi kasalga o‘xshamasa, u holda vrachni chaqirish hojati yo‘q.
Aniqlang: bola badanida og‘riq yo‘q-mi?
Bolani yechintirib quyidagilarga ahamiyat berib chiqing:
- Bolaning qo‘li yoki oyog‘ining qimmirlashi o‘zgarmaganmi?
- Tanasida oldin siz ko‘rmagan shish yoki qizarishlar yoq-mi?
Agar qandaydir g‘ayrioddiy narsa sezgan bo‘lsangiz vrachga murojaat qiling. Ko‘pincha yuqoridagi o‘zgarishlar bolani yiqitib yuborganda kuzatiladi.
- Bola soni egiladigan joyda (qorin tagi) shishlar yo‘q-mi?
Bu holat ichak o‘tkazish yo‘llarida grija yoki ichak o‘tkazish sistemasi buzulganligidan dalolat beradi va tibbiy yordamni talab etadi.
- Bola qornini ushlab ko‘ring. Tarrang bo‘lib ishgan emas-mi? Yoki siz tegsangiz bola battar qichqirib yuborayotgani yo‘q-mi?
Bunday holatning sababi ichak yo‘llarining buzulishidadir. Lekin ko‘pincha bu holat bilan birga qusish, bola tanasining oqarib ketishi va umumiy holsizlik kuzatiladi. Bola qornining aynan yig‘lash payti emas sal tinganida ko‘rish kerak. Chunki yig‘layotgan bola qorni tarrang bo‘ladi.
- Bola tagliklari yopishgan joylarida qattiq qizarish yo‘q-mi?
Bu juda katta og‘riq keltirishi mumkin.
- Bola burnidan quyuq sariq suyuqlik chiqmayapti-mi?
Bu quloq yallig‘lanishi bo‘lishi mumkin.
- Bola kattasini qilaman deb kuchanmayapti-mi, yoki sizning kuzatishlaringiz bo‘yicha 2 kundan beri ichi kelmagan-mi?
U holda gliserin svechalaridan foydalangan holda bola ichini yumshating va qornini soat strelkasi bo‘yicha iliq qo‘l bilan sekin-sekin silang.
- Bola milklari ishib so‘lagi ko‘p oqmoqda-mi?
Bu hol tishi chiqayotganidan dalolat beradi.
- Bola tanasini yaxshilab ko‘rib chiqing, odatda hatto soch barmoq atrofida aylanib qolishi bolaga noqulaylik keltirishi mumkin.
Agar yuqoradigalardan siz hech narsa bolangizda topmagan bo‘lsangiz, u holda quyidagilarga nazar soling:
- Yaqin orada bolaga yangi mahsulot berishni boshlamagan edingiz-mi? Agar emizayotgan bo‘lsangiz, o‘zingiz yangi bir mahsulotni, oldin iste’mol qilmagan mahsulotni yeb qo‘ymadingiz-mi? Yoki smes berayotgan bo‘lsangiz, smes turini almashtirmagan edingiz-mi?
- Balki bolangiz psixologik nuqtai nazardan xafa bo‘lmoqda holos. Agar bolada jismoniy yoki allergik sabablarni ko‘rmagan bo‘lsangiz, u holda bolani mehr bilan tinchlantirishga uruning.
- Bolani quchog‘ingizda olib ko‘chaga olib chiqib aylanib keling;
- Emizib ko‘tarib yuring;
- Bola massajidan foydalaning, ayniqsa qorin massaji foydali bo‘ladi.
Agar yuqoridagilardan kelib chiqqan harakatlaringiz yordam bermay, bolangiz hali ham tinmay yig‘layotgan bo‘lsa, u holda vrachga murojaat qiling.
Foydali maqola:Chaqaloq ko‘p yig‘lashiga sabab nima?
Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.
Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.
Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit
Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…
*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Butunjahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti tavsiyalariga ko‘ra ko‘krak suti balan parvarishlanayotgan bolalar 6 oylik bo‘lgunlaricha ularga suv ichirmasa ham bo‘ladi. Chunki barcha kerakli suyuqlikni go‘dak ona sutidan oladi. Sun’iy aralashmalar berib boqilayotgan bolaga ovqatlanishlar oralig‘ida 20-30 millilitr (bir oshqoshiq) suv berish mumkin.
Chaqaloqqa qancha suv ichirish kerak?
Ko‘pchilik onalar “Chaqaloqqa qancha suv ichirish kerak?” deb so‘rashadi. Aytish joizki, bunda go‘dak organizmining suvga ehtiyoji ham hisobga olinadi. Demak, sog‘lom go‘dakka suvni majburlab ichirish kerak emas. O‘zi qancha hohlasa shuncha ichsin, lekin me’yordan oshmasin. Ovqatlantirish o‘rniga suv berish ham noto‘g‘ri. Bola ochlik va chanqoq hissini adashtirmasligi lozim.
Issiq kunlarda bolaga suvni faqat ovqatlantirishlar oralig‘ida, ya’ni kun davomida bir oylik chaqaloqlarga 60 millilitr (uch qoshiq)dan, 3 oylikkacha bo‘lganlariga 60-130 millilitr (3-6 oshqoshiq)dan, yarim yoshgacha 130-180 millilitr (6-12 oshqoshiq)dan, 6 oylikdan 1 yoshgacha 260 millilitr (1 stakan)dan ko‘p suv bermaslik kerak. Bolaga beriladigan suv toza, uzoq turib qolmagan, gazsiz bo‘lishi kerak.
Bola salomatligida ayrim muammolar bo‘lganida pediatr bilan maslahatlashgan holda unga giyohli choylar ichirish ham mumkin. Bunda bolaning yoshiga bog‘liq ko‘rsatmalarga amal qilish lozim.
Giyohli choylarni ichirish
Giyohli choylarni ichirishni oz-ozdan boshlab, miqdori sekin-asta ko‘paytiriladi. Umuman, bolalarga duch kelgan giyohli choy ichirishdan avval shifokor bilan maslahatlashgan ma’qul.
Bolaning ichi qotganda va qorni dam bo‘lganda moychechakli choy ichirish yordam beradi. Buning uchun moychechak gullarining bir oshqoshig‘i ustidan bir stakan qaynoq suv quyiladi va ustiga qopqoq yopib 1,5 soatga qoldiriladi. So‘ng dokadan suzib o‘tkazilib, bolaga kuniga 3-4 mahal ovqatlantirishdan oldin bir oshqoshiqdan ichiriladi.
Ichak sanchig‘ida va ishtaha buzilganida arpabodiyon (fenxel) damlamasi yordam beradi. Bu ichimlik arpabodiyon urug‘laridan tayyorlanadi. Bir oshqoshiq arpabodiyon urug‘i ustidan bir stakan qaynoq suv quyib ikki soatga damlab qo‘yiladi. Damlama dokadan suzib o‘tkazilgach bir oylikdan oshgan go‘dakka iliq holida ovqatlantirishlar oralig‘ida kuniga 3-4 mahal bir desert qoshiqchasida beriladi. Arpabodiyon ovqat hazm bo‘lishini yaxshilaydi, oshqozon shirasi ajralishini rag‘batlantiradi, ichak peristaltikasini kuchaytiradi. Bu esa ovqat yaxshi hazm bo‘lishi va so‘rilishini taminlaydi. O‘simlik tarkibidagi moddalar gaz yig‘ilishining oldini olib, ularning ichakdan tezda o‘tib ketishiga sharoit yaratadi.
Jo‘ka (lipa) li choy shamollash, yallig‘lanishga qarshi va siydik haydovchi ta’sirga ega. Bunday choy tayyorlash uchun lipa gullarining bir choyqoshig‘i ustidan bir stakan qaynoq suv quyilib, yarim soatga damlab qo‘yiladi. So‘ng dokadan o‘tkazilib, iliq holida 4 oylikdan oshgan bolaga kuniga bir necha mahal taklif etiladi.
Chakanda (oblepixa) li choy avitaminoz va anemiyaning oldini oladi, yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Bunday choyni tayyorlash uchun chakandaning quritilgan mevalarini bir choyqoshig‘ining ustidan bir stakan qaynoq suv quyib, bir yarim soatga damlab qo‘yish kerak. So‘ng dokadan suzib o‘tkazib, iliq holida 5 oylikdan oshgan bolaga ovqatlantirishlar oralig‘ida bir oshqoshiqdan ichiriladi.
Issiq kunlarda go‘dak yetarli miqdordagi suyuqlikni qabul qilmasa, uning organizmida – suvsizlanish yuzaga kelishi mumkin. Organizm suvsizlanganida go‘dak lanj bo‘lib qoladi, yig‘lashga ham madori bo‘lmaydi. Bunday vaqtda bolada peshob miqdorining kamayishi, lablari qurishi, liqildog‘i cho‘kishi, teri bujmayishi, uyquchanlik, qo‘l va oyoqlarning sovib, oqarishi, puls (tomir urishi) susayishi, ko‘zlar ich-ichiga botishi kabi holatlar ro‘y beradi. Shu singari belgilar kuzatilganda bolaga darhol suv ichirish kerak.
Organizm suvsizlanganda shifokor ko‘rigi ham zarur. Go‘dakka birdaniga ko‘p suyuqlik bera ko‘rmang, aks holda bu uning buyraklariga ziyon yetkazishi mumkin. Ayniqsa issiq yoz oylarida kichkintoyingizni suvsizlanib qolishidan ehtiyotlang.
Ushbu maslahatlarni ham o‘qing: Emizikli onalar uchun pediatrning muhim tavsiyalari
Rayhon MUDARISOVA, pediatr.
"Sihat-salomatlik" jurnali.
Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.
Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.
Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit
Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…
*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda yig‘lash refleksi tabiiy hisoblanadi. Faqat qorni ochganda, tagi ho‘l bo‘lganda, uyqusi kelganida chaqaloqning yig‘lashi me’yoriy holatdir.
Ammo ayrim hollarda chaqaloqlarning qorni to‘ymasligi, ich qotishi va qorni og‘rishi ham uning ko‘p yig‘lashiga sabab bo‘lishi mumkin.
Chaqaloq ko‘p yig‘lasa, xavfsirash asoslimi?
Yangi chaqaloqning haddan ziyod ko‘p yig‘lashi boshqa jiddiy holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Go‘dak tug‘ilgandan so‘ng ayrim sabablarga ko‘ra paydo bo‘luvchi bosh miya ichki bosimi kasalligi va boshqa xastaliklar yuzaga kelish ehtimoli yuqori. Chaqaloqni 10 daqiqadan ortiq yig‘lashi miyada qon aylanishining buzilishiga sabab bo‘ladi. Bu holat esa keyinchalik jiddiy kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bola yig‘laganda ona imkon qadar uni tezroq tinchlantirishga harakat qilishi lozim. Asosan bosh miya ichki bosimi kasalligi bilan tug‘ilgan chaqaloqlar orasida ko‘p yig‘lash kuzatiladi. Shuningdek, raxit kasalligi rivojlanayotgan pallada ham bolada ko‘p bezovtalik bo‘lishi mumkin. Buning asosiy sabablardan biri haqida biroz to‘xtalmoqchimiz.
Epidemiologik ma’lumotlarga ko‘ra homilador ayollarning ko‘pchiligi orasida homiladorlik davridagi kasalliklar va uning asoratlari onaning turmush tarzi yaxshi emasligidan kelib chiqadi. «Homiladorlikdagi xavfli omillar» so‘zi shundan kelib chiqqan.
Homiladorlikdagi xavfli omillar
Quyidagi omillar chaqaloqning ko‘p bezovtalanishi, haddan ortiq ko‘p yig‘lashiga sabab bo‘lishi mumkin. Ya’ni:
– Onaning boshidan o‘tkazgan kasalliklari, turli infeksion kasalliklarga chalinganligi, ayniqsa, u qizilcha, sil, qizamiq, tepki, suvchechak xastaliklari bilan og‘rigan bo‘lsa. Shu bilan birga irsiy kasalliklardan – gemofiliya, qandli diabet, ruhiy-asab va suyak-bo‘g‘im kasalliklari bilan og‘rigan ayollar farzandida yig‘loqilik ko‘p kuzatiladi.
Yana onaning oilaviy sharoiti va jismoniy sog‘lom o‘sganligi hamda bolaning otasi haqida ma’lumotlar yig‘ishga harakat qilinadi.
Chaqaloqlardagi yig‘loqilik, cho‘chish, qo‘rquv kuzatilgan vaqtda ko‘pincha onalardan go‘dakning nechanchi homiladorlik davrida tug‘ilganligi va tug‘ruqning qanday kechganligi, ona ayrim homiladorlikni sun’iy to‘xtatganmi-yo‘qmi (ya’ni, abort haqida) so‘rab-surishtiriladi. Shuningdek, oiladagi boshqa bolalarda kuzatilgan kasalliklar, onada asab kasalliklari bor-yo‘qligi, kun tartibiga qay darajada rioya qilishi va to‘g‘ri ovqatlanishi haqida so‘raladi.
Tug‘ruq davrida bolaning kindik o‘qiga o‘ralishi va tug‘ruq jarayoni og‘ir kechganida, uzoq davom etishi ham chaqaloqlarda ko‘p yig‘lashga sabab bo‘lishi mumkin.
Bir donishmanddan «Qaysi ayol eng chiroyli ayol?» – deb so‘raganlarida, u «Eng chiroyli ayol - bu homilador ayoldir», deb javob bergan ekan. Shunday ekan doimo homilador ayollarimizni asrab-avaylashimiz, ardoqlashimiz, mehr ko‘rsatishimiz kerak. Zero, «Sog‘lom avlod – sog‘lom kelajakdir».
Ushbu maqolani ham o‘qing: Chaqaloq ko‘p yig‘lasa, nima qilish kerak?
© Feruza Jabborova, neonatolog.
"Sog‘lom avlod" gazetasi.
Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.
Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.
Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit
Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…
*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Cho‘kish sabablari
- Alkogoldan mast bo‘lish;
- Insonda yurak kasalliklari mavjudligi;
- Suvga kalla tashlaganda umurtqaning zararlanishi;
- Haroratning keskin farqlanishi.
Cho‘kish turlari
Haqiqiy cho‘kish – bunda nafas yo‘llari alveolalargacha suv bilan to‘ladi. Suv bosimi ostida alveolyar to‘siqchalardagi kapillyarlarning yorilishi natijasida suv va boshqa suyuqliklarning qonga o‘tishi kuzatiladi. Bu eritrotsitlarning parchalanishi, va suv-mineral balansini buzilishiga olib keladi. Asfiktik cho‘kish – bunda suvning nafas yo‘llariga o‘tishi xisobiga laringospazm va nafas yo‘llari spazmi natijasida kislorod yetishmasligi natijasida bo‘g‘ilishi (gipoksiya) kuzatiladi. Sinkopal cho‘kish – bunda nafas va yurak faoliyatini reflektor to‘xtashi natijasida o‘lim kuzatiladi. Cho‘kishning bu turi kuchli emotsional stress yoki sovuq qotish natijasida rivojlanadi.Cho‘kish belgilari
Klinik belgilar cho‘kishning turiga bog‘liq: Haqiqiy cho‘kishlarda teri va shilliq pardalarning ko‘karishi (sianoz), nafas yo‘llaridan pushti ko‘piklarning otilib chiqishi, bo‘yin va yoq-qo‘llardagi venalarning bo‘rtib chiqishi kuzatiladi. Asfiktik cho‘kishlarda teri va shilliq qavatlar sianozi kuzatilmaydi, o‘pkadan mayda pufakchali pushti rangli ko‘piklarning ajralishi kuzatiladi. Sinkopal cho‘kishda kapillyarlar spazmi hisobiga teri oqaradi. Cho‘kishning bu turi xavfsizroq bo‘lib, suv ostida 10 daqiqa va undan ortiq vaqt qolgan paytlarda ham tiriltirish mumkin. Dengiz suvlaridagi cho‘kish, oddiy chuchuk suv xavzalaridagi cho‘kishdan xavfsizroq xisoblanadi. Cho‘kishdagi birinchi yordam reanimatsion tadbirlarni o‘tkazishdan iborat.Suvda cho‘kkan insonga qanday yordam beriladi?
Suvda cho‘kayotgan insonni olib chiqish juda xavfli holat. Inson cho‘kayotgan vaqtda "o‘lim qo‘rqinchi” hisobiga uni qutqarayotgan insonni ham cho‘ktirib yuborishi mumkin. Shuning uchun jismoniy quvvatingiz yetmasa, ikki yoki uch kishi bo‘lib qutqarish kerak. [su_youtube_advanced url="https://www.youtube.com/watch?v=W6E_ePBCzOA" width="480" height="360" showinfo="no" loop="yes" rel="no"]© gepamed.uz
Biroz avval "Nega chivinlar aynan sizni chaqadi? Shunchalik qoningiz "shirin"mi?" maqolasini saytimizda chop etgan edik. Agar sizni chivinlar juda bezovta qilayotgan bo‘lsa, ushbu maqola siz uchun. Maqola orqali siz chivin chaqishiga qarshi va ularni haydashning eng samarali hisoblangan usullari haqida ma'lumotlar olishingiz mumkin.
Birinchi navbatda atrof-muhitning chivin makoniga aylanmasligi uchun nimalar qilish kerakligi haqida ma’lumotlarni ko‘rib chiqsak.
Chivinlarni kamaytirish va yo‘qotish uchun umumiy choralar
Ko‘lmaklarni yo‘qoting
Hovlida turib qolgan suv yoki ko‘lmak bo‘lmasligiga ahamiyat berish kerak. Chivinlar suvga tuxum qo‘yadi. Ularga kichkina qopqoq hajmida suv ham tuxum qo‘shish uchun yetarli. Bu yerda aynan turib qolgan suv haqida gap ketyapti. Yomg‘ir yog‘gach hosil bo‘lgan ko‘maklar quyoshda tez qurib qolsa, ular xavfli emas.
Ko‘rshapalak boqing
Aniqrog‘i, ularning uyingiz atrofida yashashiga halal bermang. Ko‘rshapalaklar chivinlar bilan oziqlanadi va ular mavjud joyda chivinlar deyarli uchramaydi.
Maxsus ekinlar eking
Hovliga chivin zoti yoqtirmaydigan ekinlar eking va qolgan yovvoyi o‘tlarni iloji bo‘lsa kaltalating. Chivin yoqtirmaydigan o‘simliklardan ayrimlari:
[caption id="attachment_8833" align="aligncenter" width="640"] Tagetes lucida[/caption]
- Piretrum margaritkasi (Tanacetum cinerariifolium)
- Marigolds (Tagetes lucida)
- Melissa (Lemon balm)
- Rayhon
- Lavanda
- Evkalipt
- Yalpiz
- Sarimsoq
- Choy daraxti
Chivin chaqishidan himoyalanish uchun qanday oziqlanish kerak?
Chivinlar ham odam tanlaydi. Ular ba’zi insonlarga ko‘proq talpinadi, ba’zilarini esa chetlab uchib o‘tadi. Buning sababi insonning ovqatlanish tarziga ham bog‘liq bo‘lar ekan. Chivinlar uchun "bemaza" bo‘lish sirlari nimada?
- Doim sarimsoq iste’mol qiluvchi insonlarni chivinlar xushlamaydi. Sarimsoqdan tayyorlangan spreylar ham chivinlarni uzoqlashtirishda yordam beradi.
- Ertalab doim limonli (shakarsiz) suv ichib yurish ham chivinlarni sizdan uzoqlashtiradi degan ma’lumotlar mavjud.
- Piyoz, qalampir, sarimsoq, kashnich urug‘larini ovqat bilan doim iste’mol qilish ham yaxshi naf beradi.
- Vitamin B1 ga boy mahsulotlar iste’mol qilish ham chivinlarni sizdan uzoq qiladi.
- Har kuni 1-2 ta petrushka poyasini barglari bilan iste’mol qilib yuradiganlar ham chivinlar ulardan uzoqroq uchishini ta’kidlashadi.
Chivin chaqishidan himoya qiluvchi tabiiy vositalar mavjudmi?
Tabiiy vositalardan eng samarali hisoblanganlari quyidagilardirdir:
Magniy sulfatli aralashma
Magniy sulfatli aralashma chivin haydash uchun eng samarali usullardan hisoblanadi. Bu aralashmani tayyorlash uchun bir xil miqdorda Magniy sulfat, og‘iz chayishga mo‘ljallangan antiseptik suyuqlik (masalan, Listerine) va pivo aralashtiriladi. Bu aralashma atrofga (hovliga) sepiladi. O‘sha yerga anchagacha chivinlar yaqinlashmaydi.
Chivin uchun qopqon
Uni tayyorlash uchun 2 litrlik bo‘sh plastik butilka, 200 gr suv, 50 gr shakar va 1 gr xamirturush kerak bo‘ladi. Butilka 2ga bo‘linadi va pastki qismiga iliq suv va shakar solib eritiladi. Suv erigach droja solib aralashtiriladi. Butilkaning tepa qismini voronkaga o‘xshatib butilkaning pastki qismiga solib qo‘yiladi, chetlari qora rangli lenta bilan qotiriladi. Bu idishni siz o‘tiraidgna joydan uzoqroqqa qo‘yib qo‘yiladi. Droja hosil qiladigan gazlar chivinlarni o‘ziga chorlaydi.
Kofe qoldiqlari
Kofe qoldiqlarini huddi isiriqdek yondirib tutating, chivinlar o‘sha yerni tark etishadi.
Chivin chaqqanidan so‘ng paydo bo‘luvchi teri qichishishini qanday yo‘q qilsa bo‘ladi?
Chivin chaqqan joyga issiqlik qilinsa, teri qichishi tez yoq bo‘ladi. Bunda fendan chiquvchi issiqlikdan foydalansa bo‘ladi. Chivin chaqqan joyga yetarlicha issiq havo to‘g‘rilanadi va taxminan 2-3 daqiqa ushlab turiladi. Juda isib ketsa, teri kuymasligi uchun orada bir necha soniyalik tanaffus qilinadi. Boshida issiqlik juda qichishtiradi, ammo birozdan so‘ng bu qichishish yo‘q bo‘ladi. Fendan chiquvchi havo juda issiq bo‘lishi kerak. Kuyib qolmaslik uchun bu usuldan ehtiyot bo‘lib foydalaning.
Bu usul juda samarali, lekin chivin chaqqan joy ko‘p bo‘lsa biroz vaqt oladi.
Chivin chaqqan joyga quyidagilar surtish umumiy holda tavsiya qilinadi:
- Arnika geli;
- Ezilgan yalpiz barglaridan tayyorlangan pasta;
- Muz;
- Choy daraxti yoki lavanda efir yog‘i;
- Bananning ichki po‘sti;
- Tabiiy olma sirkasi;
- Limon;
- Tuz va suv aralashmasi;
- Aloe suvi;
- Osh sodasi.
Chivinlar nega ba'zi insonlarnigina tanlab chaqishi haqida, MANA BU YERDAN ma'lumot olishingiz mumkin.
© Feruzabegim, bloger.
Gripp va yuqori nafas yo'llarining infeksiyalarini alomatlarini davolash uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Griphotdir.
Griphot bu – alohida paketlarga qadoqlangan eriydigan granulalar.
Har bir paket tarkibi:
Faol moddalar: parasetamol - 500 mg, fenilefrin gidroxlorid - 10 mg, oksalamin sitrat - 100 mg, xlorfeniramin maleat - 2 mg; Yordamchi moddalar: tartarik kislota, limon kislotasi, natriy gidrokarbonat, natriy karbonat, xinolin sarig'i, limon lazzati, Kollidon K-30, saxarin, saxaroza.
Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi - https://apteka.uz/product/gripkhot
Shamollash va grippda balg’am ko’chirish uchun qo'llaniladigan boshqa preparatlar: Teraflyu, Rinil hotmiks, Insti, Sinupret ekstrakt, Rinomaks, ASS va hk.
*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Tug‘ruqxonadan chiqqandan so‘ng bir haftalardan keyin bir maromda uxlayotgan chaqaloqning teri qoplamlari quruqlashib, ichi kelmaydi yoki aksincha tez-tez va suyuq bo‘lib keladi.
Uning onasini emishi kamayadi, qorni og‘rigani uchun bezovta harakatlari ko‘payib, dard sababli yig‘isi kuchayib boradi. Natijada najasida shilliqlar paydo bo‘lib, ichi keta boshlaydi. Bu holat ko‘proq ichak disbiozidan dalolat beradi. Xalq orasida ushbu kasallik disbakterioz deb ham yuritiladi.
[su_quote]Disbioz yoki disbakterioz – ichak mikroflorasining salbiy tomonga o‘zgarishi degan ma’noni bildiradi.[/su_quote]
Ichak mikroflorasining sifat va miqdoriy o‘zgarishi obligat (asosiy) va fakultativ mikrob guruhlari hisobidan bo‘ladi. Me’da-ichak tizimining mikroekologik tizimi ochiq biotsenoz hisoblanadi. Tashqi muhit va hazm yo‘li mikroflorasi orasida doimiy mikroorganizmlar aylanishi sodir bo‘ladi.
Xastalikka qanday omillar sabab bo‘ladi?
Homila organizmiga mikroblar dastlab onaning tug‘ruq yo‘llari orqali o‘tadi. Tug‘ruq yo‘llarida laktobatsillalar miqdori bifidumbakteriyalardan ko‘p hisoblanadi. Ularning qolgan qismi ichak mikroflorasiga mos bo‘ladi. Kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘ilgan bolalarda mikrofloraning bunday tabiiy o‘tishi kuzatilmaydi va ichak biotsenozi shakllanishi buzilgan bo‘ladi.
Chaqaloq tug‘ilgach, uning me’da-ichak tizimiga tashqi muhitdan mikroblar o‘tadi. Asosan birinchi kun oxirida aerob (havoli muhitda rivojlanadigan) mikrofloralar o‘tadi. Kokk, enterobakteriya, zamburug‘ va shartli patogen mikroblar tranzitor disbakteriozni keltirib chiqaradi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqning og‘iz bo‘shlig‘ida Lactobacillus va Strepthococcus salvanus bo‘ladi. Keyinroq ya’ni, 3-4 kun o‘tgach uning yo‘g‘on ichagida laktobatsilla, stafilokokk, streptokokk, esherexiyalar bo‘ladi. Birinchi kunlari ichakda hatto, eng kuchsiz virulent mikroorganizmlar ko‘payishi va ularning koloniyasi bo‘lishi mumkin. Bu mittivoyning me’da-ichak tizimida mahalliy immun tizimning himoya kuchi pastligi natijasidir. Endi tug‘ilgan chaqaloqning ichak mikroflorasi normal rivojlanishi uchun hayotining birinchi soatlaridan ko‘krak suti bilan emizish o‘ta muhimdir. Ushbu holatda 7-8 kunda mikroflora me’yorlashadi.
Ingichka ichak normal mikroflorasi tarkibi
Ingichka ichakda bakteriyalar kam bo‘ladi. Mikroblarning asosiy qismi yo‘g‘on ichakda kuzatiladi. Sog‘lom bolalar mikroflorasi 3 guruhga bo‘linadi:
- Asosiy (obligat) anaerob flora 95-99 foiz – bifudobakteriyalar, bakteroidlar – asosiy fiziologik vazifalarni bajaradi.
- Hamroh (qo‘shimcha) flora esa laktobakteriya, ichak tayoqchalarining me’yoriy shtamlari himoya va hazm qilish vazifalarini bajaradi.
- Qoldiq ko‘rinishidagi aerob soprafit va shartli patogen flora 1 foiz uchraydi.
Ichak normal florasi funksiyalari:
- Hazmning oxirgi bosqichlari – laktozani parchalash, o‘t kislotalar dekonyugatsiyasi, to‘yinmagan yog‘ kislotalarini transformatsiya qilish(tashish).
- B12, foliy kislota, K, B6, B3, PP vitaminlari, biotin kabi vitaminlar sintez qilinadi.
- Yolg‘on antogonistik ta’siri: bifido va laktobakteriyalar shilliq qavatda himoya faoliyatini hosil qilib, o‘tkir ichak infeksiyalariga moyillikni ta’minlaydi.
- Ichak shilliq qavati tuzilishiga ta’siri: regeneratsiya(qayta tiklanish)ni tezlashtiradi, hazm va ozuqaviy moddalarning so‘rilishiga ta’sir qiladi.
- Mahalliy immun tizimni kuchaytiradi.
Normal mikroflora nospesifik himoya vazifasini bajarib, me’da-ichak tizimida biokimyoviy va biologik muhit doimiyligini ta’minlaydi.
Disbioz yoki disbakterioz etiologiyasi (sababi)
Ichak mikroflorasining tiklanishi uzoq davom etadi. Go‘dak tug‘ilganidan so‘ng 6-7 kun o‘tgach, bifidobakteriyalar tanqisligi kelib chiqadi. Natijada shartli patogen flora ko‘pincha stafilokokklarga o‘tadi. Ona autoflorasidagi salbiy tomonga siljish, qin va ichak disbiotsenozi, tug‘ruqxona xodimlarining gigiyena qoidalariga rioya qilmasligi, bolaning ona sutini kech emishi organizmning immun tizimini susaytiradi. Chala tug‘ilgan bolalarda hamda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni sun’iy ovqatlantirish, ularni antibiotiklar bilan davolash mikrofloraning salbiy tomonga o‘zgarishiga olib keladi.
Klassifikatsiyasi
Disbiozni 4 darajasi bor. Uning darajalariga ko‘ra anaerob(havosiz muhitda rivojlanadigan) flora miqdori kamayib boradi. Xastalikning 1-2 darajasida anaeroblar aerobdan ko‘p bo‘ladi, kasallikning 3-4 darajasida anaerob aerobga teng yoki kam bo‘ladi. Dardning hamma bosqichida bifidobakteriya, laktobatsilla miqdori kamayib boradi. Shartli patogen(zararli) flora ko‘payib boradi. Anaerob florada sifat va miqdoriy o‘zgarish bo‘ladi. Me’yorda uning dominant (ustun) bo‘lmagan (bakteroidlar, fizobakteriyalar, litsitinpozitiv klastridiyalar, anaerob kokklar kabi) turlari ko‘payadi.
Klinik manzarasi
Disbioz – bu klinik mikrobiologik tushunchadir. U umumiy va mahalliy immunitet(organizmning xastalikka chidamliligi) pasayishi bilan kechadigan ko‘p kasalliklarning sindromi hisoblanadi. Bunda ingichka ichakda hazm va so‘rilish jarayonlari buziladi. Ichaklarda yel(gaz) hosil bo‘ladi va ularning harakati kuchayadi. Natijada kuchli dispeptik(ich) buzilishlar kuzatiladi. Odatda birinchi haftaning oxirida bemor bolaning qorni dam bo‘lib, unda qusish, emishdan bosh tortish kuzatiladi. Uning ichi suyuq va tez keladi. Go‘dakning axlati yashil, hazm bo‘lmagan, shilliqli, qo‘lansa hidli bo‘ladi. Hazm va so‘rilish jarayonlarining buzilishini bola tana vaznining kamayish ko‘rsatkichlaridan kuzatish mumkin. Agar kasallik cho‘zilgan holda kechsa ko‘p hollarda gipotrofiya (ozib ketish), anemiya, raxit, jigar kattalashishi holatlariga olib kelishi mumkin.
Odatda dispeptik o‘zgarishlar disbiozning 2,3, 4 darajalarida bu xastaliklar kuzatiladi.
Disbioz kasalligini davolash
Ichak disbiozida eng yaxshi davo go‘dak uchun ona suti hisoblanadi. Chaqaloqni emizishning iloji bo‘lmagan hollarda pre yoki probiotiklari bor qo‘shimchalar beriladi.
- “Semfer bifidus” – laktozali va “Omneo”, “Mameks” nomli aralashmalari probiotikli hisoblanadi.
- Probiotikli aralashmalarga esa “Laktofidus” bifidobakteriyalar bilan boyitilgan hamda “NAN” nordon qatiqli – bifidobakteriya va nordon sutli streptokokk bilan boyitilgan mahsulotlar kiradi.
Disbakteriozda dori vositalari bilan davolash ikki bosqichda o‘tkaziladi:
1-bosqich. Mikrob dekontaminatsiyasi ingichka ichakda bakteriya o‘sishi yuqori bo‘lganda, shartli – patogen (zararli) flora aniqlanganda o‘tkaziladi. Mahalliy ta’sir qiluvchi, obligat (asosiy) foydali mikrofloraga ta’sir qilmaydigan dori vositalari tanlanadi.
Bemorda ichakdan tashqari yana boshqa xastalik o‘choqlari bo‘lganda, flora sezgirligiga ko‘ra antibiotikli davo kursi amalga oshiriladi.
Kandidozda zamburug‘larga qarshi dori vositalari qo‘llaniladi.
Ushbu davo muolajasi 1-bosqichda 5-7 kun davom etadi.
Disbiozning 1-darajasida klinik belgilar bo‘lmaganda antibiotiklar qo‘llanilmaydi.
2-Bosqich. Ichak mikroflorasini me’yorga keltirishda probiotiklar qo‘llaniladi (ichakdagi normal florani saqlaydigan dori vositalari), bioterapevtik dori vositalari sifatida ishlatiladigan mikroorganizmlar ham ichak mikraflorasi faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi.
Probiotiklarning ta’sir mexanizmi:
- ichak florasini o‘sishini ta’minlaydi,
- adgeziya reseptorlariga konkurent ta’sirni oshiradi,
- immun tizimini kuchaytiradi.
Shunday qilib emizikli onalar ham go‘daklari sog‘lom bo‘lishi uchun sifatli, to‘yimli hamda to‘g‘ri ovqatlansalar maqsadga muvofiq bo‘ladi. Yana ular chaqaloq xastalanib qolgan holatlarda bolalar shifokoriga o‘z vaqtida murojaat etishlarini tavsiya etamiz. Zero, xoh u emizikli ona, xoh u yangi tug‘ilgan chaqaloq bo‘lsin bemorlik holatida o‘zboshimchalik bilan uyda davolanish yoki atrofdagilarning “beminnat maslahatlari”ga amal qilish yomon oqibatlarga olib keladi.
© Dilfuza TURDIYEVA,
ToshVMOI “Neonatologiya” kafedrasi dotsenti.
"Sog‘lom avlod" gazetasi.
- kechki toksikoz;
- gipertoniya (qon bosimi oshishi);
- buyrakning surunkali kasalliklari;
- 35 yoshdan keyingi homiladorlik;
- qandli diabet;
- anemiya (kamqonlik).
- yo‘ldoshning oldin kelishi yoki erta joyidan ko‘chishi;
- qog‘onoq suvsizlanishi davrining cho‘zilishi;
- kindik tizimchasining o‘ralishi yoki tushishi;
- onada gipotoniya (qon bosimi pasayishi);
- ona va homila qonining immunologik nomutanosibligi;
- tinchlantiruvchi va og‘riqsizlantiruvchi (sedativ va analgetik) dori vositalarining tug‘ruqdan 1-2 soat oldin berilishi.
Kislorod yetishmaganda
Kislorod tanqisligi sabablari qanday bo‘lishidan qat’i nazar, chaqaloq organizmida almashinuv jarayonlari, qon aylanishi, mikrotsirkulyatsiya bilan bog‘lik o‘zgarishlar kuzatiladi. Ularning ifodalanish darajasi gipoksiyaning davomiyligi, homilaning muddatiga yetib tug‘ilishi va neonatal yordamning qay darajada tashkil qilinganligi bilan belgilanadi. Asfiksiyaning asosiy belgisi nafas olishning buzilishidir, bunda yurak faoliyatida o‘zgarishlar kuzatilib, qon aylanishi va asab-mushak o‘tkazuvchanligi izdan chiqadi. Asfiksiyaning og‘ir yoki yengil kechishi Apgar shkalasi bo‘yicha aniqlanadi. Bu shkala 1952 yilda amerikalik akusher Virjiniya Apgar tomonidan taklif qilingan va chaqaloq tug‘ilganidan 1 va 5 daqiqa o‘tgach uning holatiga klinik baho berish orqali o‘tkaziladi. (Bunda yurak qisqarishlari soni, mustaqil nafas olishi, teri rangi, reflektor ta’sirchanlik va mushak tonusi ballar bilan baholab chiqiladi va ushbu ballar yig‘indisiga qarab asfiksiyaning darajasi aniqlanadi.) Lekin hozirgi vaqtda faqat Algar shkalasi buyicha baholash asfiksiyaning birdan-bir mezoni bo‘la olmaydi. Asfiksiya va uning og‘irligining asosiy mezonlarini aniqlashda ilk naonatal davrning kechishi va asfiksiyaning ichki a’zo va tizimlarga bo‘lgan ta’siri darajasi hisobga olinadi. Demak, asfiksiyaning darajasi ilk neonatal davr (hayotining birinchi 7 kuni) kechishiga qarab baholanadi. Asfiksiya bilan tug‘ilgan chaqaloqlar jonlantirish yordamiga muhtoj bo‘lishadi. Jonlantirish muolajasi qancha erta boshlansa, shunchalik ijobiy samara beradi. Bu jarayon tug‘ruq zalida amalga oshiriladi. Bunda chaqaloqning asosiy hayot ko‘rsatkichlari nazorat ostiga olinib, tezkor yordam chora-tadbirlari amalga oshiriladi. Chaqaloklar reanimatsiyasi (jonlantirish) bo‘limida yuqori nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligini ta’minlash asfiksiyaning og‘ir-yengilligiga qarab amalga oshiriladi. Yordamchi nafas usullari foyda bermagan hollarda bola yurak faoliyatini me’yorlashtirishga kirishiladi, zarurat tug‘ilganda kindik tizimchasiga dori-darmonlar ham yuboriladi. Tug‘ruq zalida o‘tkazilgan reanimatsion yordamdan so‘ng chaqaloqlar intensiv postga o‘tkazilib ular ustidan muntazam nazorat olib boriladi. Asfiksiya bo‘lgan chaqaloqlarda gipoglikemiya, giperkaliyemiya va boshqa elektrolitlar muvozanatining buzilishi kuzatiladi. Chaqaloq uchun katta ahamiyatga ega asosiy parvarish yo‘nalishlari (issiqlik zanjirini saqlash, ona suti bilan ta’minlash, yo‘rgaksiz parvarish, kindik tizimchasi qoldig‘ini quruq usulda olish) amalga oshiriladi.Go‘dak kuzatuvda bo‘ladi
Davo o‘z vaqtida va bekamu ko‘st o‘tkazilsa bolaning ahvoli yaxshilanadi, lekin asab tizimidagi o‘zgarishlar bir qancha vaqt saqlanib, sekin-asta me’yorlashadi. Ta’kidlab o‘tish kerakki, kelgusida bola rivojlanishi uchun eng ahamiyatlisi onada homiladorlik davrining qanday kechishidir. Homilada markaziy asab tizimi shikastlanishlarining 70-80 foiz sabablari homiladorlikning og‘ir kechishi bilan bog‘liqdir. Asfiksiya bilan dunyoga kelgan bolalar tug‘uruqxonadan chiqqanlaridan so‘ng pediatr va nevropatolog dispanser kuzatuvida turishlari shart. Chaqaloklarda asfiksiya va uning asoratlarini oldini olish uchun homilador ayollar sog‘ligiga alohida e’tibor qaratish, ulardagi ekstragenital kasalliklarni o‘z vaqtida davolash, xavf guruhiga kiruvchi homiladorlarni tug‘ruqxonaga erta yotqizish zarur. Bu kabi amaliy ishlar chaqaloqlar gipoksiyasi yuzaga kelishining oldini olishga albatta yordam beradi.Xadicha MUHAMMЕDOVA, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti “Neonatologiya” kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori.
"Sihat-salomatlik" jurnali.
Chapaqay va o‘naqay miyasi – qay biri ustun?
Bosh miya ikkita, ya’ni chap va o‘ng yarim shardan iborat. Bosh miyaning chap yarim sharida nutq markazlari joylashgan. Shuning uchun ham bosh miyaning chap yarim sharida so‘z bilan bog‘liq barcha tafakkur operatsiyalari amalga oshiriladi. Bosh miyaning o‘ng yarim shari obyektlarning fazoviy joylashuvini tahlil qilish uchun uchun javob beradi. Masalan, atrof-muhitdagi uylar, daraxtlar, mashinalar, haykallar va boringki, har qanday shaklga ega bo‘lgan obyektlarni shakl-shamoyilini tahlil qiladi. Demak, bosh miyaning o‘ng yarim shari dunyoni so‘z ishtirokisiz qabul qiladi va bu yerda asosan ko‘rish analizatorining ahamiyati katta. Chap yarim shar esa so‘z bilan ifodalangan ma’lumotlarni qabul qiladi va tahlil qiladi. Obrazli qilib aytganda, chap yarim shar asosan so‘z bilan, o‘ng yarim shar esa ko‘z bilan dunyoni idrok etadi. Bu uyg‘unlik saqlangan bo‘lsa, insonning xotirasi ham mustahkam bo‘ladi. Kitobdagi Siz ko‘rayotgan geometrik shakllarni qabul qilib olish ham o‘ng yarim sharning vazifasi. Biroq, har qanday fazoviy jismlar yoki geometrik shakllarni so‘z bilan ifodalab berish talab qilinsa, bu yerda chap yarim shar yordamga keladi. Demak, chap yarim sharning tili bor. Biroq hozir men keltirib o‘tgan misollar o‘naqaylar uchun xos. Chapaqaylarda esa nutq markazlari bosh miyaning o‘ng yarim sharida joylashgan. Demak, chapaqaylarda chap yarim shar bajaradigan aksariyat funksiyalar o‘ng yarim shar zimmasiga yuklatilgan. Bunday tashqari ambidekstrlar, ya’ni oliy ruhiy funksiyalarni bajarishda miyaning ikkala yarim shari bir xilda ishtirok etadiganlar ham bor. Bundaylar ikkala qo‘li bilan ham bir xil ishlay oladiganlar. Biroq, bu degani ikkala qo‘li bilan ham yoza oladi, degani emas. Masalan, ambidekstr yozganda qalamni o‘ng qo‘liga oladi, non kesish uchun chap qo‘li bilan pichoqni ushlaydi. “Toza” chapaqaylar 15 % dan oshmaydi. Bizning oramizda ambidekstrlar va o‘naqaylar ko‘p. Abidekstrlarda nutq funksiyasini bajarishda bosh miyaning ikkala yarim shari ham ishtirok etadi. Shu bois ambidekstrlarda insult sababli nutq buzilsa, u tez tiklanadi.Chapaqaylardan qanday kasb egalari ko‘proq yetishib chiqadi?
Chapaqaylardan kompozitorlar, rassomlar, futbolchilar, bokschilar va tabiatshunos olimlar ko‘proq yetishib chiqadi. Nima uchun chapaqaylardan buyuk futbolchilar chiqadi, ular golni aniq va ko‘p urishadi? Bu holat geometrik figuralar uchun javob beradigan o‘ng yarim sharning ustunligi bilan bog‘liq. Ular darvozaning har qanday burchagini to‘g‘ri nishonga olishadi. Chapaqaylar o‘naqaylarga qaraganda hissiyotga ko‘proq beriladi. Shu sabab ularni hafa qilish oson. Balkim shuning uchundir, ularda birovlardan ustunlik qilishga intilish yuqori. Biroq, chapaqaylardan yaxshi yozuvchilar chiqmaydi. Bu xususiyat o‘naqaylar uchun xos.Kim chaqqon?
Chapaqaylar ko‘proq amaliyotchi, o‘naqaylar esa nazariyotchi bo‘lishadi. Chunki miyaning chap yarim shari (ya’ni so‘z markazlari joylashgan yarim shar) ustunlik qiladigan o‘naqaylar narsa va voqealarni tahlil qilib o‘tirguncha, miyaning o‘ng yarim shari ustunlik qiladigan chapaqaylar (amaliyotni yaxshi ko‘radigan o‘ng yarim shar) ishni darrov amalga oshiradi-qo‘yadi. Nazariya bilan amaliyotni birgalikda olib borgan insonlar qaysi tipga kirishidan qat’iy nazar doimo yutuqda bo‘lishini ham unutmang.Agar bola chapaqay bo‘lsa, uni majburlab o‘ng qo‘lda yozishga va ovqatlanishga o‘rgatish kerakmi?
Aslo mumkin emas. Aks holda endi kurtak otayotgan futbol, rasm solish va musiqaga qiziqish kabi chapaqaylarga xos fazilatlar yo‘qqa chiqadi. Shuningdek, chapaqaylikdan o‘naqaylikka o‘rgatish bolani asabiy va uquvsiz qilib qo‘yishi mumkin. Chapaqaylar o‘naqaylarga qaraganda aqlli va uddaburon bo‘lishadi, degan fikrdan mutloq chetda yurishi kerak. Chapaqaylar juda kamchiliqni, ya’ni bor yo‘g‘i 10-15 % ni tashkil qilgani uchun, ya’ni o‘naqaylardan 7-8 barobar oz bo‘lgani uchun ular orasidagi mashhur odamlar 7-8 barobar ko‘pdek tuyuladi.Prof. Ibodullayev Z.R. «Asab va ruhiyat» kitobi.
Ko‘proq uxlang!
Lancet ilmiy jurnalida yozilishicha, uyqusizlik semirishga sabab bo‘lar ekan. Uyquga to‘ymaslik gormonal me’yorning buzilishiga olib keladi. Ayniqsa, ishtahani bosuvchi va jismoniy faollikni oshiruvchi leptin degan gormon miqdori kamayib ketadi. Darvoqe, leptin so‘zi yunon tilidan “ozish” ma’nosini anglatadi. Uning o‘rnini ko‘proq ovqat talab etuvchi gormon egallab boradi.Tabassum qiling!
Ishonasizmi, 10 daqiqa miriqib kulganimizda, 50 kaloriyani yo‘qotar ekanmiz. Bu degani bir bo‘lak shokoladga teng quvvatni chiqarib yuboramiz. Bir yilda kulgi bilan 2 kilogacha vazndan qutilish mumkin. Kulgini engil yugurish bilan tenglashtirish mumkin. Mutaxassislarning tushuntirishicha, kulganda yurak qisqarishi ikki barobarga oshib, organizmga kislorod ko‘proq kirar ekan. Shuningdek, qorin mushaklari va o‘pka faoliyati oshadi. 10 daqiqalik kulgi 3 daqiqalik bajarilgan jismoniy mashqlarga to‘g‘ri keladi.Iforlardan nafas oling!
Aromatli shamlar olib, piyolaga bir necha tomchi efir moyidan tomizing va uning isidan nafas oling va mo‘’jizani poylang. Odatda ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga qora murch hamda yangi yanchilgan imbir yaxshi yordam beradi. Tsitrus (limon, mandarin, apelьsin va h. k. ) ifori organizmdagi moddalar almashinuvini tezlashtiradi. Binafsha va zanjabil (vanilь) isi ishtahani yo‘qotadi. Zanjabil ovqat xazmini me’yorlashtiradi. Yalpiz, limono‘t, sandal daraxti moyi kishini bo‘shashtirib, xavotirlarni tarqatadi. Ayniqsa, parhez tutgan ayollardagi asabiylikni (istagan egulikni eya olmagan ayollar ko‘pincha asabiylashishadi) bosib, ko‘ngilni tinchlantiradi. Shuningdek, lavanda, bergamot (tsitruslilarga mansub daraxt), pixta (oqqarag‘ay) efir moylari depressiya holatidan chiqishga ko‘maklashadi. Aramatli (efir) moylarni atir sifatida qo‘llash yoki vannalarga qo‘shish, kiyim javoniga qo‘yib, kiyimlar isini yaxshilash ham mumkin.Kiyimlaringizni yangilang!
Agar yangi kiyimlar qanchalik qimmat bo‘lsa, ozishga bo‘lgan ishtiyoq shunchalik katta bo‘ladi. Negaki ko‘rkam kiyimni tezroq kiyish istagi har bir ayolga xos. Bundan tashqari, qimmat narsani keyinga, ozgunga qadar javonda turishiga ko‘z qiymaydi. Shu sababli ayollar tezroq ozishga harakat qilishadi va odatda buning uddasidan chiqishadi ham.Sevib qoling!
Fiziologlar sevgini murakkab biologik kimyoviy jarayon deb bilishadi. Bu ma’lum ma’noda gormonal portlash bo‘lib, odamning ishtahasiga ta’sir etib, kishi tomog‘idan egulik o‘tmay qolarkan. Bundan tashqari, gormonlarning bu tarzda ishlashi ovqatning tez xazm bo‘lishiga yordam beradi. Qarabsizki, ortiqcha vazndan asar ham qolmaydi. . ."Shifo-info" gazetasi.
- Qon bosimi ko‘tarilganda uni normallashtiradi;
- Stress paydo bo‘lishi xavfini kamaytiradi;
- Charchoqni chiqaradi ( Biokimyoviy tarafini yozib boshingizni og‘ritishni istamadim!);
- Kayfiyatni ko‘trib, insonni tetiklashtiradi;
- Xotirani yaxshilaydi. E’tiborni jamlashga xizmat qiladi. ( Tarkibidagi mikroelementlari, albatta.);
- Qonni suyultirib, tromblar hosil bo‘lish xavfini kamaytiradi. (Keksalar uchun);
- Zarurat tug‘ulganda sterill muhitda (термизда) saqlangan choyning antibakteriyal xususiyatidan foydalanib, yaralarni dezinfeksiya qilish mumkin. (Xalq tabobati);
- Yomon xolesterinni organizmdan chiqib ketishini ta’minlaydi;
- Ayollardagi bachadon saratoni, erkaklarda esa piyeri kasalligi kelib chiqishining asosiy oldini oluvchisi hisoblanadi;
- “Va boshqalar.” – deya tugata qolay. Sababi, yana davom ettirsam, maqolani aniq oxirigacha o‘qimaysiz! )))
Choyni damlash ham o‘zgacha, muhim jarayon hisoblanadi.
- Suv qaynagach, qaynagan suv bilan choy damlanadigan idish chayiladi.
- Agar qora choy damlanadigan bo‘lsa, suv biroz 90-95 C gacha sovutiladi ya’ni yarim-bir daqiqa kutiladi. Ko‘k choy damlanayotgan bo‘lsa, harorat 80-85 C bo‘lguncha ikki daqiqa kutiladi. Lekin, aslo, 3-4 daqiqadan ortiq sovugan suvga choy damlay ko‘rmang!
- Choy tarkibida so‘ngi ma’lumotlarga qaraganda 300 da ortiq biologik faol moddalar mavjud.
- Choy damlangach, 30 daqiqa ichida ichish tavsiya etiladi. Chunki, yarim soat o‘tgach, choy mikroorganizmlar ko‘payishi uchun optimal sharoit bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
- Maxsus, issiq saqlagichlarda (термизда) choyni 7 soatgacha saqlash mumkin. Lekin, choynakda, buncha vaqt saqlash mumkin emas.
- Choyni damlangandan 2 daqiqa ichida ichish, odamni tinchlantiradi;
- 5 daqiqa oralig‘ida ichish, ish qobiliyati tiklanishini ta’minlaydi;
- Undan keyingi vaqtlarda choyni iste’mol qilish, asosan, chanqoqni qoldiradi.
- Onaning homiladorlik davrida boshidan o‘tkazgan og‘ir xastaliklar, shu jumladan, qandli diabet, turli infeksiya, virusli kasalliklarga chalinganligi;
- tug‘ruq paytidagi jarohatlar, ko‘karishlar ham sabab bo‘lishi mumkin;
- yangi tug‘ilgan chaqaloqlar sepsisi;
- ko‘krak suti bilan yetarli ovqatlantirmaslik (sariqlikning erta ko‘rinishi);
- oilaviy genetik, tug‘ma, nasldan o‘tuvchi kasalliklar ham sariqlik belgisiga sabab bo‘lishi mumkin.
Oramizda qaynoq yoz mavsumini yaxshi ko‘rmaydigan, uni intiq kutmaydigan inson bo‘lmasa kerak.
Ayniqsa, issiq kunlarda tanga huzur beruvchi anhor-u soylar, turli suzish havzalari chinakamiga rohat. Ammo har nening o‘z yo‘rig‘i bo‘lganidek, cho‘milishning ham o‘ziga xos qoidalari bor.
Buni puxta o‘rganib olish zarur. Keling, shu mavzuda to‘liqroq ma’lumota ega bo‘lish maqsadida poytaxtimizdagi “Suv sporti saroyi” murabbiysi, suzish bo‘yicha sport ustaligiga nomzod Aziz G‘ulomov tavsiyalariga quloq tutsak:
– Avvalo, suzish uchun o‘zingizda ko‘nikma hosil qila olishingiz shart. Ya’ni, har kim ham tezda suvga tushib, suzib keta olmasligi mumkin. Insondagi hayiqish va qo‘rquv bunga imkon bermaydi. Tabiiyki, bunday vaziyatda atrofingizda yaqin insonlaringizning borligi sizga dalda beradi. Demak, ular yoningizda ekan, hech qanday qo‘rquvsiz suvga tushavering.
Dastlabki yana bir muhim qoida – suzishni puxta o‘rganish. Bu ayniqsa, katta suv havzalarida qat’iy talab qilinadi. Suzishni yaxshi o‘zlashtirish orqali siz nafaqat suvda erkin harakat qila olasiz, balki kimgadir yordamingiz tegishi ham mumkin.
Qanday qilib, deysizmi? Aytaylik, kimdir bexosdan suvga sirpanib tushib ketdi yoki cho‘milish davomida suvning chuqur joyiga borib qoldi. Aksiga olib suzishni yaxshi bilmaydi. Bunday vaziyatda siz tezda yordamga shoshingiz tabiiy, to‘g‘rimi? Ammo o‘zingiz suzishni puxta o‘zlashtirmagan bo‘lsangiz-chi?
Suvda erkin harakat qilish va har bir harakatingizdan huzur olib cho‘milishingiz uchun quyidagi tavsiyalarni ham yaxshilab o‘zlashtirib oling. Avvalo, pala-partish suzishni to‘xtating. Buning uchun o‘zingizni erkin tutib oyoq-qo‘lingizni birin ketin, mutanosib ravishda harakatlantiring.
Har bir urinishingiz sizni ma’lum masofa oldinga siljishingizga yordam bersin. Shuningdek, suv va tana haroratingiz mosligini inobatga olmaslik, toliqish, tomiringiz tortishib qolishi kabi noxush holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Siz suv ichida ekansiz, bu holatlar hayotingiz uchun xavf tug‘diradi.
Cho‘milishning navbatdagi qoidasi vaqt bilan bog‘liq. Ya’ni tushdan avval soat 11 gacha hamda tushdan keyin 16 dan so‘ng cho‘milish tavsiya etiladi. Chunki, quyosh tikka kelgan paytda cho‘milish salomatligingizga aks ta’sir ko‘rsatib, foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltiradi.
Yana shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, suvda 1-1, 5 soatdan ko‘p qolib ketmaslik zarur. Sababi uzoq vaqt suvda qolish tanangizdagi qon haroratining buzilishiga olib keladi va bu turli kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Siz suzish mahoratiga bolalikdan ega bo‘lishingiz lozim. Chunki suzayotgan vaqtingizda tanangiz tinimsiz harakatlanadi.
Natijada gavdangiz tez shakllanadi, yelkalaringiz kengayib, bo‘yingiz jadal rivojlanadi. Bu esa o‘zingizga bo‘lgan ishonch hissini juda erta paydo qiladi. Shuningdek, suzish ruhiyatingizga ham ijobiy ta’sir o‘tkazadi. Bir so‘z bilan aytganda, cho‘milish va muntazam suzish bilan shug‘ullanish sizni ham ma’nan, ham jismonan tarbiyalaydi.
Vasila PO‘LATOVA,
"Sog‘lom" avlod gazetasi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ogohlantiradi!
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra chilim chekuvchilar qoni tarkibida karboksigemoglobin, nikotin, kotinin, margimush, xrom, qo‘rg‘oshin miqdori yuqori bo‘ladi.“Jozibador” chilimga tobe kashandalar orasida yurak qon-tomir xastaligi, onkologik kasalliklar, o‘pka va boshqa a’zolarning faoliyati izdan chiqadi.Narkologlarning ta’kidlashicha chilim chekuvchilarda ham nikotinga o‘rganib qolish ehtimoli yuqori. Bunday odamlar tezda depressiya (tushkunlik)ka tushishi kuzatiladi. Bundan bir necha yil avval Berlindagi maxsus federal institutda olimlar kuzatuv olib borishdi. Unga ko‘ra chilim chekuvchilar organizmiga filtrsiz eng kuchli tamaki chekuvchilardan ko‘ra ko‘p miqdorda zararli moddalar kirar ekan. Unga solingan suv xavfli moddalarni ushlab qolmaydi. U faqatgina tutunni sovutadi va kuch bilan tortilgan bug‘ esa o‘pkaning eng quyi sohasiga qadar yetib borishni ta’minlaydi. Nemis olimlarining tadqiqotlariga ko‘ra yonayotgan ko‘mir harorati 4500 Sni tashkil etadi. Chilim chekuvchilar esa 500-600 sm³ tutunni ichiga yutadi. Natijada o‘pka qayishqoqlik xususiyatini yo‘qotadi va o‘zidagi toksin (zahar)lardan xalos bo‘lish funksiyasini bajarolmay qoladi.
“Jozibador” chilimga tobe kashandalar chekishda bir naychadan foydalanadi. Natijada bir necha kashanda turli xastalik masalan, zahm (sifilis), gerpes, sil, zamburug‘li xastaliklar hamda A gepatitni yuqtirib olishi mumkin.Homiladorlik chog‘ida ayrim ayollar uchun chilim tinchlantiruvchi vosita bo‘lib tuyuladi. Onalar o‘z farzandini chilim orqali is gazi, og‘ir metall tuzlari, qatron (smola), zaharli kimyoviy vositalar bilan zaharlaydi. Homila hech qanday himoyasiz zararli vositalarni qabul qiladi. Zero, embrionning platsentasi, ya’ni yo‘ldoshi filtr vazifasini o‘tamaydi. Homila asta-sekinlik bilan tamakiga o‘rganib qoladi. Unda kislorod yetishmasligi kuzatiladi. Miya faoliyatiga shikast yetadi. O‘pka faoliyati izdan chiqadi. Chilim tutunidan zaharlanib tug‘ilgan chaqaloqning ilk kunlarida ovqatlanish tizimida muammolar yuzaga kelishi, diatez (chilla yara), allergiya xastaligi kelib chiqishi mumkin. Homilador ayolning kashandaligi sababli go‘dak hali ona qornidayoq passiv chekuvchiga aylanadi. Chekuvchi bolaning qon aylanish tizimi ham qattiq zararlanadi. Uning qon tomirlari noziklashib qoladi.
Irina LIVЕRKO, tibbiyot fanlari doktori. "Sog‘lom avlod" gazetasi.
Chekishni tashlash. Birinchi kun
Tamaki chekishni tashlagan birinchi kunni o‘zingizga yoqadigan qilishingiz darkor. Kunni quvnoq va bayramona o‘tkazing,o‘rtoqlaringiz bilan sayrga chiqing shunda bu kun qanday kechganini sezmay qolasiz. Agar chekish xoxishi paydo bo‘lsa, saqich chaynang yoki meva sabzavotlardan yeng, meva sharbati ichish yaxshi naf beradi. Agar chekish xoxishi kuchli bo‘lsa, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullaning, yuguring, gimnastika mashqlarini bajaring.Nikotinga qarshi choy
Nikotinga qarshi maxsus choy tayyorlab ichishni tavsiya qilamiz. Bu choyni tayyorlash uchun 1 osh qoshiq qora seylon yoki hind choyini 200 gramm qaynagan suvda damlaymiz. Ezilagan sachratqi ildizlari, valeriana, qichitqi o‘t barglari, yalpizdan yarim choy qoshiq choyga qo‘shib, bir soat tindiriladi. Kuniga 2-3 piyoladan ichiladi.Ushbu choyni ta’sirini kuchaytirish uchun unga qo‘shimcha qo‘shish ham mumkin. Ya’ni, bir osh qoshiq maydalangan xom lavlagiga bir choy qoshiq asal va bir dona limon sharbatini qo‘shib, choyga aralashtirib ichiladi.Chekishni tashlash uchun
Suli donalaridan 2 osh qoshiq olib maydalab, 100gramm qaynagan suvga solib 5 daqiqa past olovda qaynatiladi va 1 soat tindiriladi. Ushbu damlamadan 1 oy davomida bir kunda 3 marta ovqatdan oldin 30grammdan ichib yurish tavsiya etiladi. Chekishni tashlashning yana bir yo‘li: bir oy davomida, ertalab va kechqurun nonga 1 choy qoshiq baliq moyi surib yeyish kerak.Og‘izni chayish
Ichimlik sodasidan 1 osh qoshig‘ini 100gramm suvga solib, ushbu aralashma bilan og‘izni chaying. Bu aralashmadan ichish ham yaxshi natija beradi. Lekin, bu usul oshqozon-ichak kasalliklari bilan og‘riganlarga tavsiya etilmaydi. Eng qiyin kunlarda ya’ni, chekishni tashlashning birinchi,ikkinchi va uchunchi kunlarda dudlangan, tuzlama, go‘sht va alkogol ichimliklarini iste’mol qilmang!© Sof.uz
Xo‘sh, go‘dakni qanday ko‘targan qulayroq bo‘ladi?
Yuzini oldinga qaratib ko‘tarish. Bir qo‘lingiz bilan kichkintoyingizning ko‘kragidan shunday ushlab turingki, uning iyagi bilagingiz ustida bo‘lsin. Uni bag‘ringizga bosing. Ikkinchi qo‘lingiz bilan oyoqlarini sonidan ushlab ko‘taring. Bunday holatda farzandingiz bilan uyni kezib yurish qulay. Yonboshga ko‘tarish. Bolaning yuzini oldinga qaratib ko‘tarayotganda uni biroz yon tomoningizda olib, tos suyagingizga “o‘tqizishingiz” mumkin. Bunday holat hali o‘tirolmaydigan, biroq boshini ko‘tara oladigan kichkintoylarga to‘g‘ri keladi. “Samolyotcha”. Bir qo‘lingiz bilan ko‘krak qafasidan, ikkinchisini bolaning ikki oyog‘i orasidan o‘tkazib qornidan ko‘taring. Ushbu holatda biroz olib yurish uning vestibulyar apparatini mashq qildirib, tana muvozanatini saqlashga o‘rgatadi. “Chavandoz”. “Samolyotcha”dan “chavandoz” holatiga osongina o‘tish mumkin. Buning uchun qornidagi qo‘lingizni ko‘kragigacha olib boring. Shunda kichkintoy bir qo‘lingizda joylashib, ikkinchisi bo‘sh bo‘ladi. “Ustuncha”. Ovqatdan so‘ng ichiga ketgan havodan bolani xalos etish uchun uni “ustuncha” holatida ko‘taring. Eng qulayi, bolani qorni bilan yelkangizga yotqizib, bo‘sh qolgan qo‘lingiz bilan boshini ko‘tarib turishdir. Bunda og‘irlik markazi yelkangizga tushadi.Dilfuza TO‘RAQULOVA, akusher-ginekolog.
"Sihat-salomatlik" jurnali.
Xo‘jaahmad ALPISBAYEV, bolalar ortopedi.
"O‘zbekistonda sog‘likni saqlash" gazetasi.
[divider]
[highlight]Avitsenna.uz saytida mavzuga aloqador quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:[/highlight]